Metyakubov Azamat Djumanazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini boshqarishning ilmiy-metodologik asoslari”, 08.00.13 - “Menejment” va 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Iqt1186
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Hasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maraimova Umida Ismailjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professori v.b. Kasimov Azamat Abdukarimovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materialari sanoati korxonalari faoliyati iqtisodiy samaradorligini boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish materiallari sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlik darajasini “korxona iqtisodiy samaradorligining integral indeksi” bo‘yicha baholash ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, moddiy resurslar samaradorligi, asosiy vositalar samaradorligi, moliyaviy samaradorlik, sotish rentabelligi, investision samaradorlik, innovatsion samaradorlik, boshqaruv samaradorligi va marketing samaradorligi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning integral qiymati sifatida takomillashtirilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari samaradorligini boshqarishda korxonalar ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, moddiy resurslar samaradorligi, asosiy vositalar samaradorligi, moliyaviy samaradorlik, sotish rentabelligi, investision samaradorlik, innovatsion samaradorlik, boshqaruv samaradorligi va marketing samaradorligi darajalarini integral baholash bo‘yicha «yuqori», «o‘rta», «xavfli» va «yuqori xavfli» koeffisient chegaralari doirasida belgilash asoslangan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari multiplikativ samaradorligi integral koeffisient chegaralari sifatida 0,00≤K<0,50 “kritik past, 0,50≤K<0,80 “past”, 0,80≤K<1,00 “o‘rtachadan past”, K=1,00 “barqaror”, 1,00<K<2,00 “yuqori” va K≥2,00 “juda yuqori” koeffisient chegaralari doirasida belgilash asosida korxonalarning umumiy samaradaorlik ko‘rsatkichini baholash asoslangan;
moliyaviy samaradorlik, resurslardan foydalanish samaradorligi, innovatsion faollik, ekologik barqarorlik, raqamli transformatsiya, inson kapitali va bozor faolligi kabi kompleks ko‘rsatkichlar orqali qurilish materiallari sanoati korxonalarining milliy reytingi va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi o‘rtasidagi integratsiyalashgan rag‘batlantirish tizimini tashkil etish taklifi asoslangan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida ko‘p omilli iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi asosida vaqt qatorlari va regressiya modellari uyg‘unligiga tayangan multiplikativ samaradorlik integral indeksini prognozlash metodikasi ishlab chiqilib, ushbu yondashuv orqali 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini boshqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish materiallari sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlik darajasini “korxona iqtisodiy samaradorligining integral indeksi” bo‘yicha baholash ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, moddiy resurslar samaradorligi, asosiy vositalar samaradorligi, moliyaviy samaradorlik, sotish rentabelligi, investision samaradorlik, innovatsion samaradorlik, boshqaruv samaradorligi va marketing samaradorligi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning integral qiymati sifatida takomillashtirish boyicha taklifi “Qurilishda smeta ishi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2026-yil 1-apreldagi 3/34-son buyrug‘i. O‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi №3/34-3). Mazkur natijalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali qurilish sohasida iqtisodiy samaradorlikni baholash, xarajatlarni shakllantirish va smeta hisob-kitoblarini asoslash bo‘yicha nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
qurilish materiallari sanoati korxonalari samaradorligini boshqarishda korxonalar ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, moddiy resurslar samaradorligi, asosiy vositalar samaradorligi, moliyaviy samaradorlik, sotish rentabelligi, investision samaradorlik, innovatsion samaradorlik, boshqaruv samaradorligi va marketing samaradorligi darajalarini integral baholash bo‘yicha «yuqori», «o‘rta», «xavfli» va «yuqori xavfli» koeffisient chegaralari doirasida belgilash taklifi "O‘zsanoatqirilishmateriallari" uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (2026-yil 9-iyuldagi 01/06-1842-sonli ma’lumotnoma). Mazkur metodikani qo‘llash natijasida korxonada iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tizimli tahlil qilish aniqligi 12,3 foizga oshgan, samaradorlik darajasini baholashda xatoliklar esa 8,1 foizga kamaygan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari multiplikativ samaradorligi integral koeffisient chegaralari sifatida 0,00≤K<0,50 “kritik past, 0,50≤K<0,80 “past”, 0,80≤K<1,00 “o‘rtachadan past”, K=1,00 “barqaror”, 1,00<K<2,00 “yuqori” va K≥2,00 “juda yuqori” koeffisient chegaralari doirasida belgilash asosida korxonalarning umumiy samaradaorlik ko‘rsatkichini baholash baholash taklifi "O‘zsanoatqirilishmateriallari" uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (2026-yil 9-iyuldagi 01/06-1842-sonli ma’lumotnoma). Ushbu yondashuv asosida korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanib, samaradorlikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan hamda umumiy iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi 9,6 foizga oshishiga erishilgan;
moliyaviy samaradorlik, resurslardan foydalanish samaradorligi, innovatsion faollik, ekologik barqarorlik, raqamli transformatsiya, inson kapitali va bozor faolligi kabi kompleks ko‘rsatkichlar orqali qurilish materiallari sanoati korxonalarining milliy reytingi va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi o‘rtasidagi integratsiyalashgan rag‘batlantirish tizimini tashkil etish taklifi “O‘zsanoatqirilishmateriallari” uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (2026-yil 9-iyuldagi 01/06-1842-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarida samaradorlikni oshirish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning 7-9 foizga oshishiga erishilgan.
qurilish materiallari sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida vaqt qatorlari va regressiya modellariga asoslangan prognozlash metodikasi “O‘zsanoatqirilishmateriallari” uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (2026-yil 9-iyuldagi 01/06-1842-sonli ma’lumotnoma). Ushbu metodika asosida korxonaning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarining rivojlanish tendensiyalari aniqlanib, strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasida prognozlangan o‘sish sur’atlari aniqligi 85-92 foiz oralig‘ida ta’minlangan hamda moliyaviy natijalarni rejalashtirish samaradorligi 11,4 foizga oshgan.