Raximova Surayyo Saloxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish”, 13.00.08–Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped411.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining malakasini oshirish mazmunini zamonaviy veb texnologiyalardan foydalangan holda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining malakasini oshirish mazmunini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari motivatsion, zamonaviy universal ta’lim, integratsion, xalqaro hamkorlik tamoyillari hamda andragogik yondashuvni tatbiq qilish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari malakasini oshirish mazmunini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida shakllantirish modeli tinglovchilarning mustaqil ishlari mazmunini ishlab chiqish va malaka oshirish kurslarining elektron formatdagi integrallashtirilgan bazasini yaratish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari kompetentligini xalqaro standartlarga mos rivojlantirishni ta’minlovchi (o‘z-o‘zini baholashning onlayn tizimi, vebinar, “teskarilangan sinf”, modulli kredit tizimi, androgogik yondashuvning Formal, Noformal, Informal turlari) innovatsion infratuzilma shakllantirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlanganlik darajasi o‘z-o‘zini baholashning onlayn tizimi indikatorlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining malakasini oshirish sifatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini malakasini oshirish mazmunini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini kengaytirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 929-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ustavi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 03-01/1-63-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining malakasini oshirish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari malakasini oshirish mazmunini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida shakllantirish modelini takomillashtirishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 10 oktyabrdagi 05-1071-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 03-01/1-63-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari malakasini oshirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari kompetentligini rivojlantirishni ta’minlovchi innovatsion infratuzilma shakllantirish hamda pedagog xodimlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlanganlik darajasini baholashning onlayn tizimiga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida”gi nizom loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 03-01/1-63-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish talablarini belgilashga xizmat qilgan.