Ergashkulov Boburjon Nusratulloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni oliy ta’lim muassasalariga moslashuvining ijtimoiy-psixologik jihatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/P1523.
Ilmiy rahbar: Sharapova Sabohat Djabbarovna psixologiya fanlari doktori (DSc), proffessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.P.03.02.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muhiddin Muhammadovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Farfieva Kamola Adhamjonovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Xalqaro Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning oliy ta’lim muassasasiga moslashuvining ijtimoiy-psixologik jihatlarini  tadqiq qilish,  moslashuv darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va muvoffaqiyatli moslashuvni ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning transformatsiyalashgan ta’lim muhitiga moslashishida ijtimoiy faollik, stressni boshqarish, motivatsiya, kommunikativlik hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan bog‘liq kompleks omillarning ta’siriga asoslanib o‘qishga nisbatan ijobiy emosional munosabat subekt-obekt munosabatlarini sub’kt-subekt hamkorlik tizimiga aylantiruvchi muhim ijtimoiy-psixologik mexanizm ekanligi aniqlangan; 
talabalarning oliy ta’lim muassasasiga moslashishida o‘zaro munosabatlarda hurmatga sazovor bo‘lish, moddiy farovonlik, qiziqarli hayot, baxtli oilaviy turmush hamda ijtimoiy tan olinishning dominantligiga ko‘ra, shaxs maqsadli qadriyatlari tizimi motivatsion-intensional yo‘nalganlik, ijtimoiy identifikatsiya va o‘zini anglash mexanizmlari orqali namoyon bo‘luvchi muhim ijtimoiy-psixologik omil ekanligini dalillagan;
talabalarning oliy ta’lim haqidagi tasavvurlari ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarga bardosh bera olish, stressli vaziyatlarni engish hamda samarali ijtimoiy munosabatlar o‘rnata olish ko‘nikmalarining dominant namoyon bo‘lishiga asoslanib psixologik barqarorlik, kommunikativ faollik, ijtimoiy integratsiya mexanizmlari orqali o‘quv faoliyati va o‘quv guruhiga ijtimoiy-psixologik moslashuvning yuqori darajada kechishini ta’minlovchi muhim determinant ekani aniqlangan;
ta’lim subektlarining o‘quv faoliyatiga moslashuv jarayoni divergent va konvergent tafakkur, nostandart vaziyatlarda kreativ echim topish hamda semantik egiluvchanlik qobiliyatlarining namoyon bo‘lish darajasiga bog‘liqligi tufayli tafakkur tipining kognitiv moslashuv mexanizmlari orqali talabalarning ijtimoiy-psixologik va akademik integratsiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda, oliy ta’lim tizimiga moslashuvining ijtimoiy psixologik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning oliy ta’lim muassasalariga moslashuvida ta’limga emotsional munosabat, o‘z-o‘zini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy munosabat oʻrnatish koʻnikmasining ustuvor namoyon bo‘lish muhimligiga ko‘ra hududiy xususiyatlarga bogʻliq differensial farqlarning mavjudligi aniqlangan. Natijalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining 2025-yil 31-05 № PM-93-sonli ilmiy metodik Kengash bayonnomasiga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  31-May 2025-y.№19-sonli ilmiy uslubiy Kengash bayonnomasi).Natijada, talaba-yoshlarda oliy ta’lim tizimiga moslashuvining ijtimoiy psixologik jihatlarini  o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
talabalarning oliy ta’lim muassasasiga moslashuvida o‘zaro munosabatlarda hurmatga sazovor bo‘lish, moddiy farovonlik, qiziqarli hayot, baxtli oilaviy turmush, ijtimoiy tan olinishning ustuvorligiga ko‘ra, shaxs maqsadli qadriyatlari muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillangan natijalar markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining 2025-yil 31-05 № PM-93-sonli ilmiy metodik Kengash bayonnomasiga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy  pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 31-May 2025-y. №19-sonli ilmiy uslubiy Kengash bayonnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda  oliy ta’lim tizimiga moslashuvining ijtimoiy psixologik jihatlarini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
talabalarning oliy ta’lim haqidagi tasavvurlariga ko‘ra, ta’limdagi qiyinchiliklarga bardosh bera olish va ijtimoiy munosabatlarni o‘rnata olish ko‘nikmasini ustuvor namoyon bo‘lishi ijtimoiy moslashuvni kuchli ifodalanishi aniqlangan natijalar markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining 2025-yil 31-05 №PM-93-sonli ilmiy metodik Kengash bayonnomasiga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy  pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 31-May 2025-y.№19-sonli ilmiy uslubiy Kengash bayonnomasi).Natijada, talaba-yoshlarda oliy ta’lim tizimiga moslashuvining ijtimoiy psixologik jihatlarini  o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;
talabalarning ta’limga  moslashuvi divergent, konvergent fikrlash, nostandart vaziyatlarda echim topish, semantik egiluvchanlik qoboliyatiga ko‘ra tafakkur tipiga bog‘liq namoyon bo‘lishi isbotlangan, natijalar markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining 2025-yil 31-05 № PM-93-sonli ilmiy metodik Kengash bayonnomasiga asosan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 31-May 2025y №19-sonli ilmiy uslubiy Kengash bayonnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda oliy ta’lim tizimiga moslashuvining ijtimoiy psixologik jihatlarini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish