Mirsadullaev Miravaz Mirmuslim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga ingliz adabiyotini axloqiy-falsafiy yondashuv asosida o‘qitish texnologiyasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5067
Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Yakubbaev Murodilla Marufovcih 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.35.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yaxshiboeva Gulbahor Oybek qizi, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Botirova Sevara Mamurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga ingliz adabiyotini axloqiy-falsafiy yondashuv asosida o‘qitishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda samarali pedagogik texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ingliz adabiyotini axloqiy-falsafiy yondashuv asosida talabalarga o‘qitish jarayonida ilmiy-metodik manbalar tahliliga tayangan holda ingliz adabiyoti asarlarini o‘rganishga ta’sir etuvchi obektiv (ta’lim mazmuni, metodlar, didaktik sharoitlar) hamda subektiv (talabalarning motivatsiyasi, individual xususiyatlari va vaqt omili) omillarlar aniqlashtirildi;
epik, lirik va dramatik janrlar doirasida badiiy matnni bosqichli tahlil qilish (idrok–tahlil–talqin–munosabat) hamda interfaol metodlar integratsiyasi asosida talabalarning axloqiy-falsafiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik mexanizm U.Shekspirning “Makbet” tragediyasi va M.Tvenning “Tom Soerning sarguzashtlari” asarlari misolida takomillashtirildi;
lingvistik va lingvodidaktik yondashuvlar integratsiyasi asosida talabalarga ingliz adabiyotini axloqiy-falsafiy yondashuvda o‘qitishning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqildi va ilmiy jihatdan asoslandi;
    ishlab chiqilgan metodikaning talabalarga ingliz adabiyotini o‘qitish jarayonidagi samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali mezonlar, indikatorlar va deskriptorlar tizimi asosida aniqlanib, natijalar qiyosiy-statistik tahlil asosida ishonchliligi bilan asoslandi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
axloqiy-falsafiy yondashuv nuqtayi nazaridan tahlil qilingan filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalish talabalariga ingliz adabiyotini o‘qitishdagi mavjud obektiv va subektiv muammolar, ularni hal etishda aniqlashtirilgan lingvodidaktik usullari “An outline of British-American literature” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan va taqdim etilgan o‘quv-didaktik materiallar bilan ingliz adabiyoti darslarida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda ingliz adabiyoti bo‘yicha chuqurroq bilimga ega bo‘lish, o‘quv jarayonida adabiy-badiiy matnlarni tahlil qilish, muallif pozisiyasini anglash, axloqiy-falsafiy g‘oyalarni tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni takomillashtrish imkoniyati kengaygan;
ingliz adabiyoti o‘qitishda axloqiy-falsafiy tushunchalar orqali talabalarning tanqidiy tafakkurini, ma’naviy-axloqiy ongini rivojlantirishga xizmat qiluvchi uslubiy ta’minotdan filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) bakalavriat yo‘nalish talabalari uchun “Ingliz adabiyoti darslarida axloqiy va falsafiy mavzular taxlili” nomli elektron dasturning yaratilishida foydalanilgan, 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishining malaka talabinng mazmuni boyitilgan, “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlariga joriy qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-iyundagi 01-01-231-sonli ma’lumotnomasi). Shu bilan birga, mazkur jarayonda ingliz adabiyoti asarlarini o‘qitishda badiiy matn tahlilining bosqichli texnologiyasi (idrok–tahlil–talqin–munosabat bildirish) hamda interfaol pedagogik metodlar (rolli o‘yinlar, SWOT-tahlil, fikr xaritalari, muammoli savollar) integratsiyasiga asoslangan didaktik mexanizm amaliyotga joriy etilgan. Natijada, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualar takomillashtirilib, talabalarning nafaqat bilim darajasi, balki ularning aksiologik tafakkuri, mustaqil tahlil qilish va munosabat bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan; 
    ingliz adabiyoti asarlarini axloqiy-falsafiy tomondan tadqiq qilish orqali olingan xulosalar va ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” ko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2025-yil 10-apreldagi 02-06-705-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga ingliz adabiyotini axloqiy-falsafiy yondashuv asosida o‘qitish texnologiyasi ommalashtirilgan. 
       

Yangiliklarga obuna bo‘lish