Nurmuxamedova Firuza Baxtiyorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yiringli o‘rta otitni tashxislashni takomillashtirish va jarroxlik usuli bilan davolashga differensial yondashuv», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.Tib891.
Ilmiy rahbar: Amonov Aminjon Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.06/2026.10.04.Tib.11.02.
Rasmiy opponentlar: Shayxova Xolida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Panaxian Vafa Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon), Ashurov Azimjon Mirzajonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yiringli o‘rta otit tashxisotini va jarrohlik taktikasini tanlashga differensial yondashuvni audiologik ma’lumotlar va bemorlar hayoti sifati ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqish orqali takomillashtirish va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek tiliga moslashtirilgan COMOT-15 so‘rovnomasining surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifatini baholashga oid yuqori axborotliligi, ishonchliligi va amaliy qo‘llanilishi mumkinligi asoslangan;
COMOT-15 so‘rovnomasi asosida klinik-audiologik ko‘rsatkichlar bilan birgalikda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv baholash imkonini beradigan surunkali yiringli o‘rta otitni jarrohlik usulida davolashning turli usullarining bemorlarning hayot sifatiga ko‘rsatadigan ta’sirini kompleks baholash tartibi ishlab chiqilgan;
surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlikdan oldin tekshirish algoritmi bakteriologik va nurli tashxis usullari ma’lumotlarini hamda COMOT-15 so‘rovnomasi ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida patologik jarayonning tarqalish darajasini aniqlash, jarrohlik taktikasini optimallashtirish va davolashga individual yondashuv mezonlari takomillashtirilgan;
ilk bor klinik-audiologik natijalarning qiyosiy tahlili asosida endoskopik yordam bilan bajarilgan bir bosqichli timpanoplastikaning bemorlarda eshitish qobiliyati va hayot sifatini yaxshilash, rezidual xolesteatoma xavfini kamaytirishdagi samaradorligi asoslangan;
ilk bor o‘zbek tilidagi COMOT-15 so‘rovnomasi ko‘rsatkichlari bilan surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarning ob’ektiv klinik-audiologik va morfologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi ahamiyatli bog‘liqlik aniqlanib, uni jarrohlik taktikasini tanlash, davolash samaradorligini baholash va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya natijalarini monitoring qilishning qo‘shimcha mezoni ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SYO‘O ni tashxislashni takomillashtirish va jarrohlik davolashning differensial yondashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek tiliga moslashtirilgan COMOT-15 so‘rovnomasining surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifatini baholashga oid yuqori axborotliligi, ishonchliligi va amaliy qo‘llanilishi mumkinligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.02.2025 yilda 03/341-son bilan tasdiqlangan “Surunkali yiringli o‘rta otitda bir yoki ikki bosqichli timpanoplastikaning funksional natijalari va uning hayot sifatiga ta’siri” va “Surunkali yiringli o‘rta otitli bemorlarda hayot sifatini baholovchi so‘rovnomadan foydalanish va uni tadbiq etish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining otolaringologiya bo‘limi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 67-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 44-son va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 38/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SYO‘O bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun moslashtirilgan o‘zbek tilidagi so‘rovnomani joriy etish o‘zbek tilida so‘zlashuvchi aholi uchun tibbiy yordamning qulayligi va sifatini oshirishga yordam beradi. Valid va ishonchli vositadan foydalanish bemorlarning sub’ektiv his-tuyg‘ularini hisobga olish imkonini beradi, shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqotni yaxshilaydi, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonch darajasini oshiradi. Bu muammolarni ertaroq aniqlashga, davolashni o‘z vaqtida to‘g‘rilashga, asoratlar xavfini kamaytirishga, davolash natijalarini baholashni standartlashtirishga yordam beradi, bu tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, aholining umumiy salomatlik darajasini yaxshilash uchun muhimdir, ayniqsa o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriyasi ustunlik qiladigan hududlarda. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otitning turli shakllarida bir bosqichli timpanoplastika orqali bemorni shifoxonada yotish kunlari o‘rtacha 5 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasakllikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 8,5 mln. so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: COMOT-15 so‘rovnomasi asosida klinik-audiologik ko‘rsatkichlar bilan birgalikda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv baholash imkonini beradigan surunkali yiringli o‘rta otitni jarrohlik usulida davolashning turli usullarining bemorlarning hayot sifatiga ko‘rsatadigan ta’sirini kompleks baholash tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.02.2025 yilda 03/341-son bilan tasdiqlangan “Surunkali yiringli o‘rta otitda bir yoki ikki bosqichli timpanoplastikaning funksional natijalari va uning hayot sifatiga ta’siri” va “Surunkali yiringli o‘rta otitli bemorlarda hayot sifatini baholovchi so‘rovnomadan foydalanish va uni tadbiq etish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining otolaringologiya bo‘limi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 67-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 44-son va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 38/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kompleks tashxislash yondashuvning joriy etilishi orqali bemorlarda jarrohlik davolash natijalarni yaxshilandi, asoratlar va residivlar soni