Murzaeva Shaxlo Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi milliy madaniy markazlarning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni (qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman madaniy markazlari misolida)” mavzusidagi 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ss548
Ilmiy rahbar: Sirojov Oybek Ochilovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.05.02.
Rasmiy opponentlar: 
Karimov Farxod Erkinovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Davlatova Saodat Tilovberdievna, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistondagi milliy madaniy markazlarning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyatiga oid konseptual yondashuvlar hamda mexanizmlar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qirg‘iz, qozoq, tojik va turkman madaniy markazlarining O‘zbekistondagi faoliyati qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi madaniy yaqinlikni saqlash, tarixiy umumiylikni targ‘ib etish, stereotiplarni yumshatish, transchegaraviy do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qiluvchi strategik omil ekanligi,  milliy madaniy markazlar mintaqaviy hamkorlikning institutsional-diplomatik tizimiga yumshoq kuch sifatida faoliyat yurituvchi omil ekanligi “yumshoq ijtimoiy infratuzilma” konsepsiyasi asosida dalillangan;
O‘zbekistondagi qozoq milliy madaniy markazlari til, ta’lim, ommaviy axborot vositalari va madaniy diplomatiya orqali davlatlararo madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga, qirg‘iz milliy madaniy markazlari ko‘chmanchi madaniyat, an’anaviy qadriyatlar va yoshlar bilan ishlash asosida avlodlararo madaniy uzviylikni ta’minlashga, tojik milliy madaniy markazlari til-adabiyot va madaniy merosni rivojlantirish orqali tarixiy-madaniy yaqinlikni mustahkamlashga, turkman milliy madaniy markazlari esa etnografik meros, milliy urf-odatlar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar vositasida xalq diplomatiyasini rivojlantirishga  xizmat qilayotgani ilmiy jihatdan isbotlangan;
Qozog‘istonda “Qozog‘iston xalqlar assambleyasi” etnik guruhlar manfaatlarini davlat siyosati darajasida ifodalovchi mexanizm sifatida shakllangani, Qirg‘izistonda milliy madaniy markazlar fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikka tayangan ijtimoiy faollik modelini namoyon etayotgani, Tojikistonda ushbu yo‘nalish etnomadaniy merosni saqlashga qaratilgan madaniy siyosat bilan ajralib turishi, Turkmanistonda esa madaniy markazlar milliy meros va davlat madaniy siyosati doirasida faoliyat yuritayotgani ilmiy jihatdan aniqlangan;
Milliy madaniy markazlar faoliyatini mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirishda ularning madaniy tadbirlar, til va an’ana targ‘iboti, yoshlar almashinuvi, ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda OAV va raqamli platformalardagi ishtiroki orqali norasmiy diplomatik ta’sir imkoniyatlaridan foydalanish, uning xalqlararo muloqot, madaniy almashinuv, yoshlar hamkorligi va mintaqaviy birdamlikni kuchaytirish ilgari surilib, O‘zbekistondagi qirg‘iz, qozoq, tojik va turkman milliy madaniy markazlari ishtirokida “Markaziy Osiyo milliy madaniy markazlari hamkorlik platformasi”ni shakllantirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti davomida ishlab chiqilgan asosiy ilmiy tamoyillar, xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
Milliy madaniy markazlar faoliyatini mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirishda ularning madaniy tadbirlar, til va an’ana targ‘iboti, yoshlar almashinuvi, ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda OAV va raqamli platformalardagi ishtiroki orqali norasmiy diplomatik ta’sir imkoniyatlaridan foydalanish, uning xalqlararo muloqot, madaniy almashinuv, yoshlar hamkorligi va mintaqaviy birdamlikni kuchaytirish ilgari surilib O‘zbekistondagi qirg‘iz, qozoq, tojik va turkman milliy madaniy markazlari ishtirokida “Markaziy Osiyo milliy madaniy markazlari hamkorlik platformasi”ni shakllantirish zarurati borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (TIV ning 2026-yil 21-yanvardagi №16/25 sonli dalolatnomasi). Natijada, vazirlik va idoralarga yuborilgan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
 Qirg‘iz, qozoq, tojik va turkman madaniy markazlarining O‘zbekistondagi faoliyati qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi madaniy yaqinlikni saqlash, tarixiy umumiylikni targ‘ib etish, stereotiplarni yumshatish, transchegaraviy do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va Markaziy Osiyoda o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qiluvchi strategik omil ekanligi,  milliy madaniy markazlar mintaqaviy hamkorlikning institutsional-diplomatik tizimiga yumshoq kuch sifatida faoliyat yurituvchi omil ekanligi “yumshoq ijtimoiy infratuzilma” konsepsiyasi asosida dalillanganligi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasining Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 7-noyabrdagi №37-02-14/937-sonli dalolatnomasi). Natijada, sohaga oid o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash hamda axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga xizmat qilgan.
Qozog‘istonda “Qozog‘iston xalqlar assambleyasi” etnik guruhlar manfaatlarini davlat siyosati darajasida ifodalovchi mexanizm sifatida shakllangani, Qirg‘izistonda milliy madaniy markazlar fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikka tayangan ijtimoiy faollik modelini namoyon etayotgani, Tojikistonda ushbu yo‘nalish etnomadaniy merosni saqlashga qaratilgan madaniy siyosat bilan ajralib turishi, Turkmanistonda esa madaniy markazlar milliy meros va davlat madaniy siyosati doirasida faoliyat yuritayotgani borasidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston qozoq milliy-madaniy markazi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston qozoq milliy-madaniy markazining 2025-yilning 7-oktyabr №018/064-sonli dalolatnomasi) Natijada, vazirlik va idoralarga yuborilgan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekistondagi qozoq milliy madaniy markazlari til, ta’lim, ommaviy axborot vositalari va madaniy diplomatiya orqali davlatlararo madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga, qirg‘iz milliy madaniy markazlari ko‘chmanchi madaniyat, an’anaviy qadriyatlar va yoshlar bilan ishlash asosida avlodlararo madaniy uzviylikni ta’minlashga, tojik milliy madaniy markazlari til-adabiyot va madaniy merosni rivojlantirish orqali tarixiy-madaniy yaqinlikni mustahkamlashga, turkman milliy madaniy markazlari esa etnografik meros, milliy urf-odatlar, sport musobaqalari va madaniy tadbirlar vositasida xalq diplomatiyasini rivojlantirishga xizmat qilayotgani borasidagi ilmiy xulosalaridan Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi faoliyatida foydalanilgan (Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining 2025-yil 27-oktyabrdagi №582/25-sonli dalolatnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar tashkilot faoliyatidagi tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish