Mahmudova Durdona Solijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixi (XX asr 50 yillaridan XXI asr birinchi choragi), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.1.PhD/Tar1796
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar Esanovna tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: Qarshi davlat texnika universiteti professori, tarix fanlari doktori Ergasheva Yulduz Alimovna; University of Business and Science Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, (PhD) Mansurov Ulug‘bek Umarovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: XXasr 50 yillaridan XXI asr birinchi choragi O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Sovet hokimiyatining dastlabki yillardan boshlab tasviriy san’at namoyandalari yangi davr kurashchilarining “qahramonlik” obrazlarini yaratishga alohida e’tibor qaratganligi, XX asrning 30-yillaridan esa sovet mafkurasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan turli ko‘rgazmalar uyushtirilganligi, urush yillarida yaratilgan tasviriy san’at asarlarida asosiy mavzu vatanparvarlik va insonparvarlik fazilatlarini ulug‘lashga qaratilganligi, ushbu davrga kelib, hukmron tuzumning san’at sohasiga bo‘lgan tazyiqi urush yillarida bir oz susayganligi hamda san’atda tarixiy mavzularga murojaat qilish tendensiyasi kuchayganligi asoslangan; 
san’atdan faqat targ‘ibot quroli sifatida foydalanishni talab qilingan bir sharoitda, mahalliy rassomlarning milliy an’analarni saqlab qolishga intilishi va kasbiy mahoratini yangi bosqichga ko‘tarilishida jiddiy muammolarga duch kelganligi, 1950-yillarning birinchi yarmida san’atda “sotsialistik realizm” usulining mutlaq hukmronligi o‘rnatilganligi, tasviriy san’at ko‘rgazmalarini nomlashda ham sovet mafkurasida “ishchi va dehqon” mavzusi asosiy o‘ringa chiqqanligi, O‘zbekiston SSR Rassomlar uyushmasi faoliyati, o‘zbek tasviriy san’ati tarixida birinchi musavvira Shamsiruy Hasanova ijodiga oid ma’lumotlar arxiv materiallari orqali ilmiy muomalaga kiritilgan; 
XX asrning 60-yillarida O‘zbekiston tasviriy san’atida qishloq xotin-qizlari, onalar va milliy kiyimdagi turli etnomadaniy guruhlarga mansub ayollar portretlari bilan bir qatorda zamonaviy, Evropacha uslubdagi o‘zbek qizlari obrazlari ham tasvirlana boshlanganligi, 70-yillarga kelib, san’atda biroz o‘zgarishlar kuzatilib, faqat shahar aholisi emas, shu bilan birga qishloq aholisi, xususan, paxtakorlar, mexanizatorlar, sovxoz ishchilari, hamshiralar va cho‘ponlar ham tasvirlanganligi, tarixiy xotira hamda milliy o‘zlikni anglash jarayonlari Alisher Navoiy siymosiga murojaat orqali ifodalanganligi, 70-yillarning ikkinchi yarmida davlat tomonidan san’atni moddiy rag‘batlantirish tizimi sezilarli darajada kengaytirilganligi tarixiy manbalar orqali dalillangan; 
mustaqillik yillarida san’at sohasiga davlat e’tiborining kuchayishi, Badiiy akademiya faoliyatining tashkil etilishi, tasviriy san’at asarlarida milliy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash va ularni jahonga targ‘ib etish, o‘tgan asrda ta’qibga uchragan milliy an’analarni qayta tiklash masalalariga asosiy e’tibor qaratilganligi, akademiya faoliyati doirasida yo‘lga qo‘yilgan xalqaro ko‘rgazmalar va Toshkent xalqaro biennalesi mahalliy maktab vakillarining jahon art-bozori hamda xalqaro badiiy jarayonlarga integratsiyalashuvini ta’minlaganligi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida tasviriy san’at sohasi raqamli texnologiyalar va global madaniy tendensiyalar ta’sirida sifat jihatidan yangilanayotganligi ilmiy tomonlama asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
