Qo‘ziev Zafar Boltaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim tizimida xizmatlar va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt23.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida xizmatlar va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni takomillashtirishga va shu xizmat evaziga pul tushumini ko‘paytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini boshqarish ob’ektining raqobatbardoshlik omili, ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va darajalari bo‘yicha ko‘rsatkichlari tasnifi ishlab chiqilgan;
faoliyatni tashkil etish bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishning operatsion boshqarish jarayoni demografik, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar bilan bog‘liq tashqi hamda kadrlar va moddiy-texnik ta’minotning ichki muhit omillari ta’sirini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyatini diversifikatsiya qilish asosida oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘larni alohidalashtirish va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni vaqti-vaqti bilan indekslashtirish asoslangan;
oliy ta’lim tizimida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tushgan tushumlarni faoliyat turlari asosida turkumlab, sof foydani aniqlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim tizimida xizmatlar va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim tizimida ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini boshqarish ob’ektining raqobatbardoshlik omili, ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va darajalari bo‘yicha ko‘rsatkichlari tasnifi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 apreldagi 315-son bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ta’lim xizmati va servis sohasini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 89-04-2173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oliy ta’lim tizimida ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini baholash uchun tatbiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida ularning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha samaradorlikni aniqlash imkonini bergan;
faoliyatni tashkil etish bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishning operatsion boshqarish jarayoni demografik, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar bilan bog‘liq tashqi hamda kadrlar va moddiy-texnik ta’minotning ichki muhit omillari ta’sirini aniqlash asosida takomillashtirish taklifi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 apreldagi 315-son bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ta’lim xizmati va servis sohasini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 oktyabr`dagi 89-04-2173-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘larni oshirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyatini diversifikatsiya qilish asosida oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘larni alohidalashtirish, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni vaqti-vaqti bilan indekslashtirish tartibi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 maydagi 414-son bo‘yruq bilan tasdiqlangan dasturni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 oktyabr`dagi 89-04-2173-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘larning 3,5-5,0 foizgacha oshirish imkonini bergan;
oliy ta’lim tizimida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tushgan tushumlarni faoliyat turlari asosida turkumlab, sof foydani aniqlash bo‘yicha takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 apreldagi 315-son bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan ta’lim xizmati va servis sohasini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 89-04-2173-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish respublika oliy ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish strategiyalari va kompleks dasturlarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.