Nusratova Mexriniso Baxshilloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagog-talaba munosabatlari ta’sirida altruistik xulq motivlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik asoslari”. 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/P184.
Ilmiy maslahatchi: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Saidov Azamat Ismoilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Elmuratova Aysulu Usaxovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagog-talaba munosabatlari ta’sirida altruistik xulq motivlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik asoslarini tadqiq etish va altruistik xulq motivlarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog-talaba munosabatlari ta’sirida altruistik xulq motivlarining namoyon bo‘lishi ta’lim subektlarida psixologik farovonlik, refleksiv empatiya, emotsional intellekt kabi stenik hislarini faollashuviga, emotsional charchoq, o‘z ehtiyojlarini inkor etish bilan bog‘liq astenik hislarni pasayishiga olib kelganligi tufayli shaxsning o‘zaro yordam haqidagi tasavvurlariga bog‘liq prosotsial xulqni rag‘batlantiruvchi ijtimoiy sifatlarga identiv ekanligi aniqlangan;
ta’lim subektlarining vertikal munosabatlardagi ta’sir darajasiga ko‘ra pedagoglarning ideal, talabalarning esa real “Men”da o‘zlarini altruist sifatida subektiv baholashlari natijasida didaktik jarayondagi prosotsial xulqni ichki intereorizatsiya orqali rag‘batlantiruvchi ichki determinant ekanligi dalillangan;
pedagog-talaba diadasida altruistik xulq motivlarini shakllanishi didaktik muloqotdagi suhbatdoshni qabul qilish va idrok qilishga yo‘nalganlikning dominant ta’siriga asoslanib shaxslararo munosabatlarga yo‘nalganlik motivatsiyasining ijtimoiy persepsiya orqali kuchli ifodalanish darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
talabalarda altruistik xulq motivlarini shakllantirish uchun pedagogning fasilitatorlik roli va talabaning o‘quv jarayonining faol subekti sifatidagi ishtiroki o‘zaro ta’sir, o‘zaro idrok, emotsional bog‘liqlik kabi ijtimoiy rollar integratsiyasi bilan belgilanaganligi tufayli o‘qituvchining emotsional improvizatsion va metodik uslubi orqali o‘quv guruhlaridagi prosotsial yo‘nalgan ijtimoiy xususiyatlarni rivojlanishiga erishish muhimligi dalillangan;
pedagog-talaba munosabatlaridagi altruistik xulqning ijtimoiy - psixologik asoslari ta’limdagi muloqotda emotsional bilimdonlik, o‘z emotsiyalarini boshqarish, empatiya hissini muloqotdagi verbal va noverbal ekspressiyalarni anglash ko‘nikmasiga uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli pedagog va talabaning emotsional va ijtimoiy intellektini o‘zaro integrativ shakllantirish bilan determinatsiyalashganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Pedagog-talaba munosabatlari ta’sirida altruistik xulq motivlarini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik asoslari» yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagog-talaba munosabatlari ta’sirida altruistik xulq motivlarining namoyon bo‘lishi ta’lim subektlarida psixologik farovonlik, refleksiv empatiya, emotsional intellekt kabi stenik hislarini faollashuviga, emotsional charchoq, o‘z ehtiyojlarini inkor etish bilan bog‘liq astenik hislarni pasayishiga olib kelganligi tufayli shaxsning o‘zaro yordam haqidagi tasavvurlariga bog‘liq prosotsial xulqni rag‘batlantiruvchi ijtimoiy sifatlarga identiv ekanligi aniqlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 473-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilikni «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 473a-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog talaba munosabatlari ta’sirida altruistik xulq motivlarining namoyon bo‘lish darajasi o‘rganilgan;
ta’lim subektlarining vertikal munosabatlardagi ta’sir darajasiga ko‘ra pedagoglarning ideal, talabalarning esa real “Men”da o‘zlarini altruist sifatida subektiv baholashlari natijasida didaktik jarayondagi prosotsial xulqni ichki intereorizatsiya orqali rag‘batlantiruvchi ichki determinant ekanligi dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 473-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilikni «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 473a-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim subektlarining altruistik xulq motivlarini muloqotga integratsiyasi tahlil qilingan;
pedagog-talaba diadasida altruistik xulq motivlarini shakllanishi didaktik muloqotdagi suhbatdoshni qabul qilish va idrok qilishga yo‘nalganlikning dominant ta’siriga asoslanib shaxslararo munosabatlarga yo‘nalganlik motivatsiyasining ijtimoiy persepsiya orqali kuchli ifodalanish darajasiga bog‘liq ekanligi dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 473-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilikni «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 473a-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog-talaba diadasida altruistik xulq motivlari shakllanishini shaxslararo munosabatlarga yo‘nalganlik motivatsiyasining ijtimoiy persepsiya darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
talabalarda altruistik xulq motivlarini shakllantirish uchun pedagogning fasilitatorlik roli va talabaning o‘quv jarayonining faol subekti sifatidagi ishtiroki o‘zaro ta’sir, o‘zaro idrok, emotsional bog‘liqlik kabi ijtimoiy rollar integratsiyasi bilan belgilanaganligi tufayli o‘qituvchining emotsional improvizatsion va metodik uslubi orqali o‘quv guruhlaridagi prosotsial yo‘nalgan ijtimoiy xususiyatlarni rivojlanishiga erishish muhimligi dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 473-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilikni «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 473a-son ma’lumotnomasi). Natijada, altruistik xulq motivlari shakllanishida pedagogning fasilitatorlik roli va o‘qitish uslubining ta’siri aniqlangan;
pedagog-talaba munosabatlaridagi altruistik xulqning ijtimoiy - psixologik asoslari ta’limdagi muloqotda emotsional bilimdonlik, o‘z emotsiyalarini boshqarish, empatiya hissini muloqotdagi verbal va noverbal ekspressiyalarni anglash ko‘nikmasiga uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli pedagog va talabaning emotsional va ijtimoiy intellektini o‘zaro integrativ shakllantirish bilan determinatsiyalashganligi dalillangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM 473-son buyrug‘iga binoan ilmiy yangilikni «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 473a-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog-talaba munosabatlarida altruistik xulqning emotsional bilimdonlik va ijtimoiy intellekt integratsiyasiga bog‘liqligi ochib berilgan.