Xolyigitova Nasiba Xabibullaevnaning
fan doktori ( DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarida kasbiy karyerani rejalashtirishga shaxsiy qadriyatli yo‘nalganlikning ta’siri” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/P172.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanasirovna psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Bafaev Muhiddin Muxammadovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Xayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Profi universiteti
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarida shaxsiy qadriyatli yo‘nalganlikning kasbiy karerani rejalashtirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish hamda karerani rejalashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar kasbiy karerasini rejalashtirishda shaxsning qadriyatlari, turmush tarzi, kundalik odatlari, kasbiy tanlovi, kommunikativligi, vaqtini rejalashtirishi va hayotiy maqsadlarning diqqatlilik, kuzatuvchanlik, intellekt, irodalilik va hissiyot singari kasbiy ahamiyatga ega xususiyatlarga ta’siri tufayli “hayot uslubi” shaxsiy-kognitiv integratsiya orqali namoyon bo‘luvchi psixologik omil ekani dalillangan;
talabalarda hamkorlik, empatiya, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlik (ijtimoiy yo‘naltirilganlik) hamda faoliyatga, natijaga, yutuqqa bo‘lgan motivatsiyaning (faoliyatga yo‘nalganlik) ortishi ularning yosh va jins xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligi sababli, boshqaruv, barqarorlik, jamiyatga foyda keltirish, hayot uslubi, o‘zini anglash singari karerani rejalashtirish yo‘nalishlarida psixologik barqarorlikni ta’minlashi asoslangan;
pedagogika yo‘nalishi talabalari kasbiy karerasini rejalashtirishida ijtimoiy faollik, o‘z ustida ishlash, ma’naviy qadriyatlar, iqtisod yo‘nalishidagi talabalarda esa oliy nufuz, moddiy mustaqillik, yutuqqa intilish, ijodkorlik kabi qadriyatlar tizimining faol namoyon bo‘lishi tufayli talabalarda kasbiy salohiyat bilan bir qatorda shaxsiy qadriyatlar asosiy ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi aniqlandi;
talabalarning shaxsiy qadriyatli yo‘nalganligiga ko‘ra hushyorlik (intizomli va mas’uliyatli), qochishga moyillik (muammoli vaziyatlarni chetlab o‘tuvchi), kechiktirish (ikkilanuvchi, ortiqcha ehtiyotkor), juda hushyor (sezgir, mukammallikka intiluvchi) singari qaror qabul qilish xususiyatlarining yuqori darajada rivojlanishi sababli, kasbiy karerani professional kompetentlik orqali aniq, uzoq muddatli va strategik rejalashtirishga erishish mumkinligi isbotlangan;
talabalarda kasbiy karerani rejalashtirishning ijtimoiy-psixologik rivojlantirish modeli diagnostik va rivojlantiruvchi bosqichlarda kasbiy-psixologik xususiyatlar, shaxs yo‘nalganligi, qadriyat yo‘nalishlari, qaror qabul qilish darajasi hamda karera rejalashtirishni rivojlantiruvchi trening mashg‘ulotlarning uyg‘unlashtirilganligi tufayli karerani ongli rejalashtirish, barqaror motivatsiya, maqsad qo‘yish, shaxsiy resurslar asosida karera salohiyatini takomillashtirish orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari o‘z karerasini rejalashtirishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalar kasbiy karerasini rejalashtirishda shaxsning qadriyatlari, turmush tarzi, kundalik odatlari, kasbiy tanlovi, kommunikativligi, vaqtini rejalashtirishi va hayotiy maqsadlarning diqqatlilik, kuzatuvchanlik, intellekt, irodalilik va hissiyot singari kasbiy ahamiyatga ega xususiyatlarga ta’siri tufayli “hayot uslubi” shaxsiy-kognitiv integratsiya orqali namoyon bo‘luvchi psixologik omil ekanligiga oid ilmiy yangilik O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kelajak kasbiy yo‘lini tanlashga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish, shaxsiy imkoniyatlar va real ehtiyojlarni hisobga olgan holda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda hamkorlik, empatiya, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlik (ijtimoiy yo‘naltirilganlik) hamda faoliyatga, natijaga, yutuqqa bo‘lgan motivatsiyaning (faoliyatga yo‘nalganlik) ortishi ularning yosh va jins xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligi sababli, boshqaruv, barqarorlik, jamiyatga foyda keltirish, hayot uslubi, o‘zini anglash singari karerani rejalashtirish yo‘nalishlarida psixologik barqarorlikni ta’minlashi asoslanganligiga oid natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son buyrug‘i bilan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning shaxslararo muloqotda samarali ishtirok etishi, boshqalar bilan hamjihatlikda ishlash va ijtimoiy muhitga moslashish darajasini oshirish orqali kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga erishilgan;
pedagogika yo‘nalishi talabalari kasbiy karerasini rejalashtirishida ijtimoiy faollik, o‘z ustida ishlash, ma’naviy qadriyatlar, iqtisod yo‘nalishidagi talabalarda esa oliy nufuz, moddiy mustaqillik, yutuqqa intilish, ijodkorlik kabi qadriyatlar tizimining faol namoyon bo‘lishi tufayli talabalarda kasbiy salohiyat bilan bir qatorda shaxsiy qadriyatlar asosiy ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi aniqlanganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarda kasbiy faoliyatni shaxsiy qadriyatlar bilan uyg‘un holda tashkil etish, ichki motivlarga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirishga erishilgan;
talabalarning shaxsiy qadriyatli yo‘nalganligiga ko‘ra xushyorlik (intizomli va mas’uliyatli), qochishga moyillik (muammoli vaziyatlarni chetlab o‘tuvchi), kechiktirish (ikkilanuvchi, ortiqcha ehtiyotkor), juda xushyor (sezgir, mukammallikka intiluvchi) singari qaror qabul qilish xususiyatlarining yuqori darajada rivojlanishi sababli, kasbiy karerani professional kompetentlik orqali aniq, uzoq muddatli va strategik rejalashtirishga erishish mumkinligi isbotlanganligiga doir xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning muhim tanlovlar oldida vazminlik bilan harakat qilishi, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va uzoq istiqbolni ko‘zlab harakat qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda kasbiy karerani rejalashtirishning ijtimoiy-psixologik rivojlantirish modeli diagnostik va rivojlantiruvchi bosqichlarda kasbiy-psixologik xususiyatlar, shaxs yo‘nalganligi, qadriyat yo‘nalishlari, qaror qabul qilish darajasi hamda karera rejalashtirishni rivojlantiruvchi trening mashg‘ulotlarning uyg‘unlashtirilganligi tufayli karerani ongli rejalashtirish, barqaror motivatsiya, maqsad qo‘yish, shaxsiy resurslar asosida karera salohiyatini takomillashtirish orqali asoslanganligiga doir ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologik trening» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 2-dekabrdagi PM-174-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kelajak kasbiy rivojlanishini tizimli rejalashtirish, ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish va barqaror maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyatni yo‘lga qo‘yish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan.