Ochilova Xilola Sheralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha kata yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi”: 13.00.08-Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD-Ped9757
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Babaeva Dono Razzakovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti PhD.01/2025.27.12.Ped.03.05.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Toxir Abdurashidovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Jumasheva Gulnara Xamidullaevna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari yosh xususiyatlarini bola shaxsi, intilishi va individualligiga obrazli adaptasiyalash, anglab gapirish ko‘nikmalarini variativ va guruhiy ishlash darajasining intensivligiga muvofiqlashtirish, badiiy nutqni motivatsion, kognitiv, faoliyatli bosqichlariga uyg‘unlashtirishni pedagogik kuzatishlar tahlili asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik tizimni qiziqtirish, tanish va taxlil qilish, vaziyat bilan bog‘lash va faoliyatli-refliksiv sifatlarga uyg‘unligini ta’minlash, metakognitiv qobiliyatlarini mazmundagi voqealarning obrazli fikrlashiga refleksiyalash, nutq konstruksiyalarini mantiqiy to‘g‘ri tuza olish xususiyatlarini mazmuniy-tarkibiy komponentlarga ierarxik bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish metodikasi, kitobga qiziqish va nutqni rivojlantiruvchi muxitni dialektik aqliy harakatlar, situativlik, interfaol o‘yin texnologiyalari bilan boyitish, mustaqil ishlashini badiiy nutqni sahnalashtirish va pedagogik monitoring asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish samaradorligi, ta’lim va nutqiy muloqat jarayonini rivojlantiruvchi idrok va xotirani shakllantirishga doir adaptiv keyslarini kiritish, “Kitob nomini top” va “Jajji kitobsevar” texnologiyalarni qo‘llash asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari yosh xususiyatlarini bola shaxsi, intilishi va individualligiga obrazli adaptasiyalash, anglab gapirish ko‘nikmalarini variativ va guruhiy ishlash darajasining intensivligiga muvofiqlashtirish, badiiy nutqni motivatsion, kognitiv, faoliyatli bosqichlariga uyg‘unlashtirishni pedagogik kuzatishlar tahlili asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Nutq o‘stirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025 – yil 22-may 11-05-3303/04 sonli ma’lumotnomasi) natijada, Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish tasniflangan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik tizimni qiziqtirish, tanish va taxlil qilish, vaziyat bilan bog‘lash va faoliyatli-refliksiv sifatlarga uyg‘unligini ta’minlash, metakognitiv qobiliyatlarini mazmundagi voqealarning obrazli fikrlashiga refleksiyalash, nutq konstruksiyalarini mantiqiy to‘g‘ri tuza olish xususiyatlarini mazmuniy-tarkibiy komponentlarga ierarxik bog‘lash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” nomli darsliklari mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-may 11-05-3303/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish modeli takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish metodikasi, kitobga qiziqish va nutqni rivojlantiruvchi muxitni dialektik aqliy harakatlar, situativlik, interfaol o‘yin texnologiyalari bilan boyitish, mustaqil ishlashini badiiy nutqni sahnalashtirish va pedagogik monitoring asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Nutq o‘stirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-may 11-05-3303/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish samaradorligi, ta’lim va nutqiy muloqat jarayonini rivojlantiruvchi idrok va xotirani shakllantirishga doir adaptiv keyslarini kiritish, “Kitob nomini top” va “Jajji kitobsevar” texnologiyalarni qo‘llash asosida asosida takomillashtirilgan hamda metodik tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 22-may 11-05-3303/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi takomillashtirilgan.