Boboeva Nafisa Asatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlar va ular unumdorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.04–Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx89.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Farxod, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Jo‘raqul Sattorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik; Karimberdieva Amina Azimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli xil ishlab chiqarish chiqindilaridan kompostlarni tayyorlash va magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlarda kuzgi bug‘doyni etishtirishda uning oshirilgan me’yorlarini mineral o‘g‘itlar fonida qo‘llash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlarda ekilgan kuzgi bug‘doyni «Kroshka» navi uchun kompostlarning oshirilgan me’yorlarini (40 t/ga) mineral o‘g‘itlar fonida qo‘llash samarali ekanligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy etishtirishda kompostlarning oshirilgan me’yorlarini mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llashning magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlar agrokimyoviy va agrofizik xossalariga ta’siri ochib berilgan;
kompostlarning oshirilgan me’yorlarini mineral o‘g‘itlar fonida qo‘llashning mikroorganizmlar taksonomik va fiziologik guruhlarining miqdoriga ta’siri asoslangan;
kompostlarning oshirilgan me’yorlarini mineral o‘g‘itlar bilan birga qo‘llash samaradorligining kuzgi bug‘doy don hosili va sifat ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlar va ular unumdorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlar uchun mineral (N200P150K100) hamda organik (40 t/ga) o‘g‘itlarning maqbul qo‘llash me’yorlari Samarqand viloyati, Tayloq tumanining «Turob bobo», «Rafiq» hamda «Baxriddinov Shoxjaxon» nomli g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 50 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 02/025-2301-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doyning «Kroshka» navidan magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlardan qo‘shimcha 15-20 s/ga don hosili olishga erishilgan;
kuzgi bug‘doy don hosili va sifatini oshirishga qaratilgan maqbul o‘g‘it qo‘llash miqdorlari va muddatlari magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqli «Turob bobo» fermer xo‘jaligining 23 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 02/025-2301-son ma’lumotnomasi). Natijada magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlar gumus miqdori 0,16% ga, gumus zaxirasi 4,78 t/ga ga oshishiga, tuproq tarkibidagi kal`siy karbonatlar miqdori 2,7% ga, magniy karbonatlar miqdori esa 1,3% ga kamayishiga va tuproq zichligining 0,02 g/sm3 ga kamayishiga erishilgan;
magniy karbonatli sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlar unumdorligini oshirishga qaratilgan agrotexnologiyalarni takomillashtirish maqsadida turli xil ishlab chiqarish chiqindilaridan kompostlar tayyorlash va qo‘llash texnologiyasi Samarqand viloyati Tayloq tumani «Baxriddinov Shoxjaxon» fermer xo‘jaligining 9 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 02/025-2301-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlikning tuproqdan oziqa elementlarini o‘zlashtirish koeffisientini azot bo‘yicha 41,51%, fosfor bo‘yicha 21,91% hamda kaliy bo‘yicha 30,71% ga teng bo‘lishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish