To‘xliev Mansur Maxmudovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past potensialli quyosh quritish qurilmasining energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/T3331
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari  doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich texnika fanlari doktori, professor: Qodirov Jobir Ro‘zimamatovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti  
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dorivor o’simliklarni quritish uchun issiqlik akkumulyatorli past potensialli quyosh quritgich qurilmasini takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish va energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir vaqtning o‘zida dorivor o‘simliklarni quritish hamda bir vaqtda havo va suvni qizdirish imkonini beradigan issiqlik akkumulyatorli quyosh havo qizdirgich bilan integratsiya qilingan tortish quvuriga ega shkaf turidagi past potensialli quyosh quritgich qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan (№FAP 2957);
shkaf turidagi quyosh quritgich qurilmasiga issiqlik akkumulyatorli quyosh havo qizdirgichdan uzatilgan past potensialli issiqlik hisobiga rukola o’simligini quritish rejimi ishlab chiqilgan;
quyosh radiatsiyasining, o‘zgarishi, tashqi muhit harorati va havoning tabiiy konveksiya sharoitiga bog‘liq holda quyosh havo qizdirgichning plyonkali qoplamasi, tosh va suvli akkumulyator hamda izolyasiya materiali haroratlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan qurilmaning issiqlik balansi tenglamalari asosidagi matematik model ishlab chiqilgan;
issiqlik akkumulyatorli quyosh havo qizdirgich bilan integratsiya qilingan quritish kamerasining issiqlik balansi tenglamalarini asosida quritish kamerasi devorining haroratini, ichki havo va mahsulotning harorati hamda namlik miqdorini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energiya samarador past potensialli quyosh quritgich qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past potensialli quyosh quritgich qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk markazidan foydali modelga patent olingan (№FAP 2957, 28.11.2025 yil). Natijada, dorivor o‘simliklarni quritish uchun quyosh havo kollektori va issiqlik akkumulyatori asosidagi quyosh quritish qurilmasi ishlab chiqilgan;
past potensialli quyosh quritgich qurilmasi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Ziroat 2020” hamda “Bog‘i saroy yulduzi” fermer xo‘jaliklarida joriy  etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi №05/04-04-783-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik akkumulyatorli quyosh havo qizdirgichi yordamida olingan foydali energiyaning o’rtacha qiymati mos ravishda   va may oyida quritish kamerasining energiya samaradorligi va solishtirma energiya sarfining o‘rtacha qiymati mos ravishda   va   yoki   ekanligi hamda past potensialli quyosh quritgich qurilmasini joriy etish orqali bir yilda o‘rtacha   elektr energiya tejalishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish