Nazarov Asror Allanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni umumkasbiy fanlar negizida innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Texnologik mashinalar va jihozlar ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped689.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qo‘ysinov Odil Almuradovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalariga umumkasbiy fanlardan ta’lim berish jarayonida innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning innovatsion kasbiy kompetensiyalari (liderlik, texnologik, kasbiy kamolot) va muhandislik paradigmalari (tempaintellektual o‘zgarish va ekstrimal moslashuvchanlik)ni integrativ yondashuv asosida transformatsiyalash orqali umumkasbiy fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatlari (tejamkorlik va ixchamlilik) kengaytirilgan;
noaniq shart-sharoitlar va axborotlar taqchilligi muhitida bo‘lajak muhandislarning innovatsion kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik qobiliyatlari (nostandart fikrlash, konstruktiv loyihalash va yaratuvchanlik)ni rivojlantirish mazmuni multipredmetlilik va yaxlitlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
muhandislik uslubiyatlari (agregiratsiya, dekompozisiya) asosida umumkasbiy fanlarini o‘qitishda interfaol ta’lim metodlarini (“technical design”, “visual thinking”, “insident”) qo‘llash va dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish orqali innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan;
talabalarning innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorgarligini adekvat mezonlar (motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyatli) asosida kompleks baholash yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarni umumkasbiy fanlar negizida innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Texnologik mashinalar va jihozlar” ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorlashda kasbiy kompetensiyalar va zamonaviy muhandislik paradigmalarini integrativ yondashuv asosida o‘quv jarayoniga transformatsiyalash bo‘yicha takliflardan AIF-2/19 raqamli “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” (2019-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 apreldagi 89-03-1330-son hamda 2020 yil 20 yanvardagi 89-04-212-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif va tavsiyalar talabalarda innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandis talabalarni muhandislik uslubiyatlari va ta’lim metodlarining integratsiyasi asosida o‘qitish hamda “Mashina jihozlarining tebranuvchi tizimlari uchun rezonans hodisasini o‘rganish” mavzusidagi metodik ta’minoti ishlab chiqish orqali tinglovchilarni kasbiy faoliyati takomillashtirilgan va ushbu qo‘llanma amaliyotga tadbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 apreldagi 89-03-1330-son hamda 2020 yil 20 yanvardagi 89-04-212-son ma’lumotnomalari). Mazkur uslubiy ta’minot talabalarni innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarni innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorlash modelini multipredmetlilik, tempaintellektual o‘zgarishlar asosida ishlab chiqilgan, kasbiy faoliyatga tayyorgarligining shakllanganlik darajalarini kompleks baholash mezonlari “Innovatsion muhandislik kasbiy faoliyatga tayyorlash asoslari” nomli maxsus fan mazmuniga singdirilgan va amaliyotda joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 apreldagi 89-03-1330-son hamda 2020 yil 20 yanvardagi 89-04-212-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar bo‘lajak muhandislarning innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarligining shakllanganlik darajalarini baholash imkonini bergan.