Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdulladjanova Nodira Gulomjanovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

                                        

   I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:  «Euphorbiaseae oilasiga kiruvchi va tarkibida tannin saqlovchi boshqa istiqbolli o‘simliklar polifenollari hamda ular asosida dori vositalarini yaratish», 02.00.10–bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: kimyo fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.K114.

Ilmiy  maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mavlyanov Saidmuxtar Maksudovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.K/B/T.13.01.

Rasmiy opponentlar: Zaynutdinov Umarjon Nasrutdinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Aripova Tamara Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxodir Taxirovich, kimyo fanlari doktori.

Etakchi tashkilot nomi: A.S.Sultonov nomidagi O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

   II. Tadqiqotning maqsadi:  mahalliy o‘simliklar polifenollari asosida viruslarga qarshi samarali dori vositalari yaratishdan iborat.

   III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

ilk bor Euphorbia turkumi o‘simliklarining 29 ta turidan 70 dan ortiq, shu jumladan, 8 ta yangi modda – geksagidroksidifenoil-6-(O-β-D-glyukopiranozido)-2-(O-1-O-trigalloil-β-D-glyukopiranozid)- diefiri, 1-O-galloil-2,4-valoneil-3,6-geksagidroksidifenoil-β-D-glyukoza, 3-O-galloil-1,2-valoneil-β-D-glyukoza, 2-O-galloil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza,1,2-di-O-galloil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza,1,2-di-O-galloil-3,6-valoneil-β-D-glyukoza, 1-O-bisgalloil-2,4-valoneil-β-D-glyukoza,1,3-digidrodigalloil-4-valoneat-β-D-glyukoza ajratib olingan, moddalarning fizik-kimyoviy konstantalari hamda tuzilishlari kimyoviy va zamonaviy spektral usullar yordamida isbotlangan;

ajratib olingan moddalar antiradikal, antioksidant xossalarga hamda viruslarga qarshi faollikka egaligi topilgan;

moddalarning antioksidantlik faolliklari  V va S halqalardagi gidroksil guruhlar soniga, gidroksil guruhlarning bir-biriga nisbatan joylashish holatiga va S halqaning to‘yinganlik darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;

1-O-galloil-2,4-valoneil-3,6-geksagidroksidifenoil-β-D-glyukoza, 3-O-galloil-1,2-valoneil-β-D-glyukoza, 2-O-galloil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza va 1,2-di-O-galloil-4,6-valoneil-β-D-glyukoza OIVning samarali ingibitori ekani isbotlangan;

Rutan, Gossitan, Getasan, Punitan va Euforbin dori vositalari uchun barcha zarur me’yoriy-texnik hujjatlar tayyorlangan, dori shakllari yaratilgan.

   IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Grippga qarshi faollikka ega bo‘lgan Rutan va Gossitan, OIVga- qarshi faollikka ega bo‘lgan Getasan va Punitan dori vositalarini yaratish borasidagi olingan ilmiy natijalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 4 ta ixtiroga patenti olingan: «Grippga qarshi faollikka ega bo‘lgan vosita» (№ IAR 04524, 31.07. 2012), «Grippga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan vosita» (№ IAR 04521, 31.07. 2012), «OIVga qarshi  faollikka ega bo‘lgan vosita» (№ IAR 04523, 31.07. 2012), «OIVga qarshi  faollikka ega bo‘lgan vosita» (№ IAR 04522, 31.07. 2012).

Rutan standart namunasi, substansiyasi va tabletkalarini tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi uchun ruxsat berilgani to‘g‘risidagi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining Shahodatnomasi (01-14 - SON SHAHODATNOMA, 08 may, 2014 y.) va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi (DV/M 00339/09/15) olingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish