Xalmirzaeva Lola Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyati sharoitida unabi (ziziphus jujuba mill) ko‘chatini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx379.
Ilmiy rahbar: Umurzoqov Elmurod Umurzoqovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot-instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Normuratov Ilxom Turgunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida unabi ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati sharoitida stratifikatsiyalangan unabi urug‘larni ekish oldidan turli o‘stiruvchi stimulyatorlarni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ekish oldi stimulyatorlarni qo‘llashning stratifikatsiyalangan unabi navi urug‘lari dala unuvchanligi, urug‘ ko‘chatlarning o‘sishi, rivojlanishi, shakllanishini va sifatiga ta’siri aniqlangan;
unabi payvandust kurtaklarining tutuvchanligi, navdor ko‘chatlarning o‘sishi, rivojlanishi va sifatli ko‘chat chiqishini ta’minlovchi eng maqbul bahorgi kurtak payvand qilish muddatlari aniqlangan;
payvand qilingan ko‘chatlarning jadal rivojlanishi va sifatli ko‘chat chiqishini ta’minlovchi mineral o‘g‘it berish va bargdan qo‘shimcha oziqlantirish me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyati sharoitida unabi ko‘chatini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
fermerlar xo‘jaliklari uchun “Unabi-Ziziphus Jujuba (unabi) ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish” bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 sentyabr 02/030-2084-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma gektaridan 36 ming donadan ortiq standart unabi ko‘chati etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
unabining stratifikatsiya qilingan urug‘lariga o‘stiruvchi moddalar bilan ekisholdi ishlov berish ishlanmasi Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Intensiv ekogarden» fermer xo‘jaligida 1,2 gektar, «Fresh fruits» fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, jami 2,7 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 sentyabrdagi 02/030-2084-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 36 mingdan ortiq, tannarxi 2687 so‘m bo‘lgan sifatli ko‘chat etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 32,4% ni tashkil etgan;
unabi ko‘chatlarini bahorgi kurtak payvand usulida etishtirish muddatlarini optimallashtirish ishlanmasi Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi «Barakali Barlos uzumzori» fermer xo‘jaligida 1,4 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 sentyabrdagi 02/030-2084-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 36 mingdan ortiq, tannarxi 2517 so‘m bo‘lgan sifatli ko‘chat etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 38,8% ga oshgan;
kurtak payvand qilingan unabi ko‘chatlarini oziqlantirish me’yorlarini ishlab chiqish ishlanmasi Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi «Barlosni bepoyon bog‘lari» fermer xo‘jaligida 1,6 gektar, Bulung‘ur tumanidagi «Abdukomil dalasi» fermer xo‘jaligida 3,6 gektar, jami 5,2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 sentyabrdagi 02/030-2084-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan 36,0 mingdan ortiq, tannarxi 2592 so‘m bo‘lgan sifatli ko‘chat etishtirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 31,7% ga oshgan;
unabi payvand qilingan ko‘chatzorlarida o‘g‘itlashning optimal me’yorlarini ishlab chiqish ishlanmasi Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida 3,5 gektar, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Abbosbek Alibek Nur” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar va “Murodov Joyliboy dalasi” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, jami 8,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 3 sentyabrdagi 02/030-2084-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida novdalar 39,2% ko‘p o‘sgan, mahsulotning tannarxi 2057 so‘mni, hosildorlik 185,7 s/ga ni, iqtisodiy samaradorlik 56,5% ni tashkil etgan.