Musalimov Shuxrat Isamuxamedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mol-mulk solig‘ini hisoblash va undirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt806.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Komolov Odiljon Sayfutdinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mol-mulk solig‘ini hisoblash va undirish mexanizmini takomillashtirish hamda mahalliy byudjet daromadlaridagi rolini oshirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda tugallanmagan qurilish ob’ektlari bo‘yicha qat’iy muddatlarning belgilash asosida mazkur soliqning undirish amaliyotini xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirish zaruriyati asoslangan;  
mulklardan foydalanishda soliqqa tortish mexanizmining ta’sirchanligini oshirishda bo‘sh turgan ishlab chiqarish ob’ektlariga nisbatan mol-mulk solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash taklif etilgan;
yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlarning mulk joylashgan hududga ta’sirini oshirishda ko‘chmas mulk ro‘yxatdan o‘tgan joyda mazkur soliqning to‘lanishi taklif etilgan;
mahalliy byudjetning mol-mulk solig‘i bo‘yicha daromad bazasini kengaytirishda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i solinadigan bazasi ko‘chmas mulkning kadastr qiymatidan kelib chiqib takomillashtirilgan;
yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlarning to‘liq hajmda viloyat mahalliy byudjetlariga, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlarning tuman mahalliy byudjetlariga taqsimlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizda mol-mulk solig‘ini hisoblash va undirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘ini hisoblashda loyiha smeta hujjatlarida normativ muddatlar belgilanmagan holatlarda qurilish ob’ektlarini tugatish muddatlarini ikki kalendar` yili qilib belgilanishi bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Soliq kodeksining 266-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 29 avgustdagi 16/1-19043-son va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 06/04-02-01-32/3802-son ma’lumotnomalari). Natijada yuridik shaxslarning mol-mulklariga soliq hisoblash me’yorlari xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirilgan, tugallanmagan qurilish ob’ektlarini soliqqa tortishni qat’iy muddati belgilangan va mahalliy byudjetlarda 2018 yilda 43,3 mlrd. so‘m 2019 yilda 54,4 mlrd. so‘m qo‘shimcha manba yaratilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarining investisiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ko‘maklashish, mulkdorlarning o‘zlariga tegishli bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona va maqsadli foydalanish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 sentyabrdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3928-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 06/04-02-01-32/3802-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilmayotgan mulklarga nisbatan bosqichma-bosqich mol-mulk stavkalarini oshirishni amaliyotga joriy etilgan va mahalliy byudjetlarda 2018 yilda 3,2 mlrd. so‘m 2019 yilda 8,8 mlrd. so‘m qo‘shimcha manba yaratilgan;
mhalliy hokimiyat organlarining o‘z byudjetlari daromadlarini shakllantirish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliqni ko‘chmas mulk joylashgan (kadastr organlarida ro‘yxatdan o‘tgan) joy bo‘yicha to‘lanish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Soliq kodeksining 84-moddasiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining  2016 yil 29 avgustdagi 16/1-19043-son va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 06/04-02-01-32/3802-son ma’lumotnomalari). Natijada mol-mulk ob’ekti joylashgan hududda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ining to‘lanishi orqali mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengayishi ta’minlangan;
jismoniy shaxslarning soliq solish ob’ektlarini to‘liq qamrab olish va mahalliy byudjetning mol-mulk solig‘i bo‘yicha daromad bazasini oshirish maqsadida uy-joy va xonadonlarning real qiymatini belgilash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan Soliq kodeksining 274-moddasiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 06/04-02-01-32/3802-son ma’lumotnomasi). Natijada mol-mulkini real qiymatlaridan kelib chiqib, soliq solinadigan bazasini ko‘chmas mulk ob’ektlarini to‘liq qamrab olish hisobiga  mahalliy byudjetlarda 2018 yilda 10,3 mlrd. so‘m 2019 yilda
2,5 mlrd. so‘m qo‘shimcha manba yaratilgan;
mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i to‘liq hajmda mahalliy byudjetlari daromadlari hisobiga o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 06/04-02-01-32/3802-son ma’lumotnomasi). Natijada mulk solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobiga mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy hokimiyatlar organlari barcha darajadagi bo‘g‘inlarining mas’uliyatini oshirishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish