Umurzakova Xalima Xabibullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tibbiyotda qo‘llaniladigan ipakli bog‘lovchi mahsulotlarni yangi turlarini yaratishning ilmiy-texnologik asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3 DSc/T676.
Ilmiy maslahatchi: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSs.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Dilfuza Neymatovna, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam Nabidjanovich texnika fanlari doktori, professor; Batirova Aziza Negmuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tabiiy ipakdan tibbiyotda qo‘llaniladigan bog‘lovchi mahsulotlarni yangi turlarini yaratish texnologiyasini asoslashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xom ipakni shakllanishida dastani pilla bilan ta’minlash kompensatsiya davrini qisqartirib, pilla ipi uzunligiga bog‘liq chuvish tezligini nazariy tadqiqi asosida notekislikni kamaytirish orqali xalqaro standartning “3A” va “4A” sinfi talablariga mos mahsulot ishlab chiqish mumkinligi isbotlangan;
regression model asosida iplarni uzilishiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, buramlarni ratsional qiymatlari aniqlangan, hamda eshilgan ipak iplarining mustahkamligi ta’minlangan;
yangi assortimentdagi ipakli bog‘lovchi mahsulotlarini to‘quv va trikotaj usulida ishlab chiqarish uchun eshilgan iplarni qaynatish, qo‘shilish, buram berish sonlarini ratsional qiymatlarini ishlab chiqish orqali xomashyo tayyorlash texnologiyasi takomillashtirilgan;
bint to‘qimasini shakllantirishda tanda iplarini uzilishiga ta’sir etuvchi ip zichlagich zarbasidan hosil bo‘ladigan kuchlarni hisobga olib, regression tenglamalar tahlili asosida ip tarangligiga ta’sir etuvchi omillarni ratsional qiymatlari aniqlangan;
xom ipakdan bir nechtasini qo‘shish, buram berish hamda eshilgan iplardan mato olish orqali yangi turdagi ipakli bog‘lovchi mahsulotlarning milliy standarti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tabiiy ipakdan tibbiyot bog‘lovchi mahsulotlari uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
eni har xil bo‘lgan, assortimenti kengaytirilgan, yangi yirik yacheykali strukturaga ega bo‘lgan va chekkalari bo‘ylab shokila hosil qilmaydigan tibbiyot bintini ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk Agentligining ixtiro uchun patenti olingan (“Tibbiyot binti”, №IAP05838- 2019 y). Natijada, xom ipakdan, yigirilgan ipakdan tibbiyot bintini olish texnologiyasi yaratilgan va mahsulotlar assortimentini kengaytirish imkoni ochilgan;
tabiiy ipakdan tibbiyot bog‘lovchi mahsulotlari uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, “XORAZM PILLA XOLDING” MChJda, “JINJUZ SILK CO” MChJda, “KHIVA SILK FABRIC” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2026 yil 6 maydagi 1-2/875-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro standart talablarining “4A” sinfiga mos xom ipak olish, 3A sinfiga nisbatan sotish narxini va sifatini ortishi, takomillashtirilgan texnologiyani ishlab chiqarishga qo‘llash orqali ish unumdorligini 12÷15%ga oshirish imkoni yaratilgan.
tabiiy ipakdan tibbiyot bog‘lovchi mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan, “ASKLEPIY-SVIFT” MChJ va “FAZO-LUXE” MChJ korxonalarida («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2026 yil 8 iyundagi 01/06-776 sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada, eshilgan hamda yigirilgan ipak ipidan tibbiyot bintini olishda, yangi texnologiyada jarayon va o‘timlarni qisqarishi mehnat sarfini kamayishi orqali ishlab chiqarilgan iplar assortimentini qo‘llashda ish unumdorligini 10÷14%ga oshirish imkoni yaratilgan.