Turdibekov Xasan Ibragimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizm industriyasini strategik rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishning metodologik asoslari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Iqt1183.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy maslahatchi: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc. 22/2025.27.12.I.01.01
Rasmiy opponentlar:    Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mansurova Nargiza Shamsidinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.    
Yetakchi tashkilot:    Sharof Rashidov nomidagi Samaqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda turizm industriyasini strategik rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari uchun zamonaviy talablarga muvofiq raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida BMTning Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida «Global yashil turizm startaplari» va «Badiiy galereya» o‘quv laboratoriyalarni tashkil etishi bo‘yicha takliflar dalillangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarining bosh rejalarini ishlab chiqish jarayonida «Entertainment district» turistik xizmatlar klasteri uchun optimallashtirish modeli asosida turizm xizmatlariga “Destinations specializing in tourism services” ixtisoslashgan hududlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
xalqaro integratsiya, infratuzilma rivojlanish darajasi, destinatsiya raqobatbardoshligi, xizmat diversifikatsiyasi, qiymat zanjiri integratsiyasi, firma mahsuldorligi va tashqi muhitga moslashuvchanlikni qamrab olgan “Tourism Strategy Nexus” modeli  asosida global, milliy, hududiy, destinatsiya va turistik korxona strategiyalari o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlikni aniqlashda “Systemic interconnection” usulini qo‘llash bo‘yicha takliflar asoslangan;
sohada yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida «turistik dala hovli» tushunchasini kiritish, ularning reestrini shakllantirish hamda mijozlarni Milliy turizm yagona platformasiga kiritishni majburiy etib belgilash asosida Milliy turizm yagona platformasiga kiritilmagan mehmonxona, turistik dala hovlilarning noqonuniy faoliyati haqida xabar bergan shaxsga hisoblangan soliqning 30 foizini keshbek sifatida to‘lash tartibini joriy etish bo‘yicha “Cashback for legality” modeli bo‘yicha takliflar asoslangan;
mamlakatimizda turizmni strategik rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida xorijiy turistlar oqimining 2030-yilga qadar  prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda turizm industriyasini strategik rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari uchun zamonaviy talablarga muvofiq raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida BMTning Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusida, turizm va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat olib borayotgan 2,8 ming nafar mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish asosida «Global yashil turizm startaplari» va «Badiiy galereya» o‘quv laboratoriyalarni tashkil etishi bo‘yicha dalillangan takliflar 20.11.2025-yildagi PQ-350-son “Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-17/932-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm sohasida inson kapitali sifatini tizimli yangilash mexanizmi shakllanishi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarining bosh rejalarini ishlab chiqish jarayonida «Entertainment district» turistik xizmatlar klasteri uchun optimallashtirish modeli asosida turizm xizmatlariga “Destinations specializing in tourism services” ixtisoslashgan hududlarni tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish bo‘yicha” dasturi va «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-17/932-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bir nafar xorijiy turistga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajatlar 12 foizga oshishi asoslangan;
xalqaro integratsiya, infratuzilma rivojlanish darajasi, destinatsiya raqobatbardoshligi, xizmat diversifikatsiyasi, qiymat zanjiri integratsiyasi, firma mahsuldorligi va tashqi muhitga moslashuvchanlikni qamrab olgan “Tourism Strategy Nexus” modeli  asosida global, milliy, hududiy, destinatsiya va turistik korxona strategiyalari o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlikni aniqlashda “Systemic interconnection” usulini qo‘llash bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 19-noyabrdagi PQ–348-son “Turizmni jadal rivojlantirish va ushbu sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-17/932-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida strategik rivojlanishning uzilish nuqtalari diagnostikasi, investisiya ustuvorligi tanlovi, monitoring, reytinglash va ssenariy prognozi uchun ishonchli asos yaratilib, ko‘p darajali boshqaruvda strategiyalarni tahrirlash tezkorligi va natijaviyligi sezilarli oshishi asoslangan;
 sohada yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida «turistik dala hovli» tushunchasini kiritish, ularning reestrini shakllantirish hamda mijozlarni Milliy turizm yagona platformasiga kiritishni majburiy etib belgilash asosida Milliy turizm yagona platformasiga kiritilmagan mehmonxona, turistik dala hovlilarning noqonuniy faoliyati haqida xabar bergan shaxsga hisoblangan soliqning 30 foizini keshbek sifatida to‘lash tartibini joriy etish bo‘yicha “Cashback for legality” modeli bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-348-son “Turizmni jadal rivojlantirish va ushbu sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish” bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» kiritilgan kiritilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-17/932-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet yiliga 20 mlrd so‘m atrofida qo‘shimcha tushum bilan ta’minlanishi asoslangan;
mamlakatimizda turizmni strategik rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida xorijiy turistlar oqimining 2030-yilga qadar  ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 03-17/932-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda turistik resurslardan foydalanish samaradorligi oshishi dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish