Islomov Ismoilning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoliy va Janubiy Tojikiston hamda O‘zbekistonning Buxoro viloyati sharoitida bedani sug‘orish rejimini mineral o‘g‘itlar me’yoriga bog‘liq holda o‘rganishning ilmiy asoslari”, 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Qx124.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuhrat Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik; Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari, Tojikistonning sur qo‘ng‘ir toshloq, to‘q tusli bo‘z va tipik bo‘z tuproqlari sharoitida bedani sug‘orish rejimining mineral o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq holda qo‘llanishining tuproq unumdorligi, beda pichani hamda g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli tuproq va iqlim sharoitida bedani ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi (me’yorlar, muddatlar, sug‘orish tizimlari), mineral o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq holda suvdan foydalanish balansi va koeffisienti aniqlangan;
turli tuproq-iqlim sharoitida bedani sug‘orish tartibini mineral o‘g‘it me’yorlariga bog‘liq holda amalga oshirishning tuproq unumdorligi, hajm massasi, g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi, solishtirma vazniga ta’siri aniqlangan;
sug‘orish tartibining mineral o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq holda beda ko‘k massasi va pichani hosildorligiga, ildiz massasining to‘planishi, kimyoviy tarkibi hamda beda pichanidagi oqsil miqdoriga ta’siri aniqlangan;
uch yillik bedani haydashning g‘o‘za va o‘sishi-rivojlanishiga, hosil to‘plashiga va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
sur tusli qo‘ng‘ir toshloq, to‘q tusli bo‘z, tipik bo‘z va o‘tloqli-allyuvial tuproqlar sharoitida sug‘orish tartibi va mineral o‘g‘itlar me’yoriga bog‘liq holda uch yillik bedani haydashning g‘o‘zadagi iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuproq unumdorligini oshirish, beda va paxta mahsuldorligini oshirish maqsadida uch yil davomida ekilgan bedaning sug‘orish tartibi va mineral o‘g‘itlar me’yorini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
“Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida bedani sug‘orish rejimi va mineral o‘g‘itlar me’yori” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 05/t-8-3700 son ma’lumotnomasi). Tavsiyanoma klaster, dehqon, fermer xo‘jakliklariga va suvdan foydalanish tashkilotlariga xizmat qilmoqda;
sug‘orish tartibi va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi “Gulobod” fermer xo‘jaligida 35 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 05/t-8-3700-son ma’lumotnomasi). Ikki yillik bedani joriy etilishi natijasida 1 gektar hosildorlik 205 sentnerni tashkil etgan;
sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 80% tartibda mineral o‘g‘itlarni inobatga olgan holda sug‘orish tizimi 2-3-3-3-3 va mavsumiy sug‘orish me’yori 7200-7700 m3/ga bo‘lgan texnologiya “Saidbobo” fermer xo‘jaligida jami 10 gektarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishlok xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 05/t-8-3700-son ma’lumotnomasi). Ikkinchi yil bedadan gektaridan 190 s/ga hosili olingan rentabellik darajasi esa 29% ni tashkil etgan;
bedani ekishdan oldin azotli o‘g‘itni 100 foiz, fosfor va kaliy o‘g‘itlarini 50 foizini shudgor ostiga berilgan, fosfor va kaliy o‘g‘itlarni qolgan 50 foizi ikkinchi va uchinchi yillarida o‘suv davri boshidan boronalash tadbirini o‘tkazishdan avval 25 foizdan berish texnologiyasi “Xamroobod” fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 05/t-8-3700-son ma’lumotnomasi). Natijada bedani 2 yilgi maydonidan 180 s/ga pichan hosili olingan.