Haqqulov Sarvar Abdualimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 
“O‘zbekistonda me’morchilik va zamonaviy shaharsozlikning rivojlanishi tarixi (1991 – 2021 yy)”, “07.00.01 – O‘zbekiston tarixi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1475
Ilmiy rahbar: Omonova Sarvinoz Orif qizi, tarix fanlari doktori (DSc), dots.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc 03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori (DSc), professor Hasanov Akram Muminovich; tarix fanlari doktori, professor Abriev Ro‘ziqul Bo‘ronovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda me’morchilik va zamonaviy shaharsozlikning rivojlanishi tarixi (1991–2021 yy.) bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida shaharsozlik va me’morchilik sohasi tubdan o‘zgarib, yangi an’analar bilan boyib borganligi, sohani rivojlantirish bo‘yicha huquqiy-me’yoriy asoslar ishlab chiqilganligi, shu bilan bir qatorda ayrim hollarda “Turar joy kodeksi”, “Shaharsozlik kodeksi” kabi yangi qabul qilingan muhim hujjatlar talablari buzilganligi, Qarshi, Samarqand, Buxoro shaharlarining bosh loyihalari ishlab chiqilishi, shunindek, sohada kadrlar tayyorlashda Toshkent arxitektura qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutlarining o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan;
Mustaqillik yillarida tarixiy-madaniy merosga munosabatning o‘zgarishi, tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash uchun qurilish materiallarini tayyorlashga moslashtirilgan Samarqand ustaxonasi tomonidan bajarilgan ishlar hajmi 20 barobar, Shahrisabz ustaxonasida bajarilgan ish hajmi salkam 23 barobarga oshganligi, ushbu ishlarni amalga oshirishda hukumat mablag‘lari bilan bir qatorda xorijiy grantlarning jalb etilganligi, shu bilan bir qatorda tarixiy obektlarni ta’mirlashda ularning tarixiyligiga ham jiddiy zarar etkazilganligi holatlari aniqlandi;
poytaxt Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida qurilgan davlat boshqaruvi obektlari, mehmonxonlar, savdo markazlari qurilishidagi o‘ziga xosliklar, ularda milliy an’analarning aks ettirilishi, qurilish ishlarida mahalliy arxitektorlar bilan bir qatorda xorijiy mutaxassislarning ishtiroki, respublika shaharlarida jahon andozalaridagi yangi mehmonxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishiga oid fikrlar ilmiy jihatdan dalillandi;
istiqlol yillarida landshaft me’morchiligidagi o‘zgarishlar va ularning tarixiy ahamiyati, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i va boshqa yashil maydonlarning bunyod etilishi, viloyat va tuman markazlarida yangi istirohat bog‘larining tashkil etilishi, shuningdek, ayrim hududlar qurilish ishlari tufayli bunday bog‘larga xavf solinishi, ularning hududida tijorat va boshqa maqsadlarda turli xil noqonuniy qurilishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, qishloq joylarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari orqali amalga oshirilgan qurilish ishlari natijalari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda me’morchilik va zamonaviy shaharsozlikning rivojlanishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida shaharsozlik va me’morchilik sohasi tubdan o‘zgarib, yangi an’analar bilan boyib borganligi, sohani rivojlantirish bo‘yicha huquqiy-me’yoriy asoslar ishlab chiqilganligi, shu bilan bir qatorda ayrim hollarda “Turar joy kodeksi”, “Shaharsozlik kodeksi” kabi yangi qabul qilingan muhim hujjatlar talablari buzilganligi, Qarshi, Samarqand, Buxoro shaharlarining bosh loyihalari ishlab chiqilishi, shunindek, sohada kadrlar tayyorlashda Toshkent arxitektura qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutlarining o‘rniga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2023-yil 8-sentyabrdagi 06-28-1337-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar ongida O‘zbekiston hududida joylashgan madaniy meros obektlarini saqlash, muhofaza qilish, ta’mirlash va qayta tiklash masalalariga oid davlat siyosati mohiyatini o‘zgarib borishini ochib berishga xizmat qilgan;
Mustaqillik yillarida tarixiy-madaniy merosga munosabatning o‘zgarishi, tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash uchun qurilish materiallarini tayyorlashga moslashtirilgan Samarqand ustaxonasi tomonidan bajarilgan ishlar hajmi 20 barobar, Shahrisabz ustaxonasida bajarilgan ish hajmi salkam 23 barobarga oshganligi, ushbu ishlarni amalga oshirda hukumat mablag‘lari bilan bir qatorda xorijiy grantlarning jalb etilganligi, shu bilan bir qatorda tarixiy obektlarni ta’mirlashga ularning tarixiyligiga ham jiddiy zarar etkazilganligiga oid ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (Qarshqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasining 2023-yil 21-avgustdagi 02-05/2893-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar asosida O‘zbekistondagi moddiy madaniy meros obektlarini saqlash va kelajak avlodlarga asl holicha yetkazish hamda yodgorliklar yangi ziyorat turizmini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
poytaxt Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida qurilgan davlat boshqaruvi obektlari, mehmonxonlar, savdo markazlari qurilishidagi o‘ziga xosliklar, ularda milliy an’analarning aks ettirilishi, qurilish ishlarida mahalliy arxitektorlar bilan bir qatorda xorijiy mutaxassislarning ishtiroki, respublika shaharlarida jahon andozalaridagi yangi mehmonxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishiga oid ilmiy xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7 avgustdagi 307-son ma’lumotnomasi). Bu esa O‘zbekistonda me’morchilik va milliy shaharsozlik sohasida amalga oshirilgan tadbirlarining qanchalik muhim vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan.
istiqlol yillarida landshaft me’morchiligidagi o‘zgarishlar va ularning tarixiy ahamiyati, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i va boshqa yashil maydonlarning bunyod etilishi, viloyat va tuman markazlarida yangi istirohat bog‘larining tashkil etilishi, shuningdek, ayrim hududlarda qurilish ishlari tufayli bunday bog‘larga xavf solinishi, ularning hududida tijorat va boshqa maqsadlarda turli xil noqonuniy qurilishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, qishloq joylarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari orqali amalga oshirilgan qurilish ishlari natijalariga oid ilmiy xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7 avgustdagi 307-son ma’lumotnomasi). Bu esa O‘zbekistonda me’morchilik va milliy shaharsozlik sohasida amalga oshirilgan tadbirlarining qanchalik muhim vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish