Azimova Madinabonu Gulamdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za hosildorligiga karbamid-Ammiakli selitra (KAS) va karbamid asosida tayyorlangan suspenziya me’yorlarining ta’sirini o‘rganish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx232.
Ilmiy rahbar: Niyazaliev Begali Irisolievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boirov Abdunabi Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida etishtirilayotgan g‘o‘zaning “Navro‘z” navida KAS (karbamid ammiakli selitra) va karbamid o‘g‘itlari asosida tayyorlangan suspenziyaning me’yorlarini, g‘o‘zaning rivojlanish davrlarida  bargi orqali qo‘llashning, o‘simlik o‘sishiga va rivojlanishiga, paxta hosiliga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida o‘rta tolali g‘o‘zaning “Navro‘z” navida, KAS va karbamid o‘g‘itlari asosida tayyorlangan suspenziyani o‘simlikning rivojlanish davrlariga bog‘liq holdagi maqbul  qo‘llash me’yorlari asoslangan;
KAS va karbamid o‘g‘itlari asosida tayyorlangan suspenziyani maqbul qo‘llash me’yorlarining g‘o‘za o‘sishi va rivojlanishi, quruq massa to‘plashi, barg sathi yuzasi, fotosintez sof mahsuldorligi, gullash va ko‘saklar ochilishi dinamikasi, paxta hosili, tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
KAS va karbamid o‘g‘itlari asosida tayyorlangan suspenziya me’yorlarining g‘o‘zadagi iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida, g‘o‘za hosildorligiga karbamid-ammiakli selitra (KAS) va karbamid asosida tayyorlangan suspenziya me’yorlarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“G‘o‘zani bargdan oziqlantirishda azotli o‘g‘itlar va stimulyatorlarni qo‘llash” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 02/025-3006-son ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyanoma qishloq xo‘jaligi sohasida, jumladan fermer xo‘jaliklarida va ilmiy muassasalarda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
g‘o‘za parvarishida ma’dan o‘g‘itlardan tayyorlangan karbamid-ammiakli selitra (KAS) suspenziyasi takomillashtirilgan agrotexnologiyalari asosida  g‘o‘zani barg orqali oziqlantirishda qo‘llanilib, 2011-2016 yillar mobaynida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanining “Abduvaliev Muxriddin” fermer xo‘jaligida – 74 ga, “Sag‘dulla Obod”da – 70 ga, “Mirzakarimov Teshaboy ota”da – 120 ga, “Agro Aziya”da – 50 ga, “Niyazali Agro”da – 50 ga, jami 364 gektar g‘o‘za etishtirgan maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 02/025-3006-son ma’lumotnomasi). Natijada KAS o‘g‘iti 5,0 l/ga me’yorda tayyorlangan suspenziyadan g‘o‘zani 2-3 chin bargli davrida qo‘llanilganda nazoratga nisbatan 2,0 s/ga qo‘shimcha hosil olingan;
karbamid o‘g‘iti asosida tayyorlangan suspenziyaning takomillashtirilgan agrotexnologiyalari g‘o‘zani barg orqali oziqlantirish O‘rta Chirchiq tumanining “Turon” fermer xo‘jaligida – 128 ga, “Istiqlol”da – 95 ga, “Madoniz”da – 108 ga, “Xolmat Agro”da – 88 ga, tuman bo‘yicha jami 429 gektarga, Qibray tumani Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Markaziy tajriba xo‘jaligida jami 10 gektarda joriy etilgan bo‘lib, Toshkent viloyati bo‘yicha jami 793 gektar g‘o‘za etishtirgan maydonini tashkil etgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 02/025-3006-son ma’lumotnomasi). Natijada karbamid o‘g‘iti 4,0 kg/ga me’yorda tayyorlangan suspenziyasi  g‘o‘zani 2-3 chinbargli davrida qo‘llanilganda nazoratga nisbatan qo‘shimcha hosil 2,5 s/ga olingan. G‘o‘zani  shonalash davrida karbamidni 7,0 kg/ga qo‘llanilganda yuqori paxta hosili nazoratga nisbatan o‘g‘it turlariga mutanosib ravishda 33,4 s/ga ni tashkil qilib, qo‘shimcha hosil 2,8 s/ga olingan. G‘o‘zani gullash davri boshida karbamid 10,0 kg/ga qo‘llanilganda, nazoratga nisbatan qo‘shimcha paxta hosili 3,8 s/ga ortib, rentabellik darajasi esa 30% ga yuqori bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish