Xalmuminova Gulchehra Qulmuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sabzavot ekinlarida uchraydigan al`ternarioz kasalligi va unga qarshi kurash choralari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx112.
Ilmiy rahbar: Avazov Sardorjon Erkin o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isomiddinov Ilxom To‘laevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sharoitida ochiq dala va issiqxonalarda etishtirilayotgan sabzavot ekinlarida al`ternarioz kasalligining o‘simlik hosildorligiga ta’sirini aniqlash, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati dala va issiqxonalarda o‘stirilayotgan sabzavot ekinlaridagi al`ternarioz kasalligining tarqalishi va zarari aniqlangan;
18 ta tur sabzavot ekinlaridan yig‘ilgan gerbariy namunalaridan Alternaria turkumiga mansub 11 ta Alternaria tur, 1 ta forma aniqlangan.
ilk bor 12 ta sabzavot – sholg‘om, rediska, raps, turp, petrushka, baqlajon, sarimsoq, ukrop, salat, kashnich, sel`derey va lavlagi ekinlarida al`ternarioz kasalligi aniqlangan.
Toshkent viloyati sharoitida kartoshka, pomidor, karam ekinlarida keng tarqalgan va katta zarar etkazadigan kasalliklardan al`ternarioz dog‘lanish va saqlash davrida rivojlanadigan mevalarning qora chirish kasalliklari ekanligi asoslangan.
al`ternarioz zamburug‘li kasalliklariga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish maqsadida zamburug‘ turlarining biologik, patogenlik xususiyatlari, o‘simliklarni kasallantirish darajalari, infeksiya manbalari, tarqalish qonuniyatlari aniqlanib, qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatidagi sabzavot ekinlarida uchraydigan al`ternarioz kasalligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishining natijalari asosida:
pomidorning al`ternarioz kasalligiga qarshi “Proksanil 45% sus.k.” (2,0 l/ga), “Folikur 25% em.k.” (1,0 l/ga), “Kolosal` 25% em.k.” (0,5 l/ga) fungisidlarini qo‘llash Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi «Yaxyoxon Ziyo Nur Agro» fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 02/023-756-son ma’lumotnomasi). Natijada pomidorning al`ternarioz kasalligiga qarshi “Folikur 25% em.k.” fungisidi 1,0 l/ga sarf-me’yorida qo‘llanilganda uning eng yuqori bo‘lgan preparatning biologik samaradorligi 73,4 % ni tashkil etgan;
kartoshkaning al`ternarioz kasalligiga qarshi “Ridomil Gold 68% s.d.g.” (2,5 kg/ga), “Bayleton 25% n.kuk.” (1,0 kg/ga), “Shavit F 72% s.e.g.” (2,5 kg/ga) fungisidlarini qo‘llash Toshkent viloyatining Toshkent tumani «A’loxon Isoxon Agro» fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 02/023-756-son ma’lumotnomasi). Natijada “Shavit F.72% s.e.g.” 2,5 kg/ga sarf-me’yorida qo‘llanilganda 15 kundan so‘ng preparatning biologik samaradorligi 84,0 % tashkil etgan;
kartoshkaning al`ternarioz kasalligiga qarshi urug‘larni ekishdan oldin “Maksim 2,5 % sus.k.” (0,4 l/t), “Raksil 60 FS 6% s.e.cus.” (0,5 l/t), “Topsin M 70% n.kuk.” (1,5 kg/t) fungisidlarini qo‘llash Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi «Temir Qadam» fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 02/023-756-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlatilgan “Topsin M 70% n.kuk.” 1,5 kg/t preparatning sarf-me’yorida qo‘llanilganda biologik samaradorlik 15 kundan so‘ng 80,3 % ni tashkil etgan.
pomidorning al`ternarioz kasalligiga qarshi “Selest Top 312 Fs,sus.k.” ( 0,4 l/t), “Baraka 60% ps.” (2,0 kg/t), “Vitavaks 200 FF 34% s.cus.k.” (4,0 l/t) urug‘dorilagichlari Toshkent viloyatining Qibray tumani «Nosirov Abdiraym» fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 02/023-756-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlatilgan preparatning eng yuqori biologik samaradorligi “Vitavaks 200 FF 34% s.cus.k.” 4,0 l/t sarf-me’yorida 15 kundan so‘ng 82,6 % ni tashkil etgan.