Abdusaidov Akmal Abduvalievich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish asosida aholi ish bilan bandligi darajasini oshirish” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt790
Ilmiy maslahatchi: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish asosida aholi ish bilan bandligi darajasini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kelajak avlodlar ehtiyojlarini qondirish qobiliyatiga putur etkazmasdan hozirgi kun ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy barqarorlikka asoslangan tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni muvofiqlikda amalga oshirishning taraqqiyot modeli nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida hududlarda ish bilan bandlik moslashuvchanlik darajasini integral baholash usuli ish bilan bandlik egiluvchanligi, ish bilan bandlikning postindustrial tarkibi, progressivlik hamda ish bilan bandlik tarkibining muvofiqligi indekslari orqali moslashuvchanlik darajasi past (0 ≤ IMI < 4), o‘rta (5 ≤ IMI < 8) va yuqori (9 ≤ IMI < 12) shkala bo‘yicha guruhlarga tabaqalashtirish asosida takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ish bilan bandlikni muvofiqlashtirish mexanizmi o‘quv dasturi yakunlanganidan so‘ng bitiruvchilarning kamida 70 foizini 3 oy ichida xizmat ko‘rsatish sohasiga ishga joylashtirish maqsadli natija sifatida asoslangan mehnat bozori ehtiyojlariga mos qisqa muddatli kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va ish beruvchilar ishtirokida amaliy o‘qitishni tashkil etish tartibini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida aholi bandligini barqaror oshirish mexanizmi ko‘nikmaga asoslangan kadrlar tayyorlash (KA = 0,35), dual ta’lim (DT = 0,25), faol bandlik siyosati (FBS = 0,20) va raqamli transformatsiya (RT = 0,20) ustuvor yo‘nalishlarining o‘zaro maqbul nisbatini ta’minlash orqali sohada bandlikning sifati, barqarorligi va mehnat unumdorligini oshirish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyati xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida viloyatda xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar soni dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish asosida aholi ish bilan bandligi darajasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini kelajak avlodlar ehtiyojlarini qondirish qobiliyatiga putur etkazmasdan hozirgi kun ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy barqarorlikka asoslangan tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni muvofiqlikda amalga oshirishning taraqqiyot modeli nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kengashining 2025-yil 23-aprelda o‘tkazilgan yig‘ilishi 11-son bayonnomasi, ro‘yxatga olish raqami №504). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy barqarorlikka asoslangan tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni muvofiqlikda amalga oshirishning taraqqiyot modeli nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanishi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida hududlarda ish bilan bandlik moslashuvchanlik darajasini integral baholash usuli ish bilan bandlik egiluvchanligi, ish bilan bandlikning postindustrial tarkibi, progressivlik hamda ish bilan bandlik tarkibining muvofiqligi indekslari orqali moslashuvchanlik darajasi past (0 ≤ IMI < 4), o‘rta (5 ≤ IMI < 8) va yuqori (9 ≤ IMI < 12) shkala bo‘yicha guruhlarga tabaqalashtirish asosida takomillashtirish taklifi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 14-maydagi 01/00-05/10-4880-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida postindustrial iqtisodiyot sharoitida hududlardagi mavjud ish bilan bandlik tarkibini ijtimoiy-iqtisodiy muhitdagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlik darajasining indeks qiymatini 0 dan 12 gacha bo‘lgan shkalada aniqlash imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ish bilan bandlikni muvofiqlashtirish mexanizmi o‘quv dasturi yakunlanganidan so‘ng bitiruvchilarning kamida 70 foizini 3 oy ichida xizmat ko‘rsatish sohasiga ishga joylashtirish maqsadli natija sifatida asoslangan mehnat bozori ehtiyojlariga mos qisqa muddatli kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va ish beruvchilar ishtirokida amaliy o‘qitishni tashkil etish tartibini qo‘llash orqali takomillashtirish taklifi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish” Dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 14-maydagi 01/00-05/10-4880-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ish bilan bandlikni muvofiqlashtirish mexanizmini takomillashtirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasida aholi bandligini barqaror oshirish mexanizmi ko‘nikmaga asoslangan kadrlar tayyorlash (KA = 0,35), dual ta’lim (DT = 0,25), faol bandlik siyosati (FBS = 0,20) va raqamli transformatsiya (RT = 0,20) ustuvor yo‘nalishlarining o‘zaro maqbul nisbatini ta’minlash orqali sohada bandlikning sifati, barqarorligi va mehnat unumdorligini oshirish taklifi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish” Dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 14-maydagi 01/00-05/10-4880-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish sohasiga innovatsion-investisiyalarni joriy qilish, raqamli xizmatlar ko‘rsatish hamda inson kapitalini rivojlantirishni hisobga olgan holda, soha rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarini o‘zaro bog‘liqligi va uzviyligi asosida barqarorlikni ta’minlash imkonini bergan;
Samarqand viloyati xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida viloyatda xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar soni dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan bandlik dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 14-maydagi 01/00-05/10-4880-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030-yilga kelib Samarqand viloyati xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar sonini 13,4 %ga, jami xizmatlar hajmini 3,4 martaga oshirish imkoni aniqlangan.