Aslonova Orzigul Pirimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur tezligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped264.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Ibragimova Gulnora Xavazmatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Najmiddinova Hilola Yoqubjonovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur tezligini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslarini o‘rganish va mavjud texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur tezligini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (tez va aniq javob bera olish, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish, har tomonlama asoslay olish, noodatiy vaziyatlarda tezkor qaror qabul qila olish) tafakkur tezligining ta’lim-tarbiya jarayonida namoyon bo‘lish dinamikasining (hozirjavoblik, refleksivlik) barqarorligini ta’minlash orqali aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkur tezligini shakllantirish bosqichlari pragmatik pedagogika tamoyillari (shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik, sub’ektivlik, plyuralizm) va pedotsentrizm g‘oyalarini (insonparvarlik, madaniy dialog, didaktik faollikni jadallashtirish) produktiv ta’lim bilan qayta aloqasini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tafakkur tezligini shakllantirish texnologiyasi induksiya va deduksiya jarayonlarini divergent va konvergent fikrlash bilan o‘zaro uyg‘unligini asoslash, kreativ pedagogikaning sinektik yondashuvini adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur tezligini shakllantirish didaktik ta’minoti axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini interfaol ta’lim (“Zinama-zina”, “Assesment”, “Intellekt xaritasi”, “Konseptual jadval”, “Pyramid”, “Essay”, “Collective Discussion”, “Svetofor”) bilan neologik uyg‘unlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkur tezligini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur tezligini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, tafakkur tezligining ta’lim-tarbiya jarayonida namoyon bo‘lish dinamikasining barqarorligini ta’minlashga doir takliflardan “Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” konsepsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va boshlang‘ich ta’limning malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3574-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarda kreativ fikrlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkur tezligini shakllantirish bosqichlari, pragmatik pedagogika tamoyillari va pedotsentrizm g‘oyalarining produktiv ta’lim bilan qayta aloqasini integratsiyalash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tafakkur tezligini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishda induksiya va deduksiya jarayonlarini divergent va konvergent fikrlash bilan o‘zaro uyg‘unligini asoslash, kreativ pedagogikaning sinektik yondashuvini adaptiv qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari (2012-2014 yy.)” mavzusidagi loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3574-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkur tezligini rivojlantirishda pragmatik pedagogika imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur tezligini shakllantirish didaktik ta’minotini takomillashtirish, axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini interfaol ta’lim bilan neologik uyg‘unligini ta’minlashga doir amaliy tavsiyalardan I1-XT-0-17222 raqamli “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish (2013-2014 yy.)” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3574-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy intellektni rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.