Kazakova Saxiba Abdurayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Maktab maslahatchilarining tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12489.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarova Xilola Uktamovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim platformalari muhitida malaka oshirish sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab maslahatchilari faoliyati o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, kasbiy yo‘nalishi, ijtimoiy-emotsional farovonligi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi mustaqil tashkiliy-boshqaruv instituti sifatida hamda uning strategik, operativ va hisobdorlik darajalaridagi institutsional maqomi aniqlashtirilgan;
maktab maslahatchilari faoliyatidagi normativ-huquqiy, tashkiliy, metodik va raqamli faoliyati mazmuni mazkur jarayonga ta’sir etuvchi asosiy omillarni korrelyasion tahli qilish, o‘zaro bog‘liqlik mexanizmi va bartaraf etishga xizmat qiluvchi tashkiliy shart-sharoitlarni tizimlashtirish orqali takomilashtirilgan;
maktab maslahatchilari faoliyatining takomillashgan tashkiliy-boshqaruv modeli normativ-rolli, tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi, boshqaruv jarayonlari sikli, metodik-diagnostik ta’minot, raqamli infratuzilma va kadrlar rivoji komponentlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida hamda uni amaliyotga joriy etish mexanizmlarini asoslab berish orqali takomilashtirilgan;
maktab maslahatchilarining tashkiliy-boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish konsepsiyasi maqsadi, tamoyillari, tarkibiy komponentlari, amalga oshirish bosqichlari va baholash mezonlari uzviyligini teskari aloqa bilan samaradorligini asoslab berish hamda boshqaruv jarayonlarini muvofiqlashtirish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tartibini strukturlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab maslahatchilarining tashkiliy boshqaruv faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari ko‘ra:
maktab maslahatchilari faoliyati o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi, kasbiy yo‘nalishini, ijtimoiy-emotsional farovonligi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi mustaqil tashkiliy-boshqaruv instituti sifatida hamda uning strategik, operativ va hisobdorlik darajalaridagi institutsional maqomini aniqlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2022-yil 15-iyundagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi “Maktab maslahatchisi” lavozimining malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 68-AF-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 03-33-3596-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab maslahatchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktab maslahatchilari faoliyatidagi normativ-huquqiy, tashkiliy, metodik va raqamli faoliyati mazmunini mazkur jarayonga ta’sir etuvchi asosiy omillarni korrelyasion tahli qilish, o‘zaro bog‘liqlik mexanizmi va bartaraf etishga xizmat qiluvchi tashkiliy shart-sharoitlarni tizimlashtirish orqali takomilashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida” PF-86-sonli qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 03-33-3596-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab maslahatchilari faoliyatidagi normativ-huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktab maslahatchilari faoliyatining takomillashgan tashkiliy-boshqaruv modelini normativ-rolli, tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi, boshqaruv jarayonlari sikli, metodik-diagnostik ta’minot, raqamli infratuzilma va kadrlar rivoji komponentlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida hamda uni amaliyotga joriy etish mexanizmlari asoslab berish orqali takomilashtirishga doir amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining 2022-yil 15-iyundagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi “Maktab maslahatchisi” lavozimining malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 68-AF-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 03-33-3596-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab maslahatchilari faoliyatini modellashtirishga xizmat qilgan;
maktab maslahatchilarining tashkiliy-boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish konsepsiyasini maqsadi, tamoyillari, tarkibiy komponentlari, amalga oshirish bosqichlari va baholash mezonlari uzviyligini teskari aloqa bilan samaradorligini asoslab berish hamda boshqaruv jarayonlarini muvofiqlashtirish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tartibini strukturlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 11-avgustdagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur faoliyatini samarali tashkil etish to‘gʻrisida” 278-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-dekabrdagi 03-33-3596-son ma’lumotnomasi) Natijada Bosh maslahatchi va maktab maslahatchilari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.