Palvannazirov Sardorbek Xamrobek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning boshqaruv mexanizmlarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida takomillashtirish, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped4279.
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismailov Abduvali Abdumalikovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01.
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaev Ulug‘bek Negmatovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor; Boyzakova Umida Ashirali qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning boshqaruv mexanizmlarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TIMSS xalqaro baholash dasturining ta’lim sifatini oshirishdagi pedagogik imkoniyatlarini (diagnostik, qiyosiy, longitudinal, kontekstual, strategik) aniqlashtirish asosida fanlar bo‘yicha bilim, kognitiv ko‘nikmalar va kompetensiyalar rivojlanish darajasiga ta’sir etuvchi omillarning (resurs, muhit, o‘qitish, liderlik) additiv ta’sirini baholash orqali ularning boshqaruv jarayoniga integrativ ta’siri asoslangan;
umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning boshqaruv mexanizmlari TIMSS natijalari monitoringi, PEST, SWOT tahlil ko‘rsatkichlarini strategik prognozlash orqali risklarni baholash va boshqaruvning yangi vektorini ta’limiy maqsadga mos mustaqil ravishda belgilash asosida takomillashtirilgan;
boshqaruvga yo‘naltirilgan multidimensial konstruktga ko‘ra kognitiv (tushunish, tahlil, baholash), funksional (amaliy qo‘llash) va metakognitiv (o‘qish strategiyalarini tanlash) ko‘rsatkichlarni o‘zaro konfiguratsiyalarda kombinatsiyalash asosida TIMSS xalqaro baholash dasturi talablariga moslashtirilgan ta’lim sifatini boshqaruv modeli takomillashtirilgan;
TIMSS xalqaro baholash dasturi doirasida ta’lim sifatini oshirish samaradorligi maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish kontekstida “Kasbiy rivojlanish kuni”, “Liderlik soatlari” dasturlarining normativ-huquqiy, tashkiliy-metodik va amaliy integratsion mexanizmlarga asoslangan institutsional asoslari hamda kompleks diagnostikaga yo‘naltirilgan boshqaruv kompetensiyalarining indikatorlar tizimi va baholash mezonlari asosida shakllanuvchi rivojlanish dinamikasi orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning boshqaruv mexanizmlarini TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
TIMSS xalqaro baholash dasturining ta’lim sifatini oshirishdagi pedagogik imkoniyatlarini (diagnostik, qiyosiy, longitudinal, kontekstual, strategik) aniqlashtirish asosida fanlar bo‘yicha bilim, kognitiv ko‘nikmalar va kompetensiyalar rivojlanish darajasiga ta’sir etuvchi omillarning (resurs, muhit, o‘qitish, liderlik) additiv ta’sirini baholash orqali ularning boshqaruv jarayoniga integrativ ta’siriga oid tavsiyalari UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Raqamli texnologiya va inklyuziv ta’lim integratsiyasi yo‘nalishida maktab salohiyatini mustahkamlash hamda raqamli echimlarni mahalliylashtirishda texnik yordam ko‘rsatish” loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 11-fevral 03-33-786-son ma’lumotnomasi). Natijada, TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilim, kognitiv ko‘nikma va kompetensiyalarini raqamli monitoring qilish hamda tizimli tahlil qilish mexanizmlarini ta’lim muassasalari boshqaruv jarayoniga integratsiya qilish orqali ta’lim sifat”ini baholash va boshqarish samaradorligi oshirilgan;
umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning boshqaruv mexanizmlari TIMSS natijalari monitoringi, PEST, SWOT tahlil ko‘rsatkichlarini strategik prognozlash orqali risklarni baholash va boshqaruvning yangi vektorini ta’limiy maqsadga mos mustaqil ravishda belgilash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 2025-2026 o‘quv yilida tashkil etilgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining o‘quv dasturlari hamda “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil
11-fevral 03-33-786-son ma’lumotnomasi, 63-raqamli guvohnoma). Natijada, TIMSS baholash dasturi talablari asosida ta’lim natijalarini diagnostika qilish, strategik rejalashtirish va pedagogik faoliyatni tashkil etishga yo‘naltirilgan boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga joriy etish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi oshirildi hamda ta’lim sifatini xalqaro baholash mezonlari asosida boshqarishning metodik asoslari takomillashtirilgan;
boshqaruvga yo‘naltirilgan multidimensial konstruktga ko‘ra kognitiv (tushunish, tahlil, baholash), funksional (amaliy qo‘llash) va metakognitiv (o‘qish strategiyalarini tanlash) ko‘rsatkichlarni o‘zaro konfiguratsiyalarda kombinatsiyalash asosida TIMSS xalqaro baholash dasturi talablariga moslashtirilgan ta’lim sifatini boshqaruv modelini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xalqaro baholash dasturlarida matematik savodxonlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 11-fevral 03-33-786-son ma’lumotnomasi). Natijada, TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida ishlab chiqilgan multidimensial boshqaruv modeli ta’lim jarayoniga joriy etilib, o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish hamda ta’lim natijalarini dalillarga asoslangan holda boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
TIMSS xalqaro baholash dasturi asosida ta’lim sifatini oshirish samaradorligi maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish kontekstida “Kasbiy rivojlanish kuni”, “Liderlik soatlari” dasturlarining normativ-huquqiy, tashkiliy-metodik va amaliy integratsion mexanizmlarga asoslangan institutsional asoslari hamda kompleks diagnostikaga yo‘naltirilgan boshqaruv kompetensiyalarining indikatorlar tizimi va baholash mezonlari asosida shakllanuvchi rivojlanish dinamikasiga oid tavsiyalar “Xalqaro baholash dasturlarida matematik savodxonlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Raqamli texnologiya va inklyuziv ta’lim integratsiyasi yo‘nalishida maktab salohiyatini mustahkamlash hamda raqamli echimlarni mahalliylashtirishda texnik yordam ko‘rsatish” loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil
11-fevral 03-33-786-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi individual-kasbiy o‘sish traektoriyasining dasturiy-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.