Nishonov Ilxomdjon Dilmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uilyam Gibson asarlarida kelajak tamadduni obrazi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4595.
Ilmiy rahbar: Muxammedova Nilufar Eliboevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasriddinov Dilshod A’zamqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi U.Gibson asarlarida kelajak tamaddunining badiiy obrazining o‘ziga xosliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
U.Gibsonning “Kibermakon” trilogiyasida kiberpankning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblangan yuqori texnologiyalar va ijtimoiy tanazzul uyg‘unligi, ongning virtuallashuvi, kelajak shaharlarini modellashtirish hamda inson va kibernetika o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, o‘zaro ta’sir va integratsiyalashuv jarayonlari, munosabatlar ochib berilib, texnokratik kelajak tamadduni modeli va kiberpankning ilmiy fantastikaning mustaqil estetik paradigmasi sifatida shakllanishi asoslangan, uning antiutopizm, transgumanizm va virtual reallikni modellashtirish kabi asosiy belgilar tizimi aniqlangan;
U.Gibsonning “Kibermakon” trilogiyasida korporatsiyalar totalitarizmi, ijtimoiy tengsizlik, texnologik zulm, ekologik inqiroz, individuallikning yo‘qolishi va resurslar tanqisligi kabi antiutopik jamiyat belgilari kibernetik takomillashtirish, inson va mashina integratsiyasi, ong imkoniyatlarining kengayishi, raqamli nazorat hamda abadiylik g‘oyalari bilan uyg‘un holda tasvirlangani asosida kiberpankning transgumanistik belgilari dalillangan.
U.Gibsonning “Neyromant”, “Graf Nol” va “Mona Liza Overdrayv” romanlarida kibermakon, raqamli muhit va ijtimoiy fragmentatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida virtual hamda texnokratik badiiy makon shakllanishi aniqlanib, raqamlashtirish jarayonlari, sun’iy intellekt rivoji, kibernetik modifikatsiyalar va kelajak jamiyati transformatsiyasining inson ongiga ta’siri badiiy-falsafiy jihatdan asoslab berilgan;
U.Gibson romanlarida yaratilgan kelajak dunyosi obrazi, personajlar tizimi, kibermakon va virtual reallikning kiberpankni ilmiy fantastikaning mustaqil yo‘nalishi sifatidagi belgilarini namoyon etishi isbotlanib, mazkur asarlarda muallif neologizmlari hamda inson va texnologiya o‘rtasidagi munosabatlarni yoritishga xizmat qiluvchi texnologiyalashgan jamiyat, sun’iy intellektning inson tafakkuriga ta’siri, virtual makonda shaxs identifikatsiyasining o‘zgarishi kabi jihatlar mavjudligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. U.Gibsonning “Kibermakon” trilogiyasi misolida ilmiy fantastika janrining muhim yo‘nalishi hisoblangan kiberpankning o‘ziga xos jihatlari, asarlar orqali kelajak dunyosining badiiy tasviri hamda yozuvchining o‘ziga xos badiiy mahorati ochib berilib, uning mustaqil estetik paradigma sifatidagi xususiyatlari o‘rganilgan. Ushbu materiallar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-son “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanigan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 25-noyabrdagi 01/756-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida U.Gibsonning “Kibermakon” trilogiyasi asosida ilmiy fantastikaning yo‘nalishi bo‘lgan kiberpankning o‘ziga xos xususiyatlari, asarlarda kelajak tamaddunining badiiy ifodasi va obrazi ochib berildi hamda ushbu materiallar innovatsion loyiha tarkibiga kiritilgan;
U.Gibsonning “Kibermakon” trilogiyasida kiberpank estetikasi doirasida antiutopik va transgumanistik elementlarning badiiy ifodasi, shuningdek, yuqori texnologiyalar bilan birga ijtimoiy tanazzulga uchragan kelajak modeli tahlil qilingan bo‘lib, trilogiyada texnologiyaning ikki tomonlama tabiati, bir tomondan kibernetik modifikatsiyalar va sun’iy intellekt orqali inson imkoniyatlarini kengaytirish salohiyati, ikkinchi tomondan esa jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi va ma’naviy inqirozga yuz tutishi kabi jarayonlar yoritilgan. Ushbu materiallar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-son “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanigan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 25-noyabrdagi 01/756-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida U. Gibsonning “Kibermakon” trilogiyasida texnologik taraqqiyotning ikki tomonlama mohiyatini aks ettiruvchi asosiy antiutopik va transgumanistik elementlar aniqlanib, kiberpank yo‘nalishining muhim xususiyatlari ochib berildi hamda ushbu materiallar innovatsion loyiha tarkibiga kiritilgan;
U.Gibsonning “Neyromant”, “Graf Nol” va “Mona Liza Overdrayv” asarlarida konseptual makonning shakllanishi, shuningdek, kelajak texnologiyalari va ijtimoiy dinamikaning badiiy ifodasi hamda inson va texnologiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning falsafiy jihatlari yoritilgan. Ushbu materiallar British Council ko‘magida amalga oshirilgan “English as a school subject” (“Ingliz tili maktab fani sifatida”) xalqaro loyihasi doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 12-fevraldagi 04-04-1/728-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida U. Gibson trilogiyasining badiiy xususiyatlari, jumladan, kelajak texnologiyalari obrazlari, personajlar tizimi, ijtimoiy dinamika va inson hamda texnologiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning falsafiy jihatlari tahlil qilindi. Erishilgan natijalar xalqaro loyiha doirasida muvaffaqiyatli tatbiq etilgan;
U.Gibson romanlarida yaratilgan kelajak olami, obrazlar tizimi va makonning badiiy xususiyatlari ilmiy fantastikaning alohida yo‘nalishi bo‘lgan kiberpankning konseptual asoslarini belgilab berganligi hamda sohaga oid neologizmlar va ilmiy-nazariy qarashlar yoritilgan. U.Gibson “Kibermakon” trilogiyasidagi neologizmlari va badiiy usullari Erasmus+ dasturining 2020-1-DE01-KA107-005433-Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 15-fevraldagi 18-3/106-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida U.Gibson romanlarida tasvirlangan kelajak obrazi asosida kiberpank adabiyotining ilmiy fantastika yo‘nalishi sifatidagi o‘ziga xosligi tizimlashtirildi, personajlar tizimi va badiiy makon xususiyatlari aniqlandi hamda muallifning neologizmlari va badiiy usullari tahlil etildi, ushbu tahlil natijasida olingan materiallar mazkur loyiha doirasida qo‘llanilgan.