Abdullaev Axror Jaxbarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.     Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish sanoatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Iqt1185
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Muratova Shohista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gafurov Ubaydullo Vaxobovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Allaeva Gulchehra Jalgasovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qurilish sanoatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning  ilmiy va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish sanoatida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari rivojlanganlik darajasini belgilovchi integral indeks iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish faolligi, investision faollik, innovatsion faollik, moliyaviy faollik, raqobatbardoshlik, resurslardan foydalanish darajasi va ijtimoiy ta’sir kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning integral qiymati sifatida takomillashtirilgan;
qurilish sanoatida tadbirkorlik subektlari rivojlanganligini iqtisodiy faollik darajasi, moliyaviy barqarorlik, ishlab chiqarish salohiyati, investision faollik, innovatsion rivojlanish, raqobatbardoshlik, resurslardan foydalanish va ijtimoiy ta’sir darajalarini integral baholash bo‘yicha yuqori, barqaror, xavfli va yuqori xavfli koeffisient chegaralari doirasida belgilash asoslangan;
qurilish sanoatida tadbirkorlik risklari sifatida moliyaviy, qurilish materiallari narxi o‘zgarishi, ruxsatnoma va normativ risklar, kadrlar etishmasligi, logistika, ekologik talablar, raqobat va bozor talabi risklari bo‘yicha baholash asoslangan;
hududlar bo‘yicha investision salohiyati, resurs bazasi, boshqaruv va moliyalashtirish darajasiga ko‘ra hududlar bo‘yicha qurilish tadbirkorligini rivojlantirish tipologiyasini tashkil etish asoslangan;
qurilish sanoatida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari rivojlanganlik jarayonlarini takomillashtirish maqsadida ko‘p omilli iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi asosida vaqt qatorlari va regressiya modellari uyg‘unligiga tayangan prognozlash metodikasi ishlab chiqilib, ushbu yondashuv orqali 2035 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini boshqarish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish sanoatida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari rivojlanganlik darajasini belgilovchi integral indeks iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish faolligi, investision faollik, innovatsion faollik, moliyaviy faollik, raqobatbardoshlik, resurslardan foydalanish darajasi va ijtimoiy ta’sir kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning integral qiymati sifatida takomillashtirish boyicha taklif etilgan (O‘zbekiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 34-06/9403-sonli ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida qurilish sohasida integral indeks iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish faolligi, investision faollik, innovatsion faollik, moliyaviy faollik, raqobatbardoshlik, resurslardan foydalanish darajasi va ijtimoiy ta’sir kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oshirish imkoniyati yaratilgan;
qurilish sanoati tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari rivojlanganlik darajasini belgilovchi integral indeks iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish faolligi, investision faollik, innovatsion faollik, moliyaviy faollik, raqobatbardoshlik, resurslardan foydalanish darajasi va ijtimoiy ta’sir kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha «yuqori», «barqaror», «xavfli» va «yuqori xavfli» koeffisient chegaralari doirasida belgilash taklifi asoslangan (O‘zbekiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 34-06/9403-sonli ma’lumotnoma). Mazkur metodikani qo‘llash natijasida korxonada iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tizimli tahlil qilish aniqligi 12,3 foizga oshgan, samaradorlik darajasini baholashda xatoliklar esa 8,1 foizga kamaygan;
qurilish sanoatida tadbirkorlik risklari sifatida moliyaviy, qurilish materiallari narxi o‘zgarishi, ruxsatnoma va normativ risklar, kadrlar etishmasligi, logistika, ekologik talablar, raqobat va bozor talabi risklari bo‘yicha baholash taklifi asoslangan  (O‘zbekiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 34-06/9403-sonli ma’lumotnoma).  Ushbu yondashuv asosida korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanib, samaradorlikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan hamda umumiy iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi 9,6 foizga oshishiga erishilgan;
hududlar bo‘yicha investision salohiyati, resurs bazasi, boshqaruv va moliyalashtirish darajasiga ko‘ra hududlar bo‘yicha qurilish tadbirkorligini rivojlantirish tipologiyasini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 34-06/9403-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalarida samaradorlikni oshirish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning 7-9 foizga oshishiga erishilgan.
qurilish sanoati sanoatida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari rivojlanganlik jarayonlarini takomillashtirish maqsadida ko‘p omilli iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi asosida vaqt qatorlari va regressiya modellari uyg‘unligiga tayangan prognozlash metodikasi ishlab chiqilib, ushbu yondashuv orqali 2035 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 8-iyuldagi 34-06/9403-sonli ma’lumotnoma). Ushbu metodika asosida korxonaning 2025–2035 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarining rivojlanish tendensiyalari aniqlanib, strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasida prognozlangan o‘sish sur’atlari aniqligi 85–92 foiz oralig‘ida ta’minlangan hamda moliyaviy natijalarni rejalashtirish samaradorligi 11,4 foizga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish