Muydinov Olim Bekmuratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv resurslaridan samarali foydalangan holda baliqchilikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish”, 08.00.04 - “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt2729.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, DSc.08/2025.27.12.I.07.02.
Rasmiy opponentlar: Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Qalandarov Ravshan Husanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv resurslaridan samarali foydalangan holda baliqchilikni rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi bir nechta ko‘rsatkichlar asosida iqtisodiy samaradorlik darajasi hisoblangan va uning quyi (00,332), o‘rta (0,3330,666) va yuqori (0,6671) darajalari ishlab chiqilgan;
baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarda hovuzni to‘g‘ri joyga qurishdan boshlab, omixta emlardan foydalanish, kislorod miqdorini oshirish, konsalting va malaka oshirish,  baliqlarni o‘sishini nazorat qilish, hamda baliqchilikda xom ashyoning tayyor mahsulotga aylanishi, sotish jarayoni va etkazib beruvchilar bilan iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm tavsiya etilgan;
suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida va baliq harakati tezligini hisobga olib intensiv usulda baliq etishtirishda 1 gektar an’anaviy usulga nisbatan 8 300 metr kub suv tejalishi hamda 17,1 barobar ko‘p baliq etishtirish imkoniyati mavjudligi asoslanib, baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun intensiv usulga o‘tish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatida barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati samaradorligini oshirish asosida jami ovlanadigan baliq hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan istiqbolli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya ishining ilmiy va amaliy natijalari asosida quyidagilar joriy etildi:
baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi bir nechta ko‘rsatkichlar asosida umumiy samaradorlik darajasi hisoblangan va uning quyi (00,332), o‘rta (0,3330,666) va yuqori (0,6671) mezonlari ishlab chiqilgan uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 06/26-2-10-05/20-son ma’lumotnomasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o‘quv-uslubiy Kegashining 2025-yil 29-yanvardagi 6-sonli bayonnomasi). Natijada ushbu metodologiya asosida so‘rovnomada ishtirok etgan 114 ta baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning resurslardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi bir nechta ko‘rsatkichlar asosida umumiy samaradorlik darajasi hisoblangan va 36 tasi yoki 32% “past” darajadagi, 32 tasi yoki 28% “o‘rta” darajadagi va 46 tasi yoki 40% “yuqori” samaradorlik darajasida faoliyat yuritayotganligi asoslangan. Mazkur yondashuv asosida baliq etishtiruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarda hovuzni to‘g‘ri joyga qurishdan boshlab, omixta emlardan foydalanish, kislorod miqdorini oshirish, konsalting va malaka oshirish, baliqlarni o‘sishini nazorat qilish, hamda baliqchilikda xom ashyoning tayyor mahsulotga aylanishi, sotish jarayoni va etkazib beruvchilar bilan iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 06/26-2-10-05/20-son ma’lumotnomasi). O‘zbekbaliqsanoat uyushmasi hududiy filiali “Samarqandbaliqsanoat” MChJ tomonidan Samarqand viloyati baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekbaliqsanoat uyushmasi hududiy filiali “Samarqandbaliqsanoat” MChJ tomonidan 2026-yil 05-yanvarda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi). Natijada baliq etishtiruvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarning ta’minotchilari bilan shartnomaviy munosabatlarini rivojlantirishi va bu esa ularlarning tavakkalchilik bilan bog‘liq xavf-xatarlarini kamaytirishi ilmiy asoslangan;
Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida va baliq harakati tezligini hisobga olib intensiv usulda baliq etishtirishda 1 gektar an’anaviy usulga nisbatan 8 300 metr kub suv tejalishi hamda 17,1 barobar ko‘p baliq etishtirish imkoniyati mavjudligi asoslanib, baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun intensiv usulga o‘tish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 06/26-2-10-05/20-son ma’lumotnomasi). O‘zbekbaliqsanoat uyushmasi hududiy filiali “Samarqandbaliqsanoat” MChJ tomonidan Samarqand viloyati baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekbaliqsanoat uyushmasi hududiy filiali “Samarqandbaliqsanoat” MChJ tomonidan 2026-yil 05-yanvarda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi). Natijada ushbu usulda baliq etishtirishda rentabellik darajasi 122,1 foiz ekanligi isbotlangan bu esa an’anaviy usulda baliq etishtirishga nisbatan 95,9 foiz ga ko‘p ekanligi ilmiy isbotlangan, shuningdek tuproqli havzaga nisbatan 17,1 marta ko‘p baliq etishtirilgan holda, 8 300 metr kub suvni tejash imkoniyati borligi ilmiy asoslangan;
Samarqand viloyatida barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati samaradorligini oshirish asosida jami ovlanadigan baliq hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan istiqbolli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik tarkibidagi Statistik tahlil va prognozlashtirish bo‘limi tomonidan Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 06/26-2-10-05/20-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyatida 2025-yilda baliq ovlash  prognoz ko‘rsatkichi 21677,2 tonnani tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 109,3 foizga oshishi, shuningdek 2030-yil prognoz ko‘rsatkichida viloyatda baliq ovlash 28875,9 tonnani tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 156,0 foizga yoki 2025-yilga nisbatan 142,7 foizga oshishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish