Erkaboev Abrorjon Xabibullo o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Analitik sinov laboratoriyalarida xavflarni boshqarishga asoslangan sifat tizimini takomillashtirish” mavzusida 05.02.04 – “Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T5361
Ilmiy rahbar: Masharipov Shodlik Masharipovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat texnika instituti, PhD 03/2025.27.12.T.18.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Matyakubova Paraxat Maylievna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Mamajonov Abduvoxid Abduraxmanovich. 
Yetakchi tashkilot: “Jizzax politexnika instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: analitik sinov laboratoriyalarida xavflarni aniqlash, tahlil qilish va baholash usullarini takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etishning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash asosida xavflarni boshqarishga asoslangan sifat tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
analitik sinov laboratoriyalarining spesifik faoliyatiga moslashtirish asosida ularni to‘rtta fundamental sinfga tizimlashtirishni ta’minlaydigan, xavflarni kompleks aniqlash va strukturaviy guruhlash imkonini beruvchi sinflash modeli takomillashtirilgan;
“ta’sir–ehtimollik–nazorat darajasi” ko‘rsatkichlariga asoslangan, laboratoriya jarayonlarida xavflarni tahlil qilish uchun an’anaviy yondashuvlarni takomillashtiruvchi 3 jarayonli tahliliy mexanizm ishlab chiqilgan;
laboratoriya faoliyatida xavflarning ustuvorligini obektiv belgilash imkonini beruvchi yangi matematik baholash formulasi ishlab chiqilgan va ilmiy-metodik jihatdan asoslangan;
analitik sinov laboratoriyalarida xavflarni boshqarishning asosiy bosqichlarini yagona raqamli boshqaruv ketma-ketligiga birlashtiruvchi konseptual algoritm ishlab chiqilgan va uning real vaqt rejimida ishlashini ta’minlovchi veb-platforma joriy etish mexanizmi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Analitik sinov laboratoriyalarida xavflarni boshqarishga asoslangan sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xavflarni aniqlash uchun takomillashtirilgan sinflash modeli va tahlil qilishning jarayonli yondashuv usuli “Uz Test” DM Farg‘ona va Qo‘qon filiallari sinov laboratoriyalarida joriy etilgan (“O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 03-13-4221-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona filialida 21 ta xavf hodisasi 32 tagacha, Qo‘qon filialida esa 23 ta xavf 38 tagacha kengaytirilgan holda aniqlanib, xavflarni boshqarish uchun obektiv ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
analitik sinov laboratoriyalarida xavflarni baholashda nazorat darajasi parametri kiritilgan (“O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 03-13-4221-son ma’lumotnomasi). Natijada xavflarni boshqarish choralari aniq jarayonlarga bog‘lanib, “Uz Test” DM Farg‘ona filialida 9 ta, Qo‘qon filialida esa 10 ta yuqori va qaltis xavf darajalari o‘rta va past darajalarga tushirishga erishilgan;
xavflarni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida veb-platforma asosidagi xavflar reestri ishlab chiqilib, analitik sinov laboratoriyalar amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish” agentligining 2025-yil 29-oktyabrdagi 03-13-4221-son ma’lumotnomasi). Natijada xavflarni real vaqt rejimida monitoring qilish, baholash va chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish