Raxmatov Zoyr Umirzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax cho‘li tuproqlarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi va uni yaxshilash», 06.01.03–Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx500.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Sagdulla, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qurvantoev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax cho‘li sug‘oriladigan tuproqlarining unumdorligini saqlash, oshirish, sho‘rlanishning oldini olish va unga qarshi kurash hamda tuproqlarni barcha xossa-xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax cho‘li tuproqlarining sug‘orish ta’sirida unumdorligini va evolyusion holatini belgilovchi omillardan oziqa elementlari, agrofizikaviy xossalari va meliorativ holatining o‘zgarish jarayonlari aniqlangan;
sug‘orish tas’sirida tuproqlar agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalarining o‘zgarishi asoslab berilgan;
tuproqlarning suv-tuz tartibotiga ta’siri asosida, sho‘rlanishni keltirib chiqaruvchi omillar asoslab berilgan;
sug‘oriladigan tuproqlarning butun xossa-xususiyatlarini aniqlash asosida tuproqlardan unumli foydalanish, sug‘orish, sho‘r yuvish me’yorlari belgilangan va tuproq unumdorligini saqlash, tiklash hamda oshirishni ifodalovchi kartogrammalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax cho‘li tuproqlarining sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi va uni yaxshilash bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
Jizzax cho‘li hududida tarqalgan sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarni agrofizikaviy xossalari hisobga olinib, maqbul sug‘orish va sho‘r yuvish me’yorlari ishlab chiqilgan va Arnasoy tumani M.Ulug‘bek SIUda 18 gektarga, Do‘stlik tumani Manas SIUda 23 gektarga, Zafarobod tumani Tinchlik SIUda 20 gektarga, Mirzacho‘l tumani O‘zbekiston SIUda 25 gektarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 02/022-241-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq qatlamlarida suvda oson eruvchi tuzlarning umumiy miqdori kamayib, tuproq xossalari yaxshilanishiga erishilgan;
Jizzax cho‘li tuproqlarining mexanik tarkibini ifodalovchi kartogramma va suv o‘tkazuvchanlik klassifikatsiyasi amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 02/022-241-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kartogramma tuproqlarni sug‘orish, sho‘r yuvish me’yorlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
Jizzax cho‘lidagi Mirzacho‘l, Arnasoy, Zafarobod, Do‘stlik va Paxtakor tumanlarining sho‘rlangan tuproqlarni sho‘rlanish kartogrammasi amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 apreldagi 02/022-241-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kartogramma tuproqlarni sug‘orish va sho‘r yuvish me’yorlari hamda kollektor-zovur tuzilishini belgilashda asos sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish