Boltaev Jasurbek G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyati iqtisodiy rivojlanishining hududiy marketing mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing.(iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5818.
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.08.03.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muxsinov Bekzod Toxirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati iqtisodiy rivojlanishining hududiy marketing mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“hududiy marketing” atamasining iqtisodiy mazmuni tabiiy-hududiy tuzilma, iqtisodiy ixtisoslashuv, madaniy meros, fuqarolik ishtiroki omillari ta’siriga asoslangan holda, hududiy salohiyatni maqsadli auditoriyalar uchun qiymat taklifiga aylantirish va brendlashtirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
hududiy marketing samaradorligini baholash uslubiyoti tarkibiy iqtisodiy subindeks (ECON_norm) va kommunikatsion subindeks (COMM_norm) hamda raqamli marketing va hududiy brending ko‘rsatkichlarini Min-Max muvofiqlashtiruvchisi asosida yagona kompozit ko‘rsatkichga integratsiyalovchi, hududlar holatini vaqt (dinamik) va hududlararo (fazoviy) kesimlarda qiyosiy baholash imkonini beruvchi universal analitik qiymat sifatida Hududiy marketing samaradorligi indeksi (HUDMI) asosida takomillashtirilgan;
hududlarning marketing salohiyati, iqtisodiy ixtisoslashuvi va tarmoqlar rivojlanish dinamikasini kompleks hisobga oluvchi, hududlarni strategik kvadrantlar bo‘yicha tipologiyalash hamda ular uchun differensial hududiy marketing strategiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi HUDMI va LQ ko‘rsatkichlari integratsiyalashuviga asoslanuvchi boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilgan;
Buxoro viloyati hududlarida iqtisodiy ixtisoslashuv va hududiy marketing rivojlanish dinamikasi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida hududlar va tarmoqlar kesimida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati iqtisodiy rivojlanishining hududiy marketing mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
“hududiy marketing” tushunchasining metodologik chegaralari hududiy siyosat, regional iqtisodiyot, strategik boshqaruv va hududiy rivojlanish boshqaruvi kabi yaqin kategoriyalar bilan funksional jihatdan delimitatsiya qilinib, uning hududiy rivojlanishning iqtisodiy, institutsional va kommunikatsion komponentlarini bog‘lovchi maxsus boshqaruv mexanizmi sifatidagi ilmiy maqomi sifatida aniqlashtirishga oid takliflardan “Marketing va bozor tahlili” o‘quv qo‘llanmasi matnini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 4-noyabrdagi 653-U-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 653-41 sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda hududiy marketing konsepsiyasi, hududlar raqobatbardoshligini baholash hamda mintaqaviy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga erishish imkoni yaratilgan. Tadqiqot ishi natijalari “Marketing va bozor tahlili” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
hududiy marketing samaradorligini baholashning nazariy-metodik yondashuvi takomillashtirilib, tarkibiy iqtisodiy subindekslar (ECON_norm) va kommunikatsion subindekslar (COMM_norm), shu jumladan raqamli marketing hamda hududiy brending ko‘rsatkichlarini Min–Max normallashtirish asosida yagona kompozit ko‘rsatkichga integratsiyalovchi Hududiy Marketing Samaradorligi Indeksi (HUDMI) ishlab chiqilgan hamda uning hududlar holatini vaqt (dinamik) va hududlararo (fazoviy) kesimlarda qiyosiy baholash imkonini beruvchi universal analitik vosita sifatidagi qo‘llanishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 12-avgustdagi 287-son qarorining 2- va 3-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 13-apreldagi 01-04-22-3496-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar kesimida loyihalarni ustuvorlashtirish hamda marketing samaradorligini baholashning yagona analitik asosi shakllantirilgan;
HUDMI va LQ ko‘rsatkichlarini integratsiyalash asosida hududlarning marketing salohiyati, iqtisodiy ixtisoslashuvi va tarmoqlar rivojlanish dinamikasini kompleks hisobga oluvchi, hududlarni strategik kvadrantlar bo‘yicha tipologiyalash hamda ular uchun differensial hududiy marketing strategiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi boshqaruv mexanizmidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 12-avgustdagi 287-son qarorining 3-, 4- va 8-bandlarida ijro mexanizmlarini shakllantirishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 13-apreldagi 01-04-22-3496-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar kesimida loyihalarni ustuvorlashtirishda marketing samaradorligini baholashga xizmat qiluvchi yagona analitik-boshqaruv mexanizmi shakllantirilgan.
Buxoro viloyati hududlarida iqtisodiy ixtisoslashuv va hududiy marketing rivojlanish dinamikasi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida hududlar va tarmoqlar kesimida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 12-avgustdagi 287-son qarorining 5-ilovasini shakllantirishda foydalanildi.(O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 13-apreldagi 01-04-22-3496-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib viloyat hududlarida hududiy marketing va klaster siyosatini kuchaytirish asosida ustuvor tarmoqlar bo‘yicha iqtisodiy ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi Location Quotient (LQ) ko‘rsatkichlarining o‘rtacha 0,07–0,10 punktga oshishiga imkon yaratadi.