Sanaev Ermat Shermatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Don xomashyosini maqsadli un mahsulotlariga qayta ishlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/T561.
Ilmiy maslahatchi: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya inctituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Sherzod Mashrabjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattorov Karim Karshievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Normaxmatov Ro‘ziboy Normaxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: donli o‘simlik xomashyosini maqsadli un mahsulotlariga qayta ishlashning ilmiy asoslagan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy arpa navlarining fizik-kimyoviy tarkibi, β-glyukan miqdori va un chiqishi orasidagi bog‘liqliklar aniqlanib, tanlangan maqbul navlardan ko‘p bosqichli fraksiyalash va qisqa ekstrudirlash texnologiyasi ilmiy asoslangan;
arpaning yuqori namlik va mikroorganizmlar bilan ifloslangan gul qobig‘i ulushini 24,5 dan 0,5% gacha kamaytirish bilan uch bosqichli fraksiyalash jarayonigacha maqbullashitirilgan;
uch bosqichli oqlash jarayonida qobiqlarning ulushi 24,5 dan 14,5% gacha, lignin miqdori 2,4 dan 0,1% gacha, umumiy mikrobli ifloslanish 8,2×106 dan 0,7×103 KOE/g gacha kamayishi isbotlangan;
birinchi marta arpa donini uch bosqichli fraksiyalashda β-glyukan konsentratsiyasini 4,5 dan 28,8% gacha oshishi asoslangan;
yuqori ishonchli regression modellar (R2 = 0,91-0,999) asosida arpa donini 160°S haroratda 6-10 s davomida ekstrudirlashning maqbul mayyorlari aniqlanib, olingan un tarkibidagi oqsil - 14 %, qand miqdori 9 % ga oshishi isbotlangan;
tezpishar makaronlar resepturasiga 10 % arpa unini (β-glyukan - 28,8 %) kiritish, glyuten miqdorini 10 % ga kamaytirishi isbotlanib, xamirning reologik ko‘rsatkichlari va pishirishdagi yo‘qotishlar o‘rtasidagi texnologik bog‘liqlik ilmiy asoslangan;
ekstrudirlangan arpa unini semizo‘t pektini bilan 2% gacha boyitish, milliy non mahsulotlarining an’anaviy sifat ko‘rsatkichlarini saqlashi isbotlangan;
arpa uni tarkibidagi β-glyukan konsentratsiyasini oshirish va glyuten miqdorini kamaytirish nonning fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi, milliy non mahsulotlarining saqlash muddati 1,1-1,3 barobar oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Donli o‘simlik xomashyosini maqsadli un mahsulotlariga qayta ishlashning ilmiy asoslagan texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arpa donidan oqsil va kraxmalga boy unli fraksiyalar olish texnologiyasi «O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yil 4 sentyabrdagi 04-91/09-25 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy arpa donini 10 mm tirqishli obraziv barabanda uch bosqichli oqlash, qobiq ulushini 24,5% dan 14,5% ga, lignin miqdorini 2,4% dan 0,1% ga, umumiy mikroblar sonini 8,2×10⁶ dan 0,7×103 KOE/g gacha kamaytirish imkonini bergan;
havoli fraksiyalash bilan arpa donidan keramik diskli tosh tegirmonda oqsil va kraxmalga boy unli fraksiyalar olish texnologiyasi «O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yil 4 sentyabrdagi 04-91/09-25 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida suvda oson eriydigan oziqaviy tolalar, mineral moddalar va biologik faol nutrientlar mavjud arpa unidan tezpishar makaron olish imkonini bergan;
gul va meva qobig‘i oqlangan mahalliy arpa donidan oqsil va kraxmalga boy unli fraksiyalar olish texnologiyasi «O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yil 4 sentyabrdagi 04-91/09-25 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqsillar 14%, qandlar 9% ga oshirilgan, ana’naviy sifat saqlangan un mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini bergan.