sovet hokimiyatining dastlabki yillardan boshlab tasviriy san’at namoyandalari yangi davr kurashchilarining “qahramonlik” obrazlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilganligi, XX asrning 30-yillardan boshlab sovet mafkurasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan turli ko‘rgazmalar uyushtirilganligi, urush yillarida yaratilgan tasviriy san’at asarlarida asosiy mavzu vatanparvarlik va insonparvarlik fazilatlarini ulug‘lashga qaratilib, ushbu davrga kelib, hukmron tuzumning san’at sohasiga bo‘lgan tazyiqi urush yillarida bir oz susayganligi hamda urush yillari san’atda tarixiy mavzularga murojaat qilish tendensiyasi kuchayganligiga oid ilmiy natijalari Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 18-fevraldagi 02-05/671-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy ma’lumotlar muzey fonlarining boyishiga hamda muzeyga tashrif buyuruvchilarga soha tarixiga oid ilmiy ma’lumotlar berilishiga xizmat qilgan; 
san’atdan faqat targ‘ibot quroli sifatida foydalanishni talab qilingan bir sharoitda, o‘zbek rassomlarining o‘z milliy an’analarini saqlab qolishga intilishi va kasbiy mahoratini yangi bosqichga ko‘tarilishida jiddiy muammolarga duch kelganligi, 1950-yillarning birinchi yarmida san’atda sotsialistik realizm usulining mutlaq hukmronligi o‘rniashganligi, tasviriy san’at ko‘rgazmalarini nomlashda ham sovet mafkurasi, asosan “ishchi va dehqon” mavzusi bosh o‘ringa chiqqanligi, O‘zbekiston SSR Rassomlar uyushmasi faoliyati, o‘zbek tasviriy san’ati tarixida birinchi musavvira Shamsiruy Hasanova ijodiga oid ilmiy ma’lumotlar Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 18-fevraldagi 02-05/671-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy ma’lumotlar muzey fonlarining boyishiga hamda muzeyga tashrif buyuruvchilarga soha tarixiga oid ilmiy ma’lumotlar berilishiga xizmat qilgan;
XX asrning 60 yillarida O‘zbekiston rassomchiligida qishloq ayollari, onalar va milliy kiyimdagi turli etnomadaniy guruhlarga mansub ayollar portretlari bilan bir qatorda zamonaviy, Evropacha uslubdagi o‘zbek qizlari obrazlari ham tasvirlana boshlanganligi, 70-yillarga kelib, o‘zbek san’atida biroz o‘zgarishlar davri bo‘lib, ushbu davrda faqat shahar aholisi emas, balki qishloq aholisi xususan, paxtakorlar, mexanizatorlar, sovxoz ishchilari, hamshiralar va cho‘ponlar ham tasvirlanganligi, tarixiy xotira hamda milliy o‘zlikni anglash jarayonlari Alisher Navoiy siymosiga murojaat orqali ifodalanganligi, 70-yillarning ikkinchi yarmida davlat tomonidan san’atni moddiy rag‘batlantirish tizimi sezilarli darajada kengaytirilganligiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssnariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokomaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasining 2026-yil 12-martdagi 01-33/169-son ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarda O‘zbekiston tasviriy sa’ati tarixi haqidagi ilmiy bilimlarning boyishiga xizmat qilgan; 
mustaqillik yillarida san’at sohasiga davlat e’tiborining holati, Badiiy akademiya faoliyati tashkil etilishi, tasviriy san’at asarlarida milliy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash va ularni jahonga targ‘ib etish, o‘tgan asrda ta’qibga uchragan milliy an’analarni qayta tiklash masalalariga asosiy e’tibor qaratganligi, akademiya faoliyati doirasida yo‘lga qo‘yilgan xalqaro ko‘rgazmalar va Toshkent xalqaro biennalesi mahalliy maktab vakillarining jahon art-bozori va xalqaro badiiy jarayonlarga integratsiyalashuvini ta’minlaganligi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida tasviriy san’at sohasi raqamli texnologiyalar va global madaniy tendensiyalar ta’sirida sifat jihatidan yangilanayotganligiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssnariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokomaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasining 2026-yil 12-martdagi 01-33/169-sonli ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarda mustaqillik yillarida O‘zbekiston tasviriy sa’ati tarixi haqidagi ilmiy bilimlarning boyishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish