Alimkulov Muzaffar Mukumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli sharoitlarda ingichka tolali tut ipak qurti sanoat duragaylarini parvarishlash agrotexnikasining samaradorligini aniqlash (Andijon viloyati misolida)”, 06.02.04 – Ipakchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Qx1571
Ilmiy rahbar: Aqilov Ulug‘bek Hakimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD08/2025.27.12.Qx.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxodjaev Baxtiyor Anvarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Bekkamov Chorshanbi Ismoilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurtining ingichka tolali sanoat duragaylarini turli gigrotermik va oziqlanish sharoitlarda parvarishlash agrotexnikasining samaradorligini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor tut ipak qurtining ingichka tolali duragaylarini turli paratipik omillar ta’sirida parvarishlash natijasida tut bargi sarfini 9,3-11,2 % ga qisqartirish mumkinligi aniqlangan;
ingichka tolali ipak qurti duragaylarini barg tanqisligi, me’yordan yuqori harorat va namlikda parvarishlash sharoitlarida qurtlar hayotchanligi 90,2-93,8 %, pilla vazni 1,50-2,04 g, pillaning ipakchanligi 21,2-22,9 % bo‘lishi aniqlangan;
pilla mahsuldorlik ko‘rsatkichlari turli sharoitlarda parvarishlashning me’yorga nisbatan Mayin tola-1, Mayin tola-2 duragaylarida 3,3-7,4 % ga oshishi va Navbahor-1, Navbahor-2 duragaylarida esa 2,1-2,3 % ga pasayishi kuzatilgan;
parvarishlash sharoitlarining ta’siri natijasida ipak qurti duragaylari pilla ipining metrik nomeri (ingichkaligi) 2959-3826 m/g oralig‘ida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli sharoitlarda ingichka tolali tut ipak qurti sanoat duragaylarini parvarishlash agrotexnikasini samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Tut ipak qurtining ingichka tolali “Mayin tola-1” sanoat duragayi Qo‘rg‘ontepa tumani “Volida Mehr Zamin” fermer xo‘jaligida joriy etilgan. (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2026-yil 18-maydagi 4-2/709-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 qutisidan olingan qo‘shimcha 9,5 kg tirik pilla olish hisobiga 4335,1 ming so‘m iqtisodiy samaradorlik,1220,6 ming so‘m sof foyda olingan va 24,4 % rentabellikka erishilgan;
Tut ipak qurtining “Mayin tola-2” sanoat duragayi Oltinko‘l tumani «Agro-pilla» MChJ ga qarashli kasanachi Jabborov Shoyatbek xonadonida joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2026-yil 18-maydagi 4-2/709-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 quti qurtdan qo‘shimcha 8 kg tirik pilla olingan. Iqtisodiy samaradorlik 4073,6 ming so‘m, sof foyda 991,7 ming so‘mni tashkil etgan, rentabellik darajasi 23,2 % ga ko‘tarilgan;
Me’yoridan yuqori kichik yoshlarda 29 0C harorat, 90% nisbiy namlikda katta yoshlarda 26 0C harorat va 80% nisbiy namlikda yangi agrotexnika asosida parvarishlangan “Navbahor-1” sanoat duragayi Marhamat tumanidagi “Marhamat Agro-pilla” MChJ da joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2026-yil 18-maydagi 4-2/709-son ma’lumotnomasi). Natijada 1 qutisidan olingan qo‘shimcha 7,3 kg tirik pilla olish hisobiga olingan iqtisodiy samaradorlik 3630,3 ming so‘m, sof foyda 865,7 ming so‘mni va rentabellik 20,5 % ni tashkil etgan.