Xolov Xamza Tojiddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.     Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish sanoati korxonalarining ekologik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6185.
Ilmiy rahbari: Ismailov Akmal Maxsudovich, iqtisodiyot fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor, Xomidov Qaxxorali Qurbonali, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
III. Tadqiqotning maqsadi: respublika iqtisodiyotidagi qurilish sanoati korxonalarining ekologik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish sanoati korxonalarining ekologik boshqaruvi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologik talablarga rioya etishga, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ekologik muammolarni hal qilishga tizimli yondashuv sifatida qarash orqali takomillashtirilgan hamda korxonalarning zamonaviy ekologik boshqaruvida (ZEB) monitoring va nazorat tizimi yaratilgan;
ekologik boshqaruvni takomillashtirishda qurilish sanoati korxonalarining iqtisodiy faolligi ko‘rsatkichlari bo‘lgan moliyaviy faollik, ishlab chiqarish faolligi, marketing faolligi, mehnat faolligi, boshqaruv faolligi va innovatsion faollik koeffisienti ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha «juda yuqori» (1,2≤IQf), «yuqori» (0,96≤IQf˂1,2), «o‘rtacha xavfli»(0,56≤IQf ˂0,96), «xavfli» (0,3≤IQf˂0,56) va «yuqori xavfli» (0≤IQf˂0,3) koeffisient chegaralari doirasida belgilash asoslangan;
qurilish sanoati korxonalarining faoliyati eksternaliyalari sifatida atrof muhitga chiqarilayotgan chiqindilar darajasi bo‘yicha gradatsiyalangan majburiy to‘lovlar va subsidiyalar ajratish tizimini joriy etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
iqtisodiyot tarmoqlaridagi qurilish sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning ekologik boshqaruvini oshirishning samarali vositalari asosida tuzilgan ko‘p omilli model asosida 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish sanoati korxonalarida ekologik boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyot tarmoqlaridagi qurilish sanoati korxonalarining ekologik boshqaruvi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologik talablarga rioya etishga, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ekologik muammolarni hal qilishga tizimli yondashuv sifatida qarash orqali takomillashtirishgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 19-maydagi  34-06/6685-son ma’lumotnomasi asosda amaliyotda qo‘llanilganligi keltirilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorlarini aniqlashni hisoblash uslublari ishlab chiqildi va korxonalarning zamonaviy ekologik boshqaruvida (ZEB) monitoring va nazorat tizimi yaratildi;
ekologik boshqaruvni takomillashtirishda qurilish sanoati korxonalarining  iqtisodiy faolligi ko‘rsatkichlari bo‘lgan moliyaviy faollik, ishlab chiqarish faolligi, marketing  faolligi, mehnat faolligi, boshqaruv faolligi va innovatsion faollik koeffisienti ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha «juda yuqori» (1,2≤IQf), «yuqori» (0,96≤IQf˂1,2), «o‘rtacha xavfli»(0,56≤IQf ˂0,96), «xavfli» (0,3≤IQf˂0,56) va «yuqori xavfli» (0≤IQf˂0,3) koeffisient chegaralari doirasida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 19-maydagi  34-06/6685-son ma’lumotnomasi asosda amaliyotda qo‘llanilganligi keltirilgan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalarida ekologik boshqaruvini pog‘onalashtirilgan soliq tizimini joriy etishga va ushbu chora-tadbirlar samaradorligini 12-16 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
qurilish sanoati  korxonalarining faoliyati eksternaliyalari sifatida atrof muhitga chiqarilayotgan chiqindilar darajasi bo‘yicha gradatsiyalangan majburiy to‘lovlar va subsidiyalar ajratish tizimini joriy etish orqali faoliyat samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 19-maydagi  34-06/6685-son ma’lumotnomasi asosda amaliyotda qo‘llanilganligi keltirilgan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalari ekologik boshqaruvini tashkil etishda iqtisodiy faollikni oshirish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning 10-15 foizga oshishiga erishilgan;
iqtisodiyot tarmoqlaridagi qurilish sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning ekologik boshqaruvini oshirishning samarali vositalari asosida tuzilgan ko‘p omilli model asosida 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 19-maydagi  34-06/6685-son ma’lumotnomasi asosda amaliyotda qo‘llanilganligi keltirilgan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalari ekologik boshqaruvini samarali tashkil etish ssenariylari ishlab chiqilgan va ular faoliyatini optimallashtirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish