Quziev Olmosbek Anvar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p funksiyali kombinatsiyalashgan geliotexnik qurilmaning issiqlik-texnik parametrlarini asoslash”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6525
Ilmiy rahbar: Uzakov Gulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axatov Jasurjon Sayidovich, texnika fanlari doktori, professor; Novik Andrey Vladimirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh fotoelektrik moduli va quyosh suv isitish kollektori asosidagi ko‘p funksiyali geliotexnik (gelioinkubator, gelioquritgich, geliosuvisitgich) qurilmasini ishlab chiqish va issiqlik-texnik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh energiyasi asosida issiqlik va elektr energiya bilan ta’minlanadigan mavsumiy ishlash sharoitlarga moslashtirilgan inkubatsiya, mahsulotlarni konvektiv usulda quritish, issiq suv olish kabi issiqlik-texnologik jarayonlarni amalga oshirish imkonini beradigan, yassi geliokollektor va quyosh fotoelektrik moduli hamda quritish kamerasidan tashkil topgan ko‘p funksiyali gelioqurilmaning takomillashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan (№FAP 2782);
quyosh fotoelektrik moduli va quyosh suv isitish kollektori bilan integratsiya qilingan hamda kamera ichki havosi harorati va nisbiy namligini avtomatik nazorat qilish tizimiga ega bir mavsumda inkubatsiyasi va dorivor o‘simliklarni quritish imkonini beradigan kombinatsiyalashgan quyosh inkubatorining prototipi yaratilgan (№FAP 2782);
ko‘p funksiyali gelioqurilmalar gelioinkubator, gelioquritgich, va geliokollektorlarining nostatsionar harorat rejimlarida issiqlik balans tenglamari asosida harorat rejimi va issiqlik-texnik parametrlarini hisoblash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
geliotexnik qurilma kamerasida yalpiz o‘simligini 45, 50, 55 va 60℃ haroratlarda quritish rejimlarida namlik miqdorini 10-11% gacha pasaytirish uchun mos ravishda quritish tezligi va kinetikasini hisoblash Midilli-Kucuk  modeli asosida energiya tejamkor quritish rejimi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p funksiyali kombinatsiyalashgan geliotexnik qurilmani ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p funksiyali kombinatsiyalashgan geliotexnik qurilmasi uchun  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”dan foydali modelga patent olingan (№FAP 2782, 24.07.2025 y.). Natijada, quyosh fotoelektrik moduli va quyosh suv isitish kollektori bilan integratsiya qilingan hamda kamera ichki havosi harorati va nisbiy namligini avtomatik nazorat qilish tizimiga ega bir mavsumda inkubatsiyasi va dorivor o‘simliklarni quritish imkonini beradigan kombinatsiyalashgan ko’p funksiyali geliotexnik qurilma yaratilgan;
ko‘p funksiyali kombinatsiyalashgan geliotexnik qurilma Koson tumanidagi “Gulchexra agro obod”, “Agro chorva rivoji”, Nishon tumanidagi “Boymurot Ravshanov” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi №05/04-04-630-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p funksiyali kombinatsiyalashgan geliotexnik qurilmani joriy etish orqali yillik 2275,7 kVt soat energiya, 245,8 m3 tabiiy gaz tejalishiga hamda 454,7 kg CO2 zararli tashlamalarini atmosferaga chiqarib yuborilishing oldi olinishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish