Abdullaev Baxtiyor Panji o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim pedagoglarining  axborot–kommunikativ kompetentligini takomillashtirish metodikasi (malaka oshirish kurslari misolida)”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6265
Ilmiy rahbar: Eshmamatov Ismoil Absalamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Yusupova  Shohidaxon  Jaloliddinovna  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Raxmatullaeva Durdona Ravshanovna pedagogika fanlari doktori (DSs), professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligini malaka oshirish kurslari jarayonida takomillashtirish metodikasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligining shakllanganlik darajasini baholash indikatorlari va sifat ko‘rsatkichlari motivatsion-qadriyatli, kognitiv-texnologik hamda faoliyatli-kreativ mezonlar asosida aniqlashtirilib, pedagogning axborot muhitidagi faolligini diagnostika qilish tizimi hamda tayanch, maxsus va kasbiy darajalar bo‘yicha kutilayotgan natijaviy parametrlar aniqlangan;
Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli tayanch, maxsus va kasbiy kompetentliklarni motivatsion, kognitiv hamda faoliyatli-refleksiv komponentlar integratsiyasi asosida shakllantirish, shuningdek, malaka oshirish jarayonini modulli ta’lim va tarmoqda hamkorlikka asoslangan ikki bosqichli mexanizm orqali optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligi darajasini uzlyuksiz monitoring qilish va korreksiyalash tizimi motivatsion, kognitiv hamda faoliyatli-refleksiv birlikda shakllanganlik darajasini miqdoriy ko‘rsatkichlar — test va amaliy topshiriqlar, sifat ko‘rsatkichlari — portfolio va loyiha ishlari asosida diagnostika qilish hamda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishning differensiallashgan usullarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion metodik ta’minot ochiq ta’lim resurslari, sun’iy intellektga asoslangan vositalar, masofaviy va gibrid ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy o‘sish dinamikasini monitoring qilish mexanizmlarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;  

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy ta’lim pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligini malaka oshirish kurslari jarayonida takomillashtirish metodikasi asosida:
oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligining shakllanganlik darajasini baholash indikatorlari va sifat ko‘rsatkichlari motivatsion-qadriyatli, kognitiv-texnologik hamda faoliyatli-kreativ mezonlar asosida aniqlashtirilib, pedagogning axborot muhitidagi faolligini diagnostika qilish tizimi hamda tayanch, maxsus va kasbiy darajalar bo‘yicha kutilayotgan natijaviy parametrlar aniqlashga oid taklif va tavsiyalar  “Ma’lumotlar bazasi tizimini yaratish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025–yil 7–fevraldagi 01/01-01-48 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muhandis kadrlarni tayyorlashda ma’lumotlar bazasini yaratish va axborot kommunikativ kompetentlikni takomillashtirishga erishilgan;
Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli tayanch, maxsus va kasbiy kompetentliklarni motivatsion, kognitiv hamda faoliyatli-refleksiv komponentlar integratsiyasi asosida shakllantirish, shuningdek, malaka oshirish jarayonini modulli ta’lim va tarmoqda hamkorlikka asoslangan ikki bosqichli mexanizm orqali optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani vazifalarini bajarishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz davlat universiteti 2026-yil 25-fevraldagi 06-12/88 sonli ma’lumotnomasi). Natijada hamkorlikda o‘qitish elementlarini, raqamli texnologiyalarni va muammoga yo‘naltirilgan yondashuvini birlashtiradigan interfaol usul pedagog kadrlarning axborot kommunikativ kompetentligini oshirirshga xizmat qilgan;
Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligi darajasini uzlyuksiz monitoring qilish va korreksiyalash tizimi motivatsion, kognitiv hamda faoliyatli-refleksiv birlikda shakllanganlik darajasini miqdoriy ko‘rsatkichlar — test va amaliy topshiriqlar, sifat ko‘rsatkichlari — portfolio va loyiha ishlari asosida diagnostika qilish hamda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishning differensiallashgan usullarini qo‘llash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani vazifalarini bajarishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Termiz davlat universiteti 2026-yil 25-fevraldagi 06-12/88 sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kreativligi, ta’lim berish jarayonida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, yangi avlod adabiyotlarini yarata olish, pedagoglar malakasini tizimli ravishda rivojlantirish hamda kadrlar islohotini amalga oshirishda ta’lim sifati va samaradorligini oshirilishga, hamda innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilinishiga erishilgan;
Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion metodik ta’minot ochiq ta’lim resurslari, sun’iy intellektga asoslangan vositalar, masofaviy va gibrid ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy o‘sish dinamikasini monitoring qilish mexanizmlarini qo‘llash orqali takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalar “Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglarning axborot kommunikativ kompetentligini rivojlantirish dasturi” va “Oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning didaktik modeli” nomli elektron dasturlar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025–yil 7–fevraldagi 01/01-01-48 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish jarayoni tizimli ravishda takomillashtirilib, ularning raqamli pedagogik faoliyat samaradorligi oshirildi, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni integratsiya qilish darajasini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish