Kubaeva Mavluda Baxtiyor qizining
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Kasbiy ta’lim tashkiloti o‘quvchilarida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy-didaktik asoslari” (13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped1226
Ilmiy maslahatchi: Karimova Nozima Nurmuhamadova - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Risqulova Kamola Djummaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Musaev Jahongir Payozovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-didaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijodiy kompetensiya mazmuni mavjud falsafiy, tarixiy, psixologik, pedagogik-didaktik hamda ijtimoiy yondashuvlarni umumpedagogik nuqtayi nazardan emperik tahlil qilish asosida ijodiy kompetensiyaning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli, refleksiv-baholovchi komponentlardan iborat integrativ tuzilmasi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
ilmiylik, tizimlilik, ko‘rgazmalilik, onglilik va faollik, individuallik kabi umumdidaktik tamoyillarni hamda ijodiy ta’lim muhiti, innovatsion texnologiyalar, mustaqil ijodiy faoliyat, o‘qituvchilar kompetensiyasi, monitoringdan iborat pedagogik shart-sharoitlar tizimini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishning texnologik xaritasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishning olti blokli (maqsadli, nazariy-metodologik, mazmuniy, texnologik, diagnostik, natijaviy) didaktik modeli kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli, shaxsga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlar sintezi asosida takomillashtirilgan;
“ijodiy faoliyat” hamda “inklyuziv ta’lim” o‘quv modullari mazmuniga ijodiy kompetensiyaning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli, refleksiv-baholovchi komponentlarini o‘zaro integratsiyalash orqali loyihaga asoslangan, ijodiy fikrlash, hamkorlikka asoslangan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning besh bosqichli didaktik algoritmi (motivatsion-tayyorlov, axborot-kognitiv, ijodiy-izlanish, amaliy-tatbiq, refleksiv-baholash) ishlab chiqilgan;
ijodiy kompetensiyalar shakllanganligini kompleks baholashning uch mezonli (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-kreativ, faoliyatli-amaliy) hamda uch darajali (past, o‘rta, yuqori) tizimi va tegishli diagnostik vositalarning (E.P.Torrens ijodiy fikrlash testi, J.Gilford divergent fikrlash testi, ekspert baholash, motivatsion anketa) validligi nazariy jihatdan asoslangan va empirik jihatdan tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalar, metodik ko‘rsatmalar va o‘quvchilarning ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-didaktik asoslari bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlari misolida ishlab chiqilgan ilmiy-pedagogik natijalar bo‘yicha quyidagi shakllarda amaliyotga joriy etildi:
ilmiylik, tizimlilik, ko‘rgazmalilik, onglilik va faollik, individuallik kabi umumdidaktik tamoyillarni hamda ijodiy ta’lim muhiti, innovatsion texnologiyalar, mustaqil ijodiy faoliyat, o‘qituvchilar kompetensiyasi, monitoringdan iborat pedagogik shart-sharoitlar tizimini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishning texnologik xaritasi qo‘llashga oid taklif va tavsiyalaridan Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutining IL–5821081323-raqamli “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.) mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 28-apreldagi 02/01-01-327-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim o‘quv dasturlarining ijodiy kompetensiya komponentini boyitish va o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini maqsadli rivojlantirishga xizmat qilgan;
ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishda o‘quvchilarda divergent fikrlash, ijodiylikka qadriyat sifatida qarash, oreginal g‘oyalar yaratish, tabiatni sevish va asrash ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ishlanmalar asosida “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” dasligi tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 28-apreldagi 02/01-01-327-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarida ijodiy muhitni shakllantirish va pedagogik jarayonni samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
innovatsion pedagogik texnologiyalar klassifikatsiyasi, besh bosqichli didaktik algoritm va olti blokdan iborat metodik tizimga oid taklif va tavsiyalaridan kasbiy taʻlim tashkilotlarida o‘quv jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar va mashg‘ulot ishlanmalari “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 28-apreldagi 02/01-01-327-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion pedagogik texnologiyalarni integratsiyalashgan holda qo‘llab o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan “badiiy ijodiy faoliyat” hamda “inklyuziv ta’lim” o‘quv modullarini o‘zaro integratsiyalashga oid takliflari asosida “Rivojlantiruvchi markazlarni tashkil etish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 28-apreldagi 02/01-01-327-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishda modullarni integrativ o‘qitish jarayonini takomillshatirishga xizmat qilgan.
ijodiy kompetensiyalar shakllanitrishda matematik tasavvurlarni rivojlantirish, fazoviy fikrlash, konstuksiyalash va loyihalash kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulot ishlarnmalari “Elementar matematik tassavurlarni shakllantirish metodikasi” o‘quv qo‘llamasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2026-yil 28-apreldagi 02/01-01-327-son ma’lumotnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-iyundagi ma’lumotnomasi № 3519-246a-28e8-6ae6-ee23-7516-5070). Mazkur didaktik ta’minot o‘quvchilarda qaror qabul qilish, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik kabi shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.