Juraeva Mushtariy Muxaydinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston sharoitida nogironligi bo‘lgan shaxs va uning ijtimoiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1222
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusova Manzura Pazlitdinovna falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent
Rasmiy opponentlar: Nurmuhamedova Laylo Sharafovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, G‘aniev Bahodir Sadikjanovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar muammolarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish, ularni jamiyatga integratsiyasini takomillashishiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan “antistigma” siyosatini takomillashtirishning institutsional mexanizmlari (davlat organlari, ijtimoiy institutlar va huquqiy vositalar o‘rtasidagi hamkorlik tizimi) hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirildi;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy reabilitatsiya va korreksiya qilish jarayonining ijtimoiy-huquqiy asoslari tizimlashtirildi, shuningdek sog‘liqni saqlash tizimining aholi ongida tibbiy madaniyatni shakllantirishdagi ro‘li va me’yoriy-huquqiy no‘rmalarning amaliy ahamiyati asoslab berildi;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning intellektual salohiyatidan foydalanish orqali bandlikni ta’minlash va yoshlarning inklyuziv ta’lim asosida ilm-fan hamda texnologiyalar bilan integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy-tashkiliy modellar ishlab chiqildi;
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy-madaniy rivojlanishni ta’minlashda umuminsoniy tamoyillarni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy indikatorlar va amaliy mexanizmlar tizimi taklif etildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va sog‘lom inklyuziv munosabatlar jarayoniga integratsiya qilishning huquqiy va ijtimoiy institutsional hamda milliy-g‘oyaviy asoslarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ish tashkil qilish, nogironligi bor farzand tarbiyalayotgan onalarga ajratilayotgan imtiyozlar yuzasidan targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqishda hamda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ta’lim va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi, ularni oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va boshqa kasbiy yo‘nalishlarga jalb etish bo‘yicha zarur manzilli dasturlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur tadqiqot ishidan ilmiy metodologik asos sifatida foydalandi (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 28-fevraldagi 02-02/316- son ma’lumotnomasi). Natijada, nogironligi bo‘lgan ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasiga oid tadbirlarni tashkil etishga xizmat qildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya – 2030” davlat dasturining targ‘ibotiga doir chora-tadbirlari” 15-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya –2030” davlat dasturining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 28-noyabrdagi 10/811-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekiston sharoitida nogironligi bo‘lgan shaxslar hayotini yaxshilash, jamiyatga integratsiyalashuv, reabilitatsiya va davolanish usullarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Dissertatsiyasida ilgari surilgan fikr va takliflarda, jamiyat taraqqiyotining so‘nggi yillarida ilmiy izlanishlar natijasida rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning sog‘lom insonlar bilan teng ekanligi, ularning huquq va erkinliklari qonun bilan kafolatlanib qo‘yilganligi, yashash hamda ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida ishtirok etishi ta’minlanganligiga oid yondashuvlar shakillantirilgan. Dissertatsiyada huquqiy davlat tamoyili asosida samaradorlikka erishishning muhim omili bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay ijtimoiy muhitni yaratish va bandlik masalalarini tadqiq etishning iqtisodiy-ma’naviy determinantlari ishlab chiqilgan. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim siyosatining ijtimoiy mohiyati va ular dunyoqarashini shakllantirishning falsafiy-axloqiy parametrlari asoslangan bo‘lib, ushbu tadqiqot natijalaridan O‘zMTRK oldiga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirishda foydalandi.
Tadqiqotchi Juraeva Mushtariy Muxaydinovnaning “Yangi O‘zbekiston sharoitida nogironligi bo‘lgan shaxs va uning ijtimoiy tahlili” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan doktorlik dissertatsiyasidagi ilmiy xulosalar, taklif va boshqa fikr-mulohazalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil mart va dekabr oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “Irodalilar”, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali 30-yanvar 2026-yil. 05-09-169-son ma’lumotnomasi). “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi.