Sayt test rejimida ishlamoqda

Bugun mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida kechayotgan yangilanish va o‘zgarishlar ilm-fan, ta’lim sohasida ham yuqori darajalarda bo‘y ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”.
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar”  mavzusiga bag‘ishlandi.
Anjuman avvalida OAK faoliyatidagi tizimli ishlar, natijalar va ustuvor vazifalar xususida OAK raisi tomonidan ma’lumot  berildi. So‘ngra mas’ul mutaxassislar tomonidan faoliyatga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish,  hujjatlar ijrosi, murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlashga doir masalalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, anjuman qatnashchilariga matematika, kimyo-biologiya va geologiya kabi fanlar yo‘nalishida erishilgan asosiy natijalar va kelgusidagi muhim vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumani yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

OAK Axborot xizmati

Yangiliklarga obuna bo‘lish