Aminov Anvarxon Kazimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik faoliyatida boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish (bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarish korxonalari misolida)”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6162
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, PhD.03/2025.27.12.I.21.02
Rasmiy opponentlar: Isaev Ravshan Abduraxmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Sherzod Abduqodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyatida boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tadbirkorlik faoliyatida boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkorlik sub’ektida resurslarni samarali joylashtirish va qayta taqsimlashga, biznes-maqsadlarga erishish jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi tashkiliy tuzilmalar majmuidan tashkil topgan yaxlit tizim nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda IKTIS-boshqaruv paneli raqamli platformasini joriy etish asosida samaradorlikni real vaqt rejimida monitoring qilish, KPI va ROI ko‘rsatkichlarini avtomatik hisoblash, ijtimoiy muhit va foydalilik darajalarini baholash orqali tadbirkorlik faoliyatida boshqarish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mahsulot portfeli samaradorligini baholashda sotilmay qolgan yoki talabga mos kelmagan mahsulotlarning umumiy ulushini tavsiflovchi “Mahsulotning bozorga nomuvofiqlik koeffisienti” (Product Misalignment Ratio) orqali ishlab chiqarish samaradorligining yangi empirik indikatori taklif etilgan;
O‘zbekistondagi bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda parsimioniy regressiya modeli asosida tashkiliy-iqtisodiy samaradorlikni optimistik va inqiroz (texnologik inersiya) ssenariylari asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar o‘yinchoqlarini ishlab chiqarish korxonalari misolida tadbirkorlik faoliyatida boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tadbirkorlik faoliyatida boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tadbirkorlik sub’ektida resurslarni samarali joylashtirish va qayta taqsimlashga, biznes-maqsadlarga erishish jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi tashkiliy tuzilmalar majmuidan tashkil topgan yaxlit tizim nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tashkiliy hulq” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9 iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida № 960385 sonli Grif). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda resurslarni samarali joylashtirish va qayta taqsimlash, biznes sub’ektlar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi tashkiliy tuzilmalar majmuidan tashkil topgan yaxlit tizim nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “tadbirkorlik faoliyatida boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda IKTIS-boshqaruv paneli raqamli platformasini joriy etish asosida samaradorlikni real vaqt rejimida monitoring qilish, KPI va ROI ko‘rsatkichlarini avtomatik hisoblash, ijtimoiy muhit va foydalilik darajalarini baholash orqali tadbirkorlik faoliyatida boshqarish samaradorligini oshirish taklifi “Mr Toy Producs” MChJ, “Green line toys” MChJ, “Toys City” MChJ amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2026 yil 4 fevraldagi 05-33-967 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ma’lumotlar tahlili jarayonlari 26 foizga qisqartirib, qaror qabul qilish tezligini 1,3 barobarga oshirish imkoni yaratilgan;
bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mahsulot portfeli samaradorligini baholashda sotilmay qolgan yoki talabga mos kelmagan mahsulotlarning umumiy ulushini tavsiflovchi “Mahsulotning bozorga nomuvofiqlik koeffisienti” (Product Misalignment Ratio) orqali ishlab chiqarish samaradorligining yangi empirik indikatori bo‘yicha taklifi “Mr Toy Producs” MChJ, “Green line toys” MChJ, “Toys City” MChJ amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2026 yil 4 fevraldagi 05-33-967 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sotilmay qolgan yoki bozor talabiga mos kelmagan mahsulotlar ulushini 2023-2024 yillarda o‘rtacha 10,5 foizdan 8,9 foizgacha qisqartirish, ishlab chiqarish samaradorligini 9 foizga yaxshilab, mahsulot portfelini qayta optimallashtirish orqali zaxira mahsulotlar hajmi sezilarli darajada kamaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistondagi bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda parsimioniy regressiya modeli asosida tashkiliy-iqtisodiy samaradorlikni optimistik va inqiroz (texnologik inersiya) ssenariylari asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Mr Toy Producs” MChJ, “Green line toys” MChJ, “Toys City” MChJ amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2026 yil 4 fevraldagi 05-33-967 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida raqamli ma’lumotlar tahlili faoliyati 18 foizga tezlashtirish, boshqaruv xarajatlari esa 11 foizga qisqartirish imkoni yaratilgan.