Ataxo‘jaeva Shaxlo Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari chet tili o‘qituvchilarida sotsial-emotsional kompetentlikni rivojlantirishning psixologik determinantlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/P153.
Ilmiy maslahatchi: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sharapova Saboxat Djaparovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Sherimbetova Zamira Shalabaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari chet tili o‘qituvchilarida sotsial-emotsional kompetentlikni rivojlantirishning psixologik determinantlarini asoslash, hamda ulardan samarali foydalanishga doir trening dastur va model ishlab chiqishdan iborat. 
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
oliy ta’lim muassasalari chet tili o‘qituvchilarida sotsial-emotsional kompetentlikning tarkibiy tuzilmasi emotsional anglash, hissiy boshqaruv, kommunikativ moslashuv va refleksivlik komponentlarining integrativ uyg‘unligiga asoslanib, real pedagogik vaziyatlarda hissiy holatlarni adekvat ifodalash orqali qaror qabul qilish kompetensiyasi bilan funksional bog‘liq ekanligi aniqlangan;
chet tili o‘qituvchilaridagi sotsial-emosional kompetentlikning rivojlanishi bilingual muhitdagi interkultural muloqot va verbal-noverbal persepsiya xususiyatlarining differensial namoyon bo‘lishiga asoslanib empatiyaning ijtimoiy intellekt negizida dominant ifodalanishini belgilovchi psixologik determinant ekanligi dalillangan;
chet tili o‘qituvchilarining emotsional va sotsial intellektini o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra empatik idrok va interpersonal sezgirlikning uyg‘unligiga asoslanib emotsional reaksiyalarni tushunish hamda hislarni boshqarish ko‘nikmasining integratsiyasi orqali kompetentlikni rivojlantiruvchi psixologik peridiktor ekanligi aniqlangan;
chet tili o‘qituvchilaridagi sotsial-emotsional kompetentlikni rivojlantirishda pedagogik jarayonda bilingual muhitning subekt-subekt munosabatlariga ta’siriga asoslanib emotsional holatlarda, faoliyatda va ijtimoiylashuv jarayonida o‘zini o‘zi nazorat qilishning integrativ namoyon bo‘lishi muhim ekanligi dalillangan;
chet tili o‘qituvchilarining emotsional va sotsial intellekti emotsional reaksiyalarni tushunish, empatiya, emotsiyalarni boshqarish hamda o‘zini nazorat qilish bilan o‘zaro bog‘liq ekanligi natijasida, emotsional intellekt empatik munosabatlar va faoliyatda o‘zini nazorat qilishga, sotsial intellekt esa ijtimoiylashuv jarayonida o‘zini nazorat qilish va emotsiyalarni boshqarishga kuchli ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Oliy ta’lim chet tili o‘qituvchisining sotsial-emotsional kompetentligini rivojlantirishning psixologik determinantlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida chet tili o‘qituvchilarining emotsional intellekti bilan empatik va samarali muloqot ko‘nikmalari orasida ishonchli ijobiy xususiyatlar rivojlanishi natijasida, emotsional intellekt darajasi yuqori bo‘lgan chet tili o‘qituvchilarining talabalar bilan o‘zaro munosabatlarni sifatli va samarali tashkil etish imkoniyatlarini oshirib, ta’lim jarayonida o‘zaro tushunish hamda ishonch muhitining mustahkamlanganligi isbotlanganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi №-PM-175-sonli   buyrug‘i bilan “Pedagogik-psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil  2-dekabrdagi №-PM-175-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida kasbiy faoliyat olib boruvchi chet tili o‘qituvchilarida sotsial-emotsional kompetentligini rivojlantirishga sabab bo‘luvchi determinantlarni aniqlashga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari chet tili o‘qituvchilarining emotsional empatiya, sotsial intellekt, shaxsning o‘z-o‘ziga munosabati, emotsional intellekt va emotsional holatlarda o‘zini nazorat qilish ko‘rsatkichlari o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘lishi natijasida, ushbu kompetensiyalarning rivojlanish darajasi chet tili o‘qituvchilarining kasbiy samaradorligi, kommunikativ qobiliyati va psixologik moslashuvchanligiga bevosita ta’sir etishi dalillanganligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil  2-dekabrdagi №-PM-175-sonli   buyrug‘i bilan “Ijtimoiy-psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil  2-dekabrdagi №-PM-175-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalaridagi chet tili o‘qituvchilarida sotsial-emotsional kompetentlikni shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning uslubiy ta’minoti boyishiga xizmat qilgan;
chet tili o‘qituvchilarining emotsional intellekti, empatik munosabatlarni tushunish, emotsiyalarni boshqarish va shaxsning o‘z-o‘ziga munosabati o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik aniqlanib, ish tajribasi ortgan sari ularning empatiya va emotsional reaksiyalarni tushunish darajasi sezilarli ravishda oshishi hamda 15 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning ushbu ko‘rsatkichlari 5 yilgacha tajribaga ega bo‘lganlarga nisbatan ancha yuqori ekanligi statistik jihatdan isbotlanib, bu holat pedagoglarning sotsial-emotsional kompetentligini rivojlantirishda ish tajribasining muhim omil ekanligi aniqlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil  2-dekabrdagi №-PM-175-sonli buyrug‘i bilan “Pedagogik-psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi №-PM-175-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan metodikalardan universitet psixologi va o’qituvchilar kasbiu faoliuatining metodik ta’minotini bouitishga xizmat qilgan;
chet tili o‘qituvchilarining emotsional intellekti, empatik munosabatlarni tushunish, emotsiyalarni boshqarish va shaxsning o‘z-o‘ziga munosabati ish tajribasi ortishi bilan oshishi hamda 15 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan pedagoglarning empatiya va emotsional reaksiyalarni tushunish ko‘rsatkichlari 5 yilgacha tajribaga ega bo‘lganlarga nisbatan yuqori ekanligi natijasida, pedagoglarning sotsial-emotsional kompetentligini shakllantirishda ish tajribasi hal qiluvchi omil ekanligi isbotlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil  2- dekabrdagi №-PM-175-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy-psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil  2-dekabrdagi №-PM-175-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy faoliyatda sotsial-emotsional kompetentlik samaradorligiga ta’sir etuvchi xususiyatlarni aniqlashga erishilgan;
chet tili o‘qituvchilarining emotsional va sotsial intellekti emotsional reaksiyalarni tushunish, empatiya, emotsiyalarni boshqarish hamda o‘zini nazorat qilish bilan o‘zaro bog‘liq ekanligi natijasida, emotsional intellekt empatik munosabatlar va faoliyatda o‘zini nazorat qilishga, sotsial intellekt esa ijtimoiylashuv jarayonida o‘zini nazorat qilish va emotsiyalarni boshqarishga kuchli ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi №-PM-175-sonli buyrug‘i bilan “Psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil  2-dekabrdagi №-PM-175-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida sotsial-emotsional kompetentlik samaradorligini takomillashtirishni shakllantirishning psixodiagnostik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish