Mahsudov Shohruxmirzo Abdulhamid o‘g‘lining  
 texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kiyimlarni loyihalash jarayonlarining formallashtirilgan usullarini ishlab chiqish”, 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va  kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2026.2.DSc/T1057
Ilmiy maslahatchi: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Mansurova Munisa Anvarovna, texnika fanlari doktori, professor; Xurramov Shavkat Raxmatullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kiyim konstruksiyasini parametrik tavsiflash, konstruktiv elementlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni matematik modellashtirish hamda loyihalash qarorlarini intellektual qo‘llab-quvvatlash asosida kiyimlarni loyihalash jarayonlarining formallashtirilgan usullarini ishlab chiqish, shu orqali konstruktiv aniqlik, ergonomik moslik va loyihalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kiyim konstruksiyasini o‘zaro bog'langan parametrlar, zonalar va cheklovlar tizimi sifatida tavsiflovchi, antropometrik ma’lumotlardan konstruksiyani optimallashtirishgacha bo‘lgan bosqichlarni yagona axborot siklida birlashtiruvchi ko‘p qatlamli parametrik reprezentatsiya arxitekturasi ishlab chiqilgan;
konstruktiv zonalar va parametrlar o‘rtasidagi bog'liqliklarni ifodalovchi hamda bir zonadagi o‘zgarishni boshqa zonalarga avtomatik tarqatuvchi ko‘p qatlamli graf modeli va parametrik cheklovlar tizimi (constraint graph) ishlab chiqilgan;
uch o‘lchovli skanerlash ma’lumotlari asosida an'anaviy usullarda vizual baholanadigan morfologik xususiyatlarni (elka qiyaligi, kurak va ko‘krak qavariqligi) formal parametrlarga aylantiruvchi va konstruksiyani har bir qomatga moslab avtomatik shakllantiruvchi adaptiv transformatsiya mexanizmi ishlab chiqilgan;
material, konstruksiya va gavda parametrlarining o‘zaro ta’sirini yagona formal tizim sifatida tavsiflovchi hamda ularni cheklovlar asosida yagona konstruksion echimga birlashtiruvchi material-konstruksiya-gavda modeli ishlab chiqilgan;
uch o‘lchovli skanerlash orqali olingan real antropometrik ma’lumotlar asosida “o‘miz–eng” tugunini eng qiyama balandligi, kengligi va aylanish ko‘rsatkichlari orqali tavsiflovchi uch o‘lchovli parametrik model ishlab chiqilgan;
parametrik bilimlar bazasi asosida antropometrik o‘lchamlardan konstruktiv parametrlarni prognozlovchi neyron tarmoq modeli va pareto-optimal echimlardan eng maqbulini avtomatik tanlovchi optimallashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
kiyim konstruksiyasini parametrik tavsiflash metodologiyasi, parametrik ma’lumotlar bazasi va konstruktiv parametrlarni avtomatik shakllantirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
uch o‘lchovli skanerlash asosida 120 ta qomat modeli va 19 ta o‘lcham belgisini qamrab oluvchi raqamli antropometrik ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan;
“o‘miz–eng” tugunining uch o‘lchovli parametrik modeli qurilgan hamda uning aniqligi MAE = 0,05 sm va R² = 0,84 ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlangan;
kiyimlarni loyihalash jarayonlarini intellektual qo‘llab-quvvatlash texnologiyasi (konstruktiv parametrlarni prognozlash, optimallashtirish va avtomatik tanlash mexanizmlari) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kiyimlarni loyihalash jarayonlarining formallashtirilgan usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan parametrik model “NARIMTEKS” MChJ, “TEKSTIL LIBOS” MChJ hamda “BEKMEN DIZAYN SERVIS” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026 yil 20 - iyundagi 01/06-881-son maʼlumotnomasi). Natijasda loyiha-konstruktorlik hujjatlarini tayyorlashga sarflanadigan vaqt o‘rtacha 15,8 foizga qisqarishiga, konstruksion hisoblashlarni bajarish tezligi 22,4 foizga oshishiga hamda parametrlarni qayta kiritish va takroriy hisoblashlar bilan bog‘liq operatsiyalar hajmi 27,3 foizga kamayishiga erishilgan;
morfologik parametrlarni konstruksion parametrlarga transformatsiyalash algoritmlari “NARIMTEKS” MChJ, “TEKSTIL LIBOS” MChJ hamda “BEKMEN DIZAYN SERVIS” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026 yil 20 - iyundagi 01/06-881-son maʼlumotnomasi). Natijada qomat xususiyatlarini hisobga olish aniqligi 18,7 foizga oshishiga, konstruksion parametrlarni shakllantirishdagi tizimli xatoliklar 21,5 foizga kamayishiga va tayyorlangan konstruksiyalarning antropometrik moslik darajasi 92,4 foizdan 97,1 foizgacha oshirilishiga erishilgan;
materiallarning fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga oluvchi parametrik model “NARIMTEKS” MChJ, “TEKSTIL LIBOS” MChJ hamda “BEKMEN DIZAYN SERVIS” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026 yil 20 - iyundagi 01/06-881-son maʼlumotnomasi). Natijada konstruksion tuzatishlar soni o‘rtacha 24,8 foizga kamayishiga, eksperimental namunalarni qayta tayyorlash zarurati 19,6 foizga qisqarishiga erishilgan;
parametrik cheklovlar tizimi va graf modeli asosida ishlab chiqilgan algoritmlar “NARIMTEKS” MChJ, “TEKSTIL LIBOS” MChJ hamda “BEKMEN DIZAYN SERVIS” MChJ korxonalarida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2026 yil 20 - iyundagi 01/06-881-son maʼlumotnomasi).  Natijada konstruksion nomuvofiqliklarni aniqlash samaradorligi 26,9 foizga oshishiga, konstruktor tomonidan qo‘lda bajariladigan nazorat operatsiyalari hajmini 31,4 foizga kamayishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish