Davronov Oybek Otabek ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak tosh kasalligida fornikal apparat va yondosh tuzilmalardagi o‘zgarishlarning patomorfologik jihatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5167.
Ilmiy rahbar: Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Musaeva Yulduz Alpisovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sanoev Baxtiyor Abdurasulovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston tibbiyot o‘niversteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: buyrak tosh kasalligida toshlarning hajmi va joylashuvi bo‘yicha fornikal apparat va unga yondosh tuzilmalaridagi o‘zgarishlarining morfologik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak tosh kasalligida fornikal apparat mushak to‘qimasida rivojlanadigan distrofik, nekrobiotik va nekrotik o‘zgarishlar kosachalar fornikal apparati faoliyatining izdan chiqarishi natijasida buyrakning yig‘uvchi naychalarida sklerotik jarayonlar faollashishi isbotlangan; 
buyrak tosh kasalligida fornikal apparatda kuzatiladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning toshlar hajmi bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda fornikal apparatda rivojlangan nekrotik va sklerotik jarayonlarning yig‘uvchi naychalarga tarqalishi asoslangan; 
buyrak jomida toshlar shakllanishi sharoitida barcha kosachalar tuzilmalarida nekrobiotik va nekrotik o‘zgarishlar kuchayishi fornikal apparat tuzilmalarida ham patomorfologik o‘zgarishlarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
buyrak tosh kasalligida toshlar hajmi ortib borishi bilan jom, kosachalar va fornikal apparat qon tomirlari devorlarida sklerotik o‘zgarishlarning progressiv kuchayishi, buning oqibatida mikrotsirkulyasiya buzilishi va jom-kosacha tizimi hamda fornikal apparat tuzilmalarida destruktiv o‘zgarishlar rivojlanishi morfologik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buyrak tosh kasalligida fornikal apparat va unga yondosh tuzilmalaridagi o‘zgarishlarning morfologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: buyrak tosh kasalligida fornikal apparat mushak to‘qimasida rivojlanadigan distrofik, nekrobiotik va nekrotik o‘zgarishlar kosachalar fornikal apparati faoliyatining izdan chiqarishi natijasida buyrakning yig‘uvchi naychalarida sklerotik jarayonlar faollashishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 28.05.2025 yildagi 10- son bilan tasdiqlangan “Buyrak tosh kasalligida fornikal apparat va unga yondosh tuzilmalardagi morfologik o‘zsharishlarni aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 27Sh-son va Navoiy viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.09.2025 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 24.06.2025 yildagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, buyrak tosh kasalligida fornikal apparat va yondosh tuzilmalari morfologik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: buyrak tosh kasalligida fornikal apparatda kuzatiladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning toshlar hajmi bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda fornikal apparatda rivojlangan nekrotik va sklerotik jarayonlarning yig‘uvchi naychalarga tarqalishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 28.05.2025 yildagi 10- son bilan tasdiqlangan “Buyrak tosh kasalligida fornikal apparat va unga yondosh tuzilmalardagi morfologik o‘zsharishlarni aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 27Sh-son va Navoiy viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.09.2025 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 24.06.2025 yildagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga  joriy etilishi natijasida, buyrak tosh kasalligida fornikal apparatga yondosh bo‘lgan kanalchalarning morfologik o‘zgarishlarini patologoanatomik tekshiruvlariga doir xulosalarining sifati oshirilgan va ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: buyrak jomida toshlar shakllanishi sharoitida barcha kosachalar tuzilmalarida nekrobiotik va nekrotik o‘zgarishlar kuchayishi fornikal apparat tuzilmalarida ham patomorfologik o‘zgarishlarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 28.05.2025 yildagi 10- son bilan tasdiqlangan “Buyrak tosh kasalligida fornikal apparat va unga yondosh tuzilmalardagi morfologik o‘zsharishlarni aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 27Sh-son va Navoiy viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.09.2025 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 24.06.2025 yildagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, fornikal apparatga yondosh bo‘lgan kosachalar va jom tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: buyrak tosh kasalligida toshlar hajmi ortib borishi bilan jom, kosachalar va fornikal apparat qon tomirlari devorlarida sklerotik o‘zgarishlarning progressiv kuchayishi, buning oqibatida mikrotsirkulyasiya buzilishi va jom-kosacha tizimi hamda fornikal apparat tuzilmalarida destruktiv o‘zgarishlar rivojlanishi morfologik jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 28.05.2025 yildagi 10- son bilan tasdiqlangan “Buyrak tosh kasalligida fornikal apparat va unga yondosh tuzilmalardagi morfologik o‘zsharishlarni aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 10.06.2025 yildagi 27Sh-son va Navoiy viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.09.2025 yildagi 41-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 24.06.2025 yildagi 08/23-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan uslublarning patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, buyrak tosh kasaligida fornikal apparat va yondosh tuzilmalarining morfologik o‘zgarishlarning patologoanatomik tekshiruvlarga doir xulosalarining sifati oshirilgan, ularning ishonchliligi va asoslanganligi ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyani tekshirish uchun sarflanadigan 45000 so‘m byudjet mablag‘lari (an’anaviy usulning o‘rtacha narxi 120000 so‘m, tavsiya etlgan usulning narxi 75000 so‘mni tashkil qiladi) tavsiya etilgan usuldan foydalanish orqali patologoanatomik tekshiruv vaqtini 7-8 kundan 3-4 kungacha qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish