Karimov Bexruz Vafokulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Infratuzilmani rivojlantirishda tashqi qarzlardan samarali foydalanish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6052 
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi infratuzilmani rivojlantirishda davlat tashqi qarzlaridan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan hamda infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarning qiymati, qarz miqdori, shartlari va loyiha maqsadlari, tenderlarning natijalari to‘g‘risidagi Loyihani ijro etuvchi agentliklarning ma’lumotlarini Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining maxsus axborot portalida joylashtirilishini ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan;
davlat tashqi qarzi hisobidan infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini mutassaddi idora va vazirliklar tomonidan jamoatchilik muhokamasida bildirilgan fikrlarni inobatga olgan, loyihalarning umumiy qiymati uch yillik prognoz limitlar doirasida, milliy strategiyada belgilangan maqsadlarga mosligi, iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan  holda belgilash taklifi asoslangan;
davlat tashqi qarzi hisobidan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalarni baholash hujjatlarida o‘zgartirish va qo‘shimchalar qilish tartibi muayyan loyiha qiymatining tasdiqlangan loyiha parametrlariga nisbatan 20 foizdan ko‘proq oshishi holatini kiritish orqali takomillashtirilgan;
infratuzilmani rivojlantirishga jalb qilingan qarz mablag‘larining 80 foizidan ortig‘i tijorat banklari yoki boshqa moliya tashkilotlari orqali qayta moliyalashtiriladigan kredit liniyalarini taqdim etishga, shuningdek, institutsional rivojlanish loyihalari (byudjetni qo‘llab-quvvatlash loyihalari), natijaga asoslangan moliyalashtirish instrumenti orqali jalb qilinadigan loyihalar va dastur uchun loyihani baholash hujjatlarini talab qilmaslik taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliya tizimini institutsional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Infratuzilmani rivojlantirishda tashqi qarzlardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan hamda infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarning qiymati, qarz miqdori, shartlari va loyiha maqsadlari, tenderlarning natijalari to‘g‘risidagi Loyihani ijro etuvchi agentliklarning ma’lumotlarini Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining maxsus axborot portalida joylashtirilishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-51-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-oktyabrdagi 08/45-4-21-951–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish jarayonida axborot ochiqligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish imkonini bergan;
davlat tashqi qarzi hisobidan infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini mutassaddi idora va vazirliklar tomonidan jamoatchilik muhokamasida bildirilgan fikrlarni inobatga olgan, loyihalarning umumiy qiymati uch yillik prognoz limitlar doirasida, milliy strategiyada belgilangan maqsadlarga mosligi, iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-51-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-oktyabrdagi 08/45-4-21-951–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi infratuzilma loyihalarini tanlash va moliyalashtirish jarayonida iqtisodiy samaradorlik va strategik muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat tashqi qarzi hisobidan infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalarni baholash hujjatlarida o‘zgartirish va qo‘shimchalar qilish tartibi muayyan loyiha qiymatining tasdiqlangan loyiha parametrlariga nisbatan 20 foizdan ko‘proq oshishi holatini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-51-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-oktyabrdagi
08/45-4-21-951–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi loyihalar qiymatining asossiz oshib ketishining oldini olish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirishga xizmat qilgan;
infratuzilmani rivojlantirishga jalb qilingan qarz mablag‘larining 80 foizidan ortig‘i tijorat banklari yoki boshqa moliya tashkilotlari orqali qayta moliyalashtiriladigan kredit liniyalarini taqdim etishga, shuningdek, institutsional rivojlanish loyihalari (byudjetni qo‘llab-quvvatlash loyihalari), natijaga asoslangan moliyalashtirish instrumenti orqali jalb qilinadigan loyihalar va dastur uchun loyihani baholash hujjatlarini talab qilmaslik taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
11-fevraldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-51-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 8-oktyabrdagi 08/45-4-21-951–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish jarayonlarini soddalashtirish va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish