Abidov Mansur Ilxomjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish yo‘nalishlari”, 08.00.07–“Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1293.
Ilmiy rahbar: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori Jabborov Azamat Alijonovich.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
byudjet mablag‘larining qonuniy va maqsadli sarflanishini tekshirishda masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish obektlari va maqsadlarini aniqlash tartibini nazorat ishlarining yillik dasturlari tarkibiga kiritish asoslangan;
strategik rejalashtirishga mas’ul tuzilmalar faoliyati bilan bog‘liq moliyaviy, operatsion hamda ichki nazoratga oid aniqlangan xavflarning ro‘yxatini shakllantirish va yangilab borish amaliyotini joriy etish orqali mablag‘lardan foydalanish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi tizimli xarakterga ega bo‘lgan xatoliklarni
10 % ga kamaytirish asoslangan;
byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalariga o‘tkazish uchun to‘lov qaydnomalarini tijorat banklariga avtomatlashtirilgan elektron tarzda yuborish amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali byudjet intizomini buzish, asossiz to‘lovlar amalga oshirilishi hamda inson omili bilan bog‘liq xatolarni 20 % ga kamayishiga erishilishi asoslangan;
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan byudjet tizimi byudjetlaridan to‘lanayotgan subsidiyalarning manzilliligi va samaradorligini baholash amaliyotini joriy etish orqali subsidiya mablag‘larining ajratilishi bilan bog‘liq qonunbuzilishi holatlarini 10 % ga kamaytirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet mablag‘larining qonuniy va maqsadli sarflanishini tekshirishda masofaviy nazoratni keng ko‘lamda qo‘llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish obektlari va maqsadlarini aniqlash tartibini nazorat ishlarining yillik dasturlari tarkibiga kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining 2025-yil
22-sentyabrdagi 7/1343-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar nazorat ishlarining yillik dasturlari tarkibi takomillashuviga va masofaviy nazoratning kengayishiga erishilgan;
strategik rejalashtirishga mas’ul tuzilmalar faoliyati bilan bog‘liq moliyaviy, operatsion hamda ichki nazoratga oid aniqlangan xavflarning ro‘yxatini shakllantirish va yangilab borish amaliyotini joriy etish orqali mablag‘lardan foydalanish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi tizimli xarakterga ega bo‘lgan xatoliklarni
10 % ga kamaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024-yil 10-iyuldagi “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-100-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 7/1343-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda tuzilgan “Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tomonidan ichki nazorat tizimlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning samaradorligini yanada oshirishga erishilgan;
byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalariga o‘tkazish uchun to‘lov qaydnomalarini tijorat banklariga avtomatlashtirilgan elektron tarzda yuborish amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali byudjet intizomini buzish, asossiz to‘lovlar amalga oshirilishi hamda inson omili bilan bog‘liq xatolarni 20 % ga kamaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining 2025-yil
22-sentyabrdagi 7/1343-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasiga alohida e’tibor qaratilishiga erishilgan;
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan byudjet tizimi byudjetlaridan to‘lanayotgan subsidiyalarning manzilliligini va samaradorligini baholash amaliyotini joriy etish orqali subsidiya mablag‘larini ajratilishi bilan bog‘liq qonunbuzilishi holatlarini 10 % ga kamaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining 2025-yil 22-sentyabrdagi 7/1343-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, byudjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishni avtomatlashtirishga va mablag‘lardan maqsadsiz sarflanishini oldini olishga erishilgan.