Xoldorov Shohruhmirzo Imomali o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Malakali sportchilarni tayyorlashda mushak biosignallariga ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasi”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5887.
Ilmiy rahbar: Kaxxarov A’loxon Abrorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov O‘tkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamedieva Dilnoza Tulqunovna, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali sportchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan mushak biosignallariga ishlov berish algoritmlari hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elektromiografiya signallarini moslashuvchan bo‘sag‘aviy qiymat asosida filtrlash algoritmi ishlab chiqilgan;
mushak charchoq darajasini tavsiflovchi takomillashtirilgan faollashtirish funksiyasi asosidagi neyron tarmoq arxitekturasining ishlash bosqichlari loyihalangan;
sportchilarning yuklamaga moslashish koeffisientlarini baholash algoritmi takomillashtirilgan;
sportchilardan qayd etilgan ma’lumotlarni tahlil qilish dasturiy majmua strukturasi loyihalashtirilgan va uning modullararo muloqot interfeysi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar hamda yaratilgan dasturiy majmua asosida:
malakali sportchilarni tayyorlash jarayonida mushak biosignallariga ishlov berish, EMG signallarini filtrlash, mushak faolligi va yuklamaga moslashuvni tahlil qilish hamda mushak charchog‘ini neyron tarmoqlar asosida baholash algoritmlariga asoslangan dasturiy majmua O‘zbekiston sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 33-8/845-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturiy majmua yordamida sportchilarning mushak faolligi va yuklamaga moslashuvini monitoring qilish, ularning funksional holatini ob’ektiv baholash hamda mashg‘ulot jarayonlarini raqamli boshqarish imkoniyatlari yaratildi. Buning natijasida sportchilarni musobaqalarga tayyorlash jarayonini boshqarish samaradorligi 5 % ga oshdi hamda mushak charchog‘ini intellektual aniqlash samaradorligi 10-14 % ga ortdi; 
malakali sportchilarni tayyorlash jarayonida mushak biosignallarini tahlil qilish, EMG signalini filtrlash hamda mushak charchog‘ini neyron tarmoqlar asosida aniqlash algoritmlariga asoslangan dasturiy majmua Yunusobod tumani 1-sonli sport maktabi faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 33-8/845-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilar mashg‘ulot jarayonlarini monitoring qilish va individual yuklamalarni baholash imkoniyatlari kengaytirildi hamda sportchilarni musobaqalarga tayyorlash jarayonining samaradorligi 5-7 % ga oshishiga erishildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish