Botirov Doniyor Abdusaidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokardning patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlari” 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5528.
Ilmiy rahbar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05.
Rasmiy opponentlar: Mallaev Maksud Muxammadievich, tibbiyot fanlari doktori; Maxkamov Nosirjan Juraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokardning morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini yoshga doir o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
surunkali yurak ishemik kasalligidan vafot etganlarning klinik-anamnestik ma’lumotlarini retrospektiv tahlil qilish asosida o‘lim holatlarining eng yuqori ulushi 45-59 yosh guruhiga to‘g‘ri kelishi aniqlanib, ushbu yosh davrida tanatogenezning patogenetik mexanizmlari va patomorfologik xususiyatlari ilk bor kompleks ravishda ochib berilgan;
surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokarddagi destruktiv o‘zgarishlar va endomiotsitoliz jarayonlarining yoshga oid xususiyatlari patomorfologik va morfometrik tahlillar asosida baholanib, 45-59 yosh guruhida ushbu o‘zgarishlarning tarqalishi va og‘irlik darajasi boshqa yosh guruhlariga nisbatan yuqori ekanligi hamda ularning ishemik shikastlanish progressiyasi tanatogenezda muhim morfologik belgi ekanligi ilk bor aniqlangan;
surunkali yurak ishemik kasalliklarida 45-59 yoshlilarda miokard stromasida interstisial biriktiruvchi to‘qima (fibroz)ning hajmiy ulushi nazorat guruhiga nisbatan 2,41 martaga oshishi aniqlanib, bu esa miokard fibrozining muhim tanatogenetik mezoni sifatida baholangan;
surunkali yurak ishemik kasalligida 45-59 yoshlilarda kardiomiositlarda Desmin va MyoD1 markerlari ekspressiyasining nazorat guruhiga nisbatan eng past darajada bo‘lishi, miokarddagi degenerativ o‘zgarishlarning muhim immunogistokimyoviy mezoni sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
Surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokardning patomorfologik va immunogistokimyoviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak ishemik kasalligidan vafot etganlarning klinik-anamnestik ma’lumotlarini retrospektiv tahlil qilish asosida o‘lim holatlarining eng yuqori ulushi 45-59 yosh guruhiga to‘g‘ri kelishi aniqlanib, ushbu yosh davrida tanatogenezning patogenetik mexanizmlari va patomorfologik xususiyatlari ilk bor kompleks ravishda ochib berilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot Universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 5 noyabrdagi 3-son bilan tasdiqlangan «Surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokardni yoshga doir immunogistokimyoviy jihatlarini baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosining 12.11.25 yildagi 37-son xamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosining 15.12.25 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak ishemik kasalligining patogenetik mexanizmlarini chuqurroq anglash, miokardda rivojlanuvchi morfologik va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni obʼektiv baholash hamda yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish kasallikning residivlanish holatlari, o‘tkir yurak etishmovchiligi va boshqa og‘ir asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Hozirgi vaqtda surunkali yurak ishemik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni statsionar sharoitda tekshirish va davolash muddati o‘rtacha 14-24 kunni tashkil etib, bir bemor uchun sarflanadigan umumiy davolash xarajatlari o‘rtacha 18,9-31,68 mln so‘mga teng bo‘lib, miokardning immunogistokimyoviy tekshiruvlari asosida yurak to‘qimasidagi patogenetik o‘zgarishlarni aniqlash va individuallashtirilgan davolash taktikasini qo‘llash uchun bir bemorga o‘rtacha 2,85 mln so‘m mablag‘ sarflanadi. Olingan natijalar asosida ambulator kuzatuv va maqsadli davolash choralarini tashkil etish sarflanadigan 5,75-8,23 mln so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokarddagi destruktiv o‘zgarishlar va endomiotsitoliz jarayonlarining yoshga oid xususiyatlari patomorfologik va morfometrik tahlillar asosida baholanib, 45-59 yosh guruhida ushbu o‘zgarishlarning tarqalishi va og‘irlik darajasi boshqa yosh guruhlariga nisbatan yuqori ekanligi hamda ularning ishemik shikastlanish progressiyasi tanatogenezda muhim morfologik belgi ekanligi asoslab berilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot Universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 5 noyabrdagi 3-son bilan tasdiqlangan «Surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokardni yoshga doir immunogistokimyoviy jihatlarini baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosining 12.11.25 yildagi 37-son xamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosining 22.11.25 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish orqali surunkali yurak ishemik kasalligining og‘ir asoratlari va residivlari chastotasini kamaytirish, bemorlarning hayot sifati va umr davomiyligini oshirish hamda yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish orqali kasallikning residivlari va qayta gospitalizatsiya holatlarini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun davolash xarajatlarini o‘rtacha 15-28,85 mln so‘mga qisqartirish orqali iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak ishemik kasalliklarida 45-59 yoshlilarda miokard stromasida tolali tuzilmalarning hajmi nazorat guruhiga nisbatan 2,41 martaga oshishi aniqlanib, bu esa miokard fibrozining muhim tanatogenetik mezoni sifatida baholanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot Universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 5 noyabrdagi 3-son bilan tasdiqlangan «Surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokardni yoshga doir immunogistokimyoviy jihatlarini baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosining 12.11.25 yildagi 37-son xamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosining 22.11.25 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil -2 iyundagi 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish orqali surunkali yurak ishemik kasalligining og‘ir asoratlari va residivlari chastotasini kamaytirish, bemorlarning hayot sifati va umr davomiyligini oshirish hamda yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokardning immunogistokimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish orqali qayta gospitalizatsiyalar, og‘ir asoratlar va statsionar davolanish muddatini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 15-28,85 mln so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak ishemik kasalligida 45-59 yoshlilarda kardiomiotsitlarda Desmin, SA va MyoD1 markerlari ekspressiyasining nazorat guruhiga nisbatan eng past darajada bo‘lishi, miokarddagi degenerativ o‘zgarishlarning muhim immunogistokimyoviy mezoni sifatida aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot Universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 5 noyabrdagi 3-son bilan tasdiqlangan «Surunkali yurak ishemik kasalliklarida miokardni yoshga doir immunogistokimyoviy jihatlarini baxolash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona viloyat patologik anatomiya byurosining 12.11.25 yildagi 37-son xamda Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosining 22.11.25 yildagi 51-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil -2 iyundagi 9-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish orqali surunkali yurak ishemik kasalligining og‘ir asoratlari va residivlari chastotasini kamaytirish, bemorlarning hayot sifati va umr davomiyligini oshirish hamda yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokardning immunogistokimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish orqali qayta gospitalizatsiyalar, og‘ir asoratlar va statsionar davolanish muddatini kamaytirish hisobiga har bir bemor uchun o‘rtacha 15-28,85 mln so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini beradi.