Berdiev Usan Turdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi: “Kompozision magnit o‘tkazgichli energiya samarador elektr mashinalarini ishlab chiqishning ilmiy asoslari”, 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.DSc/T733
Ilmiy maslahatchi: Kolesnikov Igor Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bedriskiy Ivan Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor; Zayas Evgeniy Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor (Belorus respublikasi); Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi energetika muommolar instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision magnit o‘zaklardan foydalanib elektr mashinalarini ishlab chiqarishda energiya tejamkorligi va resurs samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kompozit magnit o‘zaklar asosida energiya tejamkor va resurs tejovchi elektr mashinalarini olishga mo‘ljallangan texnologik jarayonlar modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor kompozision magnit o‘tkazgichlarni tayyorlashda nuqsonlarning oldini olish uchun oksid qatlami qalinligini aniqlash imkoniyati yaratildi, natijada materialning bir xil emasligi, mustahkamlovchi to‘ldiruvchilar va materialning shikastlanishi bilan bog‘liq nuqsonlarni aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor kompozision magnit o‘tkazgichlar asosida ishlab chiqilgan elektr dvigatellarning samaradorligi va ishonchliligini oshirish uchun zarur bo‘lgan maydonning garmonik tashkil etuvchilarini o‘lchash qurilmasi ishlab chiqilgan;
elektr mashinalarida magnit yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni tejash, foydali ish koeffisienti va quvvat koeffisientini oshirish imkonini beruvchi rotor va statorlarining kompozit materiallar asosidagi magnit o‘tkazgichlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor kompozision magnit o‘tkazgichlar asosidagi uch fazali, bir fazali asinxron va ventilli dvigatellarning matematik va kompyuter modellari ishlab chiqilgan;
kompozision magnit o‘tkazgichlar asosida ishlab chiqilgan energiya samarador va resurstejamkor qurilmalarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompozision magnit o‘tkazgichlar asosidagi elektr dvigatellarning samaradorligini oshirish va ulardan foydalanish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
elektr harakatlanuvchi tarkibdagi asinxron dvigatel stator chulg‘amining magnit maydoni birinchi garmonikasini o‘lchash qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 02255, 2021-y.). Natijada sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
asinxron mashina stator chulg‘amining yig‘indi magnit maydonini o‘lchash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 02254, 2021-yil). Natijada sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash qurilmasini yaratish imkonini bergan;
yumshoq magnit materiallar islab chiqarish uchun temir kukuniga modifikator tayyorlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (No FAP 951, 2026-yil). Natijada kompozision magnit o‘tkazgichlarni tayyorlashda materialning bir jinsli emasligi, mustahkamlovchi to‘ldiruvchilar, matrisaning shikastlanishi bilan bog‘liq nuqsonlarni tashxislash imkonini bergan.
ishlab chiqilgan elektr dvigatellarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan qurilma "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning "O‘zbekiston" lokomotiv deposida elektrovozlarning yordamchi elektr dvigatellarida joriy etildi, shuningdek, sexning qo‘shimcha ventilyasiya tizimlarida yuritma sifatida qo‘llanildi. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 26-dekabrdagi 01/3456-23-son ma’lumotnomasi) Natijada elektr dvigatellarning energiya samaradorligi oshgan va 402138178 (to‘rt yuz ikki million bir yuz o‘ttiz sakkiz ming 178 so‘m) iqtisodiy samaradorlik keltirilgan.