kamaytirildi va bemorlar xayot sifati oshdi. Bu esa kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish, qayta jarroxliklar sonini kamaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini optimallashtirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otitning turli shakllarida bir bosqichli timpanoplastika orqali bemorni shifoxonada yotish kunlari o‘rtacha 5 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasakllikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 8,5 mln. so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlikdan oldin tekshirish algoritmi bakteriologik va nurli tashxis usullari ma’lumotlarini hamda COMOT-15 so‘rovnomasi ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida patologik jarayonning tarqalish darajasini aniqlash, jarrohlik taktikasini optimallashtirish va davolashga individual yondashuv mezonlari takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.02.2025 yilda 03/341-son bilan tasdiqlangan “Surunkali yiringli o‘rta otitda bir yoki ikki bosqichli timpanoplastikaning funksional natijalari va uning hayot sifatiga ta’siri” va “Surunkali yiringli o‘rta otitli bemorlarda hayot sifatini baholovchi so‘rovnomadan foydalanish va uni tadbiq etish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining otolaringologiya bo‘limi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 67-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 44-son va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 38/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bir vaqtning o‘zida timpanoplastikani qo‘llash eshitish qobiliyatini tezroq tiklashga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, mehnatga layoqatsizlik davomiyligini va davolash uchun iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi. Takroriy operatsiyalar sonining kamayishi tibbiyot muassasalariga tushadigan yuklamani kamaytiradi va aholi uchun ixtisoslashtirilgan yordamdan foydalanish imkoniyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otitning turli shakllarida bir bosqichli timpanoplastika orqali bemorni shifoxonada yotish kunlari o‘rtacha 5 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasakllikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 8,5 mln. so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik-audiologik natijalarning qiyosiy tahlili asosida endoskopik yordam bilan bajarilgan bir bosqichli timpanoplastikaning bemorlarda eshitish qobiliyati va hayot sifatini yaxshilash, rezidual xolesteatoma xavfini kamaytirishdagi samaradorligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.02.2025 yilda 03/341-son bilan tasdiqlangan “Surunkali yiringli o‘rta otitda bir yoki ikki bosqichli timpanoplastikaning funksional natijalari va uning hayot sifatiga ta’siri” va “Surunkali yiringli o‘rta otitli bemorlarda hayot sifatini baholovchi so‘rovnomadan foydalanish va uni tadbiq etish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining otolaringologiya bo‘limi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 67-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 44-son va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 38/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endoskopik assistirlashdan foydalanish yaxshiroq funksional natijalarga, eshitish qobiliyatining tezroq tiklanishiga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Residivlar va takroriy operatsiyalar chastotasining kamayishi davolanish xarajatlarini kamaytiradi va samarali tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otitning turli shakllarida bir bosqichli timpanoplastika orqali bemorni shifoxonada yotish kunlari o‘rtacha 5 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasakllikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 8,5 mln. so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek tilidagi COMOT-15 so‘rovnomasi ko‘rsatkichlari bilan surunkali yiringli o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarning ob’ektiv klinik-audiologik va morfologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi ahamiyatli bog‘liqlik aniqlanib, uni jarrohlik taktikasini tanlash, davolash samaradorligini baholash va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya natijalarini monitoring qilishning qo‘shimcha mezoni ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 26.02.2025 yilda 03/341-son bilan tasdiqlangan “Surunkali yiringli o‘rta otitda bir yoki ikki bosqichli timpanoplastikaning funksional natijalari va uning hayot sifatiga ta’siri” va “Surunkali yiringli o‘rta otitli bemorlarda hayot sifatini baholovchi so‘rovnomadan foydalanish va uni tadbiq etish” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining otolaringologiya bo‘limi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 67-son, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 26.03.2025 yildagi 44-son va Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 25.03.2025 yildagi 38/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu yondashuvni qo‘llash eshitish qobiliyatini to‘liqroq tiklashga, bemorlarning psixoemotsional holatini yaxshilashga va ijtimoiy moslashuviga yordam beradi. Bu nogironlik darajasini pasaytiradi, mehnat qobiliyati va hayot sifatini oshiradi, shuningdek, uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi. Uzoq muddatda eshitish qobiliyati va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini tasdiqlash bemorlarning jarrohlik usulida davolanishga bo‘lgan ishonchini oshirishga yordam beradi, ularning ijtimoiy moslashuvini yaxshilaydi va takroriy aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yuklamani kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yiringli o‘rta otitning turli shakllarida bir bosqichli timpanoplastika orqali bemorni shifoxonada yotish kunlari o‘rtacha 5 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasakllikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 8,5 mln. so